02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 03:21
Adabiyot 👁 2,242

MUTOLAA – HAYoTIMIZGA ZAVQ VA FAYZ BAGʻIShLAYDI

MUTOLAA – HAYoTIMIZGA ZAVQ VA FAYZ BAGʻIShLAYDI

Insonning yetuk shaxs sifatida kamol topishida badiiy adabiyotning ahamiyati juda katta. Istiqlol sharoitida oʻzbek xalqi uchun oʻzligini anglash, milliy qadriyatlarni tiklash jarayonida mumtoz adabiyotimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan, asarlari jahon madaniyati xazinasidan munosib oʻrin egallagan ijodkorlar bilan birgalikda zamondosh shoir va yozuvchilarning badiiy tafakkur rivojida oʻziga xos oʻrin tutgan asarlaridan bahramand boʻlish xalqqa xizmat qilish burchini anglagan har bir kishi uchun muhimdir, chunki adabiyot hayot darsi sanaladi. Mana shularni hisobga olgan holda "Jayxun ilhomlari” Nodavlat notijorat tashkilotida muhim tadbirlar qatorida tumanimiz yoshlarini jahon va milliy mumtoz adabiyotimizning nodir namunalaridan, hozirgi davrda oʻzbek  va boshqa tillarda yaratilayotgan asarlardan bahramand qilish rejalashtirilib, amaliy ishlar olib borilmoqda.

"Jayxun ilhomlari” NNTga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash  jamoat fondi tomonidan "Yuksak maʼnaviyatli avlod – yurt kelajagi” nomli loyihasini bajarish uchun 25 mln. soʻm grant mablagʻlari berilgan edi. Biz tashkilotimiz ish faoliyatini rejalashtirishda tumanimiz yoshlarining maʼnaviyatini yuksaltirishga, dunyoqarashini kengaytirishga moʻljallangan har turli tadbirlar bilan birgalikda kutubxona tashkil qilib, uni milliy va jahon adabiyotining sara asarlari bilan boyitishga harakat qildik. Shu maqsadda dastlab Toshkentdagi nashriyotlardan 842 ta kitob olib kelindi. Hozirgi davrda kutubxonamizda homiy tashkilotlar yordamida 2874 ta kitob toʻplangan. Tuman yoshlari, maktab, kollej va litsey oʻquvchilarini kutubxonamizdan unumli foydalanishga jalb qilish maqsadida oʻtgan yil mobaynida boshqa turli tadbirlar qatorida oʻquv oʻrinlarida, shu jumladan olis qishloqlarda ham, kitob sayillari uyushtirildi, koʻchma kutubxona tashkil qilindi. Shu tadbirlarda  faol qatnashgan ijodkor yoshlardan 42 nafarining sara sheʼrlaridan "Jayxun jilgʻalari” nomli toʻplam grant mablagʻi hisobidan nashr qilinib, tuman aholisiga tarqatildi. Kutubxona fondining boyishida faol kitobxonlar tashabbus koʻrsatib, kitob sovgʻa qilish anʼanasini boshlab  berdilar. Masalan: "Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Zebo Rajabova 110 ta badiiy kitob sovgʻa qildi. Besh-oʻn donadan kitob sovgʻa qilayotganlar ham anchagina. Men ham oʻzimning shaxsiy kutubxonamdan oʻzbek va rus tillardagi milliy hamda chet el adabiyotiga mansub badiiy, ilmiy kitoblardan 325 tasini kutubxonaga topshirdim. Koʻzlagan maqsadlarimizga erishuvimizda bular hali yetarli emas.

Muhtaram Prezidentimizning shu yil 12-yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida”gi  farmoyishi kitob mutolaasini keng targʻib qilishda muhim ahamiyatga egadir.

Bu – ijodkorlar, noshirlar, kitob tarqatuvchilar uchun qulaylik yaratgan boʻlsa, kitobxonlar uchun yangi asarlarni oʻqib, zavqlanishlari uchun katta imkoniyat demakdir. Biz ham bu farmoyishdan  ruhlangan holda yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirib, intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazib, bu sohada koʻzlangan maqsadlarga erishamiz. Buning uchun esa kutubxona fondini boyitib, kitoblar sonini 5000 taga yetkazamiz, shu bilan birga kitob mutolaasiga targʻib qilish ishlarini ham faol ravishda olib boramiz.

"Argumenti i fakti” gazetasining oʻtgan yilgi 48-sonida dunyodagi bir qancha olimlarning tadqiqot natijalariga tayanib yozishicha, qogʻozga bosilgan kitoblarni mutolaa qilish insonning ruhiy zoʻriqishlarini 68 foizga  yumshatib, barvaqt vafot etish xavfini 23 foizga kamaytirar ekan.

Bu maʼlumotlar yana bir marta inson zamonaviy texnologiya vositalari bilan alahsib qolavermay, badiiy adabiyot namunalari mutolaasi bilan muntazam ravishda shugʻullanib borsa, bu unga har tomonlama foydali ekanligini isbotlaydi. Demak, hayotmizni tobora zavqli va fayzli qilib borish oʻz qoʻlimizda ekan.    

Ahmad NAFASOV,

"Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026