YuRTIMIZGA KOʻZ TEGMASIN!
Biz ayni paytda hamisha tinchlik hukmron boʻlgan obod va farovon bir yurtda yashayotganimizdan, Oʻzbekiston fuqarosi ekanligimizdan haqli ravishda faxrlanamiz. Chunki bizning mamlakatimizda eʼzozlanmaydigan insonning oʻzi yoʻq. Yoshlar bola, uka, singil sifatida qadrlansa, katta yoshdagi kishilar aka, opa, ota, ona, bobo, buvi va momo sifatida eʼzozlanadi.
Mamlakatimizda fuqarolarning ijtimoiy taʼminot olish huquqi kafolatlanganligining oʻziyoq bizda insonlarning davlatimiz tomonidan ham nechogʻlik qadrlanishi yaqqol koʻrinib turibdi.
Asosiy Qonunimiz hisoblangan Konstitutsiyamizning 39-moddasida: "Har kim keksayganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum boʻlganda va Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega” ekanligi koʻrsatilgan.
Bizning davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning barchasi mohiyatan fuqarolarimizning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan.
Men pensiya yoshiga yetgunimga qadar tumanimizdagi 9-sonli umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi boʻlib ishladim. Xalq taʼlimi sohasidagi koʻp yillik mehnatlarim natijalari – shogirdlarim kamolini koʻrsam, shu yurtga munosib farzandlarni tarbiyalashga hissa qoʻshganimdan cheksiz faxrlanaman.
Yuqorida fikr qilganimdek, biz keksalar hamisha davlatimiz himoyasidamiz, el-yurt ardogʻidamiz. Biz uchun bundan ortiq baxt bormi? Shu boisdan ham biz har kuni tinch, ozod va obod yurtimizga hech qachon koʻz tegmasin, deya duo qilamiz. Bizning chin koʻngildan qilgan duolarimiz albatta ijobat boʻladi.
Ismoil YuSUPOV,
faxriy oʻqituvchi, "Qizilcholi” mahallasi.
(Foto - http://muxlis.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶