01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 21:21
Jamiyat 👁 4,225

YoShLAR BILAN MULOQOT

YoShLAR BILAN MULOQOT

Bugungi kunda Oʻzbekiston yoshlari hayotning barcha jabhalarida olamshumul yutuqlarni qoʻlga kiritib, xalqimiz qalbidan munosib joy olgan buyuk siymo – Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov orzu qilganlaridek, hech kimdan kam emasligini, dunyo tamadduniga munosib hissa qoʻshgan ulugʻ ajdodlariga munosib voris ekanliklarini amalda namoyon etmoqdalar. Dunyoning eng nufuzli davlatlari bilimdonlari bahs olib borgan fanlar olimpiadalarida jahonning eng koʻzga koʻringan fan arboblari qalbida havas va hayrat uygʻotayotgan, olamshumul sport musobaqalarida mustaqil yurtimiz bayrogʻini tobora baland koʻtarib, dunyo xalqlari eʼtirofi va eʼtiboriga sazovor boʻlayotgan yoshlarimiz safi kun sayin oshib bormoqda. Qalblarida oʻzlari tugʻilib-oʻsgan zaminga, ona Vataniga mehr-muhabbati ulugʻ, adabiyot va sanʼatda, sportda va hatto siyosatda, zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida oʻz iqtidorlarini namoyon etayotgan bugungi yoshlarning deyarli barchasi Istiqlol tengdoshlari ekanligi yanada quvonarli.

Chunki mustaqillik – barkamol avlod taʼlim-tarbiyasi, ularning oʻz qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun mislsiz imkoniyatlar yaratib berdi. Bugungi yoshlar ana shu imkoniyatlar ogʻushida yashamoqda, taʼlim va tahsil olib, ijod qilmoqda, biznes gʻoyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, tadbirkorlik sohasining uddaburonlariga aylanishmoqda.

Yaqinda tumanimizdagi "Choykoʻl” madaniyat va aholi dam olish markazida boʻlib oʻtgan "Kecha kim edigu bugun kim boʻldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mavzusidagi tumanimiz yoshlari bilan  muloqot tadbirida mustaqillik yillarida yoshlarimiz erishgan va erishayotgan yutuqlar mamnuniyat bilan eʼtirof etildi. Unda "Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi masʼul mutaxassislari rahbarligidagi targʻibot guruhi aʼzolari, tuman hokimining oʻrinbosarlari, hokimlik mutaxassislari, idora va tashkilotlarning rahbarlari, akademik litsey va kollejlarning oʻqituvchi va oʻquvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.



Tadbirda ishtirok etgan Oʻzbekiston "Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi boʻlim mudiri Axtam Roʻzimurodov, Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori Tolibjon Moʻʼminov, Rio-de-Janeyroda oʻtkazilgan yozgi olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirovlar tumanimiz yoshlarini qiziqtirayotgan mavzular doirasida samimiy muloqotlar oʻtkazdilar.

- Mustaqillik yillarida yoshlar hayoti bilan bogʻliq barcha masalalar davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi, - dedi tadbirda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston "Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi boʻlim mudiri Axtam Roʻzimurodov. – Agar eslaringizda boʻlsa, bugungi mustaqillik tengdoshlari boʻlgan yoshlar endi dunyoga kelgan paytda, 1991-yilning 20-noyabrida "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan edi. Ana shu Qonun asosida Oʻzbekiston yoshlarining orzu-istaklariga qanot bagʻishlash, ularning iqtidorlarini yuzaga chiqarish, oʻqish, ishlash, dam olish, yashash sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqilib, har yili ana shu dasturlar doirasida samarali ishlar olib  borildi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida oʻsib kelayotgan yosh avlod huquq va manfaatlarini kafolatlashga yoʻnaltirilgan  yigirmadan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinib, bu borada bir qator xalqaro hujjatlar ham imzolandi.

Lekin shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamon, yoshlarimiz ongu shuuridagi oʻzgarishlar, kun sayin hayotimizdan oʻrin olayotgan yangilanishlar mavjud qonun hujjatlariga singdirilgan yoshlar hayoti, turmush tarziga oid normalar, tamoyil va talablarni yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi. Mana, yaqinda qabul qilingan yangi tahrirdagi "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni oʻsib kelayotgan yosh avlod, kelajagimiz egalarining huquq va manfaatlarini kafolatlovchi mustahkam poydevor boʻldi.

Axtam Roʻzimurodov amudaryolik yoshlarni ana shunday muhim Qonun qabul qilinishi bilan tabriklab, ularning dilidagi orzu-istaklari, oʻqishda, ishda va hayotlarida mavjud boʻlgan, yechimini kutayotgan muammolari bilan qiziqdi va yoshlarni oshkora, samimiy muloqotga chorladi.

Oshkora va samimiy muloqotlarda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar. Xususan, Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji oʻquvchisi Husanjon Yoʻldoshev, Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji  oʻquvchisi Nigora Rahimova, Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji oʻquvchisi Shohista Rahimboyeva, Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻquvchisi Umidjon Sobirov, 19-sonli umumtaʼlim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Gʻulomjon Abdullayev hamda 40-sonli maktabning maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha  direktor oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova va boshqalar oʻzlari oʻqishda va ishda erishayotgan yutuqlar bilan birga mavjud kamchiliklar haqida soʻz yuritdilar. Tumanda "Yoshlar markazi”, tuman tarixini aks ettiruvchi muzey, markazlashgan yoshlar kutubxonasi, suzish sportiga qiziquvchilar uchun yopiq suv havzasi, kollej va litsey hamda umumtaʼlim maktablarida chet tillarni chuqurlashtirilgan tarzda oʻrgatishga ixtisoslashgan maxsus repetitorlik sinf (kurs)lari, ayniqsa, qishloq joylarida yoshlar muntazam shugʻullanishi uchun talablar darajasidagi sport toʻgaraklari, 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining "Choykoʻl” ovuli hududidagi filiali oʻquvchilari uchun pianino olib berish, kollej va akademik litsey oʻquvchilarining oʻqishga qatnashi uchun qulaylik yaratish maqsadida tuman markazidan qishloqlarga maxsus transport qatnovini yoʻlga qoʻyish borasidagi yoshlar tomonidan tushgan takliflar va savollarga "Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi boʻlim mudiri Axtam Roʻzimurodov, tuman hokimligi masʼul mutaxassislari, idora va tashkilotlarning rahbarlari atroflicha javob berdilar.

Shuningdek, yoshlar bilan oshkora muloqot tadbirida Oʻzbek milliy akademik drama teatrining isteʼdodli aktyori Tolibjon Moʻʼminov, Rio-de-Janeyroda oʻtkazilgan yozgi olimpiada oʻyinlari boks boʻyicha chempioni Shahobiddin Zoirovlar oʻzlari hayotda, sanʼat va sport sohasida erishgan yutuqlari haqida soʻz ochib, yoshlarni qiziqtirgan  savollarga javob berdilar.

"Kecha kim edigu bugun kim boʻldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?!” mavzusida boʻlib oʻtgan targʻibot va oshkora muloqot dasturi tumanimiz yoshlarining ijtimoiy faolligini yuksaltirish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi yana bir ezgu qadam boʻldi.


     

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026