01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 21:36
Jamiyat 👁 2,699

TIL QADRI

TIL QADRI

Har bir xalqning millat sifatida shakllanishidagi omillardan biri bu oʻsha xalqning tilidir. Maʼlumki, til ijtimoiy hodisa boʻlib, boshqa ijtimoiy hodisalar (davlat, xalq) bilan uzviy bogʻliqlikda rivojlanadi. Haqiqatdan ham, doimiy rivojlanib, boyib boruvchi tilimiz bizning hayot tarzimizning bir qismi, aloqa qurolimizdir.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, "ona tilim” jumlasini juda koʻp ishlatamiz, axir ona soʻzi barcha soʻzlar bilan yondosh ishlatilmaydi-ku? Nega Vatan, tuproq soʻzlari bilan qoʻllanilgandek til bilan ona soʻzi yonma-yon qoʻllaniladi? Demak, tilimiz ham huddi Vatandek, tugʻilgan tuprogʻimizdek aziz va qadrli. Mana shu qadrni anglay olgan, tilni eʼzozlay olgan xalq millat sifatida shakllanishga haqli. Oʻzbek xalqi bugun shu pogʻonani bosib oʻtdi, bundan 27-yil avval ona tilimiz, yaʼni oʻzbek tili davlat tili, deb eʼlon qilindi. Mustaqillik ostonasida bu tarixiy jasorat, chinakamiga til qadrini anglash edi. Shu bois ham bugun biz oʻz ona tilimizda baralla gapiramiz, kuylaymiz. Buning uchun hech qanday cheklov yoki eʼtiroz yoʻq. Chinakamiga oʻz tiliga, eʼtiqodiga ega xalq boʻlib shakllandik.

Lekin tanganing ikki tomoni boʻladi. Ha, aynan mana shu ikkinchi tarafi bizning ojiz tarafimizdir. Bu ikkinchi tarafda hali ham muloqot jarayonida, hatto rasmiy doiralarda ham adabiy tildan toʻlaligicha foydalanilmayotganligi kabi xatolar yashirin.

"Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun faqat OAV uchun yozilgan qonunmi, boshqa rasmiy doiralarda-chi?.. Oddiygina oʻzimizning kundalik muloqotimizni olaylik. Men oʻzbekman, deb koʻksiga uradiganlar orasida sof oʻzbek adabiy tilida gapira oladiganlar soni koʻp emas. Men bu eʼtirozim bilan shevalarimizni unutaylik, demoqchimasman, chunki aynan shu shevalarimiz bugungi ona tilimizning poydevoridir. Biroq biz nutqimizda rus, ingliz yo nemischa bir soʻz qoʻshib qoʻymasak, "aqlliligimiz” sezilmay qoladiganday. Toʻgʻri, chet tillarni bilish bugungi davr talabi. Lekin har biridan oʻz oʻrnida, vaqtida foydalanishimiz kerakmasmikan? Meʼyor tushunchasi mavjudligini unutmasak, tilimiz qadrini ham unutmasdik. Ha, ogʻzaki nutq meʼyorlari, yozma nutq meʼyorlari kabi meʼyorlar aynan yuqoridagi qonundan oʻrin olgan. Men aziz tengdoshlarimga "oʻzbek tili – ona tilimiz ekanligini unutmang”, degim keladi.

Iqboloy YoVMUTBOYeVA.
(Foto - http://uza.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026