ASKAR ONALARI ShARAFLANDI
Amudaryo tumanida tuman hokimligi, xotin-qizlar qoʻmitasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi, tuman mudofaa ishlari boʻlimi, "Kamolot” YoIH tuman Kengashi, tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi hamkorligida "Vatan ulugʻ – burchim muqaddas” shiori ostida "Askar onalarini sharaflaymiz” deb nomlangan madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 25 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab tashkil etilgan ushbu tadbirda jamoatchilik vakillari, tumandagi harbiy qismlarda xizmat burchini oʻtayotgan askarlar hamda urush va mehnat faxriylari, harbiy xizmatdagi askarlarning ota-onalari ishtirok etdilar.
Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova, tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, mayor Ixtiyor Nodirov, ota-onalar va harbiy xizmatchilar soʻzga chiqdilar.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizning mudofaa qudratini oshirish, shu orqali xalqimizning tinchlik va farovonlikda hayot kechirishini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlarga katta baho berdilar.
– Mustaqilligimiz tufayli yurtimizda askar onalarining sharaflanib, ularga izzat-ikrom koʻrsatilayotgani bizga quvonch va gʻurur bagʻishlaydi, – deydi askar onasi Gulbahor Oʻrazimbetova. – Hozirgi kunda oʻgʻlim Nurbek Rajapov Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida xizmat burchini oʻtamoqda. Men askar onasi boʻlganimdan, oʻgʻlimning esa ona Vatan himoyachisi ekanligidan cheksiz faxrlanaman.
"Askar onalarini sharaflaymiz” deb nomlangan ushbu tadbir barcha ishtirokchilarda, askar onalarida, ayniqsa yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbirda ishtirok etgan 72 nafar askar onalariga va ularning oila aʼzolariga tuman hokimining tashakkurnomalari va homiylarning bayram sovgʻalari topshirildi.
A.Jumaniyozov


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶