YuRTIMIZ KELAJAGIGA HAR BIRIMIZ DAXLDORMIZ
Mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 86-sonli uchastka saylov komissiyasi aʼzolari ham tobora yaqinlashib kelayotgan 4-dekabr kungi saylovni uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun puxta hozirlik koʻrishmoqda.
Uchastka hududidagi 2185 nafar saylovchilar bilan shu kungacha bir necha bor uchrashuvlar oʻtkazilib, ular saylov haqida, Prezidentlikka siyosiy partiyalardan koʻrsatilgan nomzodlar haqida barcha maʼlumotlar bilan tanishtirildi.
Saylov uchastkasida saylovni oʻtkazish xonalari, ona va bola, tibbiyot xonalari zarur jihozlar bilan taʼminlandi.
Uchastka saylov komissiyasi aʼzosi sifatida har kuni xonadonlarda boʻlganimda, men mahalladoshlarimning mamlakatimizda saylovga doir bilimlarga ega ekanligini, ommaviy axborot vositalaridan saylovga doir eshittirish, koʻrsatuv, maqolalar bilan muntazam tanishib borayotganini anglayman, targʻibot, tashviqot tadbirlarimizda faol qatnashib, har biri oʻz fikr-mulohazalarini bildirayotganidan quvonaman. Axir bu xalqimizning huquqiy savodi tobora yuksalib borayotganining, yurtimizning tinch, farovon boʻlmogʻi uchun har biri oʻzini masʼul, deya his qilayotganining ifodasi emas-mi? Ayniqsa, saylovda birinchi bor qatnashayotgan 25 nafar yosh saylovchilar bilan har bir suhbatimiz juda maroqli oʻtadi. Ular mamlakatimiz Prezidenti saylovida qatnashayotganliklari bilan faxrlanishsa, eng munosib nomzodga ovoz berish masʼuliyatini ham his qilishmoqda.
Ayni kunda uchastkamizda saylovga tayyorgarlik jarayoni eng qizgʻin pallaga kirdi. Barcha kuch-imkoniyatlarimiz 4-dekabr kungi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini faollik va oshkoralik ruhida oʻtkazishga qaratilgan.
Inobat OTAJONOVA,
86-sonli uchastka saylov komissiyasi aʼzosi.
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶