KLAVIATURA UZRA RAQS
Barmoqlari klaviatura ustida goʻyoki raqs tushayotgandek kompyuterda matn yozayotgan insonni koʻrib, havas qilganmisiz? Agar u matnni klaviaturaga qaramasdan yozayotgan boʻlsa-chi?
"Klaviatura ustida raqs”, xuddi shu nom bilan ataluvchi (Solo na klaviature) dastur oʻquvchilarni klaviaturaga qaramasdan, 10 ta barmoqda, tez yozishga oʻrgatadi.
Gohida, baʼzi filmlardagi film qahramonlarining kompyuterda ishlashlarini koʻrib havasim kelardi. Qaniydi, men ham ulardek yozolsam, deb oʻylardim. Istagim amalga oshdi.
Ushbu satrlarni klaviaturaga qaramasdan yozayapman desam, ishonmassiz, balki. Lekin, bu haqiqat. Bir oylik mashqlar oʻz samarasini berdi. Nihoyat, men ham klaviaturaga qaramasdan ham kirill, ham lotin alifbosida yozishni oʻrganib oldim.
Ushbu dastur barcha kompyuterda ishlaydiganlar uchun, ayniqsa, kollejlarning kompyuter yoʻnalishi oʻquvchilari uchun ham juda foydali. Sababi, ikki barmoqda yozuv yozayotgan, goh matnga, goh monitorga qarayotgan, gohi harflarni klaviaturadan izlayotgan "mutaxassis”ni kim ham ishga olardi?
XXI asr – axborot texnologiyalari asri. Har bir kollej oʻquvchisining bilimi va malakasi zamon talabi darajasida boʻlishi kerak.
Biz, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob berguvchi, yuqori malakali kadrlar tayyorlashimiz kerak!
Aminboy SULTANMURATOV,
Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶