“Xalq qabulxonalari” xalq xizmatida
Inson – hayot gultoji! Uning huquq va erkinligi, manfaatlarini ishonchli himoya qilish mustaqillik yillarida davlatimiz siyosatining eng ustuvor vazifalaridan boʻlib kelmoqda, amalga oshirilayotgan jamiki ezgu saʼy-harakatlar har bir fuqaroning emin-erkin, baxtiyor va farovon turmush kechirishi, munosib sharoitlarda mehnat qilishi va keksayganda mehnatlarining rohatini koʻrib, farogʻatda yashashini taʼminlashga qaratilgan.
Joriy yilimizning 7-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev kirib kelayotgan yangi yilimizni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deya eʼlon qildi. Bundan koʻzlangan maqsad va vazifalarga toʻxtalib, "...davlatorganlarining fuqarolar bilan oʻzaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta koʻrib chiqish zarur. Bu borada aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy etishimiz darkor”, deya taʼkidladilar. Shuningdek, har bir tuman va shaharda "Xalq qabulxonalari”ni tashkil etish va ularning toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishini taʼminlash vazifasini qoʻydilar. Xalq bilan muloqotdan koʻzlangan maqsad xalq ichiga kirish, ularning muammolarini tinglash, manfaatlarini ishonchli himoya qilishdir. Muloqot va manfaat tushunchasi xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan tamoyilga asoslanadi.
Shuningdek, bu qabulxonalar har bir hududdagi vaziyatni, avvalo, qonun, farmon va qarorlar ijrosini aholining keng qatlamiga yetkazish, ularning samaradorligini yanada oshirishda muhim qadam boʻlishiga shubha yoʻq. Bu saʼy-harakatlar inson manfaatlarini taʼminlashga, dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot sifati va darajasini oshirish yoʻlida xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Shu maqsadda tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi tuman Kengashi qoshida "Xalq qabulxonasi” tashkil etildi va faoliyatini boshladi.
Ayni kunda qabulxonaga kuniga 10 nafar atrofida fuqarolar murojaat qilishmoqda. Muloqotlar natijasida ularni qiynayotgan muammolarning ayrimlari shu vaqtning oʻzida yechimini topib, hal etilmoqda, ayrimlari koʻrib chiqilmoqda.
Bu oʻz navbatida tumanimiz aholisining davlatimizga ishonchi ortishiga xizmat qilayotir. Chunki har bir murojaat orqasida inson manfaati, uning taqdiri bor.
Madamin
KAZAKOV,
OʻzLiDeP tuman Kengashi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶