01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 19:53
Jamiyat 👁 4,238

YoShLAR MUHTARAM YuRTBOShIMIZ BELGILAB BERGAN YOʻLDAN DADIL ODIMLAYVERADILAR

YoShLAR MUHTARAM YuRTBOShIMIZ BELGILAB BERGAN YOʻLDAN DADIL ODIMLAYVERADILAR

Muhtaram Yurtboshimiz mustaqillikning ilk yillaridayoq "Oʻzbekiston – kelajagi buyuk davlat”, deya taʼrif bergan edi mamlakatimizga. Sobiq ittifoqqa qaramlikdan, mutelikdan ezilgan, 80 foiz oziq-ovqat mahsulotlarini, hatto oʻzimizda behisob zahiralari mavjud boʻlgan osh tuzini ham birovdan sotib olib, "boqimanda” degan minnatdan koʻngli yagʻir boʻlgan xalqimizning bu shiordan koʻzi ochilganday boʻldi.

Haqiqatan  ham muhtaram  Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimiz istiqlol yillarida oʻz yurtini buyuk davlatga aylantirdi.

Ayniqsa, yosh avlodni sogʻlom va barkamol  insonlar etib tarbiyalash masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishi darajasiga koʻtarildi. Shu maqsadda Bolalar sportini  rivojlantirish jamgʻarmasi, uch bosqichli sport musobaqalari tizimi yaratildi. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bizning tumanimizda ham maktablarga sport zallar, Bolalar musiqa va sanʼat maktabi  qurildi, mavjudlari kapital rekonstruktsiya qilinib, zamonaviy qiyofa kasb etdi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Maktab taʼlimini rivojlantirish umummilliy dasturlarining hayotga tatbiq etilishi natijasida taʼlim muassasalari bugungi kunda intellektual salohiyatli, sogʻlom va baquvvat, oʻz  yurtiga fidoyi jasur oʻgʻlonlarni, qizlarni kamolga yetkazmoqda.

Buningdek jahonshumul oʻzgarishlarning, yuksalishlarning zamirida muhtaram Yurtboshimizning mustaqillikning ilk davrlaridan boshlab yoshlarimizga  koʻrsatgan beqiyos gʻamxoʻrliklari mujassam. Otamizday suyuk insonning mamlakatimizning har bir bolasini "mening bolam”, deb "Vatanimizning kelajagi” deb ardoqlashlari, ularning yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishishlariga gʻamxoʻrlik qilishlari bugungi kunda yoshlarimizning hech kimdan kam emasligini namoyon etishlariga asos boʻlmoqda. Oʻzbekiston yoshlarining ilm-fan, adabiyot, sanʼat va sport sohasida erishayotgan yutuqlarini dunyo tan olmoqda, havas qilmoqda. Yoshlarni ana shunday marralarga ruhlantirib, qoʻllab-quvvatlab yashagan, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti, muhtaram  Islom Karimovning vafoti butun mamlakatimiz aholisi qatori bizni ham chuqur qaygʻuga soldi. Amudaryolik yoshlar ushbu ogʻir judolik damlarida bir-biri bilan yana ham ahil, doʻst-birodar va hamkor, el dardiga darmon boʻlishga intilmoqdalar.

Yurtboshimiz doim "Oʻzbekiston yoshlari mening bolalarim – ularni hech kimga bermayman” deya taʼkidlardilar. Bugun biz yoshlar aziz Islom Karimovning porloq xotirasi oldida taʼzim ila "Biz mustaqillikni hech kimga bermaymiz. Shu aziz Vatanimizni, xuddi siz orzu qilganingizday, koʻz qorachigʻimizday asrab-avaylaymiz”, deya baralla aytamiz.

Bizga ozod va obod Vatanni meros qilib qoldirgan muhtaram Yurtboshimizning: "Ey bolam, sening Vataning bitta – barchamizga aziz, betakror mana shu Oʻzbekiston. Ota-bobolaringning hoki shu yerda yotibdi. Shu muqaddas zamin seni dunyoga keltirgan, sen uni obod etishing, himoya qilishing shart. Nafaqat sening oʻz hayoting, balki senga umid koʻzini tikib turgan ota-onang, opa-singillaring, yosh goʻdaklar, nuroniy qariyalarimizning hayoti ham ana shu burchingni nechogʻlik ado etishingga bogʻliq”, degan purmaʼno soʻzlari doimo  qalblarimizda aks-sado berib turadi va shunga monand yashashga undaydi.

 

Mansur OʻROZBOYeV,

"Kamolot” YoIH tuman Kengashi raisi.

(Foto - http://fikr.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026