01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 21:59
Jamiyat 👁 3,282

FAOL XOTIN-QIZLAR — JAMIYaT TARAQQIYoTI GAROVI

FAOL XOTIN-QIZLAR — JAMIYaT TARAQQIYoTI GAROVI

"Insoniyat tarixi shundan guvohlik beradiki, ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va maʼnaviy barkamolligi ayollarga boʻlgan munosabat bilan belgilanadi. Ayniqsa, ayollarga sharqona ehtirom va eʼzoz biz uchun ibratli merosdir”, degan edi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov.

Darhaqiqat, ayolni ulugʻlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ularning davlat qurilishidagi ishtirokini taʼminlash siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy jihatdan katta ahamiyatga ega. Shu sababli istiqlol yillarida ayollar masalasida 80 dan ortiq xalqaro andozalardagi milliy hujjatlar qabul qilindi.

Konstitutsiyamizning 46-moddasida "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar”,  deb belgilab qoʻyilgan. Asosiy Qomusimizda belgilangan konstitutsiyaviy qoidalar huquqiy tusdagi bir qator hujjatlar turkumida ham oʻz ifodasini topdi. Bu hujjatlar xotin-qizlarga taʼlim olishi va kasbiy tayyorgarlikda, mehnat qilishda, mehnat uchun haq olishda va xizmatda, ijtimoiy-siyosiy va madaniy faoliyatida teng imkoniyatlar berilishidan, ayollar mehnatini muhofaza qilish va sogʻligʻini saqlash boʻyicha maxsus chora-tadbirlar koʻrilishidan, mehnatning onalik bilan uygʻunlashtirilishi imkoniyatini beradigan shart-sharoit yaratilishidan, onalik va bolalikni huquqiy muhofaza qilish, moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, homilador ayollar va onalarga haq toʻlanadigan taʼtil hamda boshqa imtiyozlar berilishidan iboratdir.

Maʼlumki, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faol ishtiroki  fuqarolik jamiyatini  barpo etishning muhim omillaridan biridir. Shu bois mamlakatimizda aholi, xususan, xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish, davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu bejiz emas. Chunki fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish barkamol avlod tarbiyasida xotin-qizlarga keng imkoniyatlarni yaratish, demokratik qadriyatlarni amalda roʻyobga chiqarish kabi vazifalar bilan chambarchas bogʻliqdir.

Mamlakatimiz BMT tomonidan qabul qilingan ayollar huquq va erkinliklarini taʼminlashga oid 70 dan ortiq xalqaro hujjat va xalqaro shartnomalarga qoʻshilgan. BMTning Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konventsiyasi, Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari toʻgʻrisidagi, Xalqaro mehnat tashkilotining Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi, Mehnat va bandlik sohasida kamsitishlar toʻgʻrisidagi konventsiyalar shular jumlasidandir.

Milliy saylov qonunchiligimizga muvofiq, siyosiy partiyalar tomonidan hokimiyat vakillik organlariga saylovlarda deputatlikka nomzodlarni koʻrsatishda xotin-qizlar uchun 30 foizlik kvota belgilangani bunga yorqin misoldir. Bunday imkoniyatlar samarasida ayollar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda, siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etayotir. Konstitutsiyamizning 117-moddasida xotin-qizlarning hokimiyat vakillik organlariga saylash va saylanish huquqi mustahkamlangani esa muhtarama ayollarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirishda huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 4-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ham xotin-qizlarning faol ishtirok etishini taʼminlash boʻyicha qator choralar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2016-yil 7-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar dasturi tasdiqlangan boʻlib, dasturning ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda qator tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Darhaqiqat, jamiyatni yanada yangilash va demokratlashtirish fuqarolarning saylov huquqi amalga oshirilishi bilan ham uzviy bogʻliq. Shu bois saylov jarayonining barcha bosqichidan saylovchilarning xabardor boʻlishi, ularning huquqiy madaniyatini, shu jumladan, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish muhim hisoblanadi. Bu esa ularning saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga toʻlaqonli rioya qilishlari va saylov kuni oʻz xohish-irodalarini erkin ifodalashlarini taʼminlaydi.

Yuqorida nomi tilga olingan Dastur doirasida ishlab chiqilgan "Xotin-qizlarning saylovlardagi ishtiroki” mavzuida targʻibot tadbirlarini tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasiga binoan, bugungi kunda xotin-qizlarning huquqiy va saylov madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tashviqot ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Ishonamizki, bu kabi chora-tadbirlar natijasida ayol-qizlarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligi yanada oshadi hamda yurt taqdiriga, mamlakatimiz kelajagiga daxldorlik hissi bilan joriy yilgi saylovlarda faol ishtirok etib, oʻzlari tanlagan munosib nomzodlarga ovoz beradilar. Zero, xotin-qizlarning har jabhada faolligi – jamiyat taraqqiyotining garovidir.

 

Maryam AHMEDOVA,

tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026