02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 03:22
Adabiyot 👁 2,458

LAFZ VA QARZ

LAFZ VA QARZ

(Boʻlgan voqea)

Sobir juda koʻngilchan yigit. Birovdan yordamini ayamaydi. Oʻzi och qolsa-da, ostonasidan hatlab kelgan odamga soʻraganini berib yuboraveradi.

Toʻgʻrisi, Sobirboyning oshib-toshib yotgan mol-dunyosi yoʻq. Bolalari yosh, xotini ham, oʻzi ham hech qayerda ishlashmaydi. 16 sotix tomorqa yerini obod qilib, mol boqadi, qoʻy-echkisi, tovugʻi-yu kurkasi bor. Bogʻ-rogʻidan, mol-holidan yaxshi daromad oladi.

– Xudoga shukur, qoʻlim pulsiz boʻlmaydi, – deb qoʻyadi u oʻzini boyvachchalarday tutib. Ana shu ochiqkoʻngilligi tufayli koʻpincha pand yeb yuradi, baribir pand yedim, deb hech qachon feʼli torlik qilmaydi.

Nima boʻldi-yu Sobirning tijoratchi akasining "ishi qaytdi”. Bir-ikki oy ichida kasodga uchradi-yu, doʻkonidan, "Damas” rusumli avtomashinasidan ajraldi. Qancha harakat qilishmasin, savdo-sotigʻi-yu, xonadonidan fayz, baraka ketdi.

– Sobirjon, uka, menga bitta molingni qarzga berib tursang, – boshini egib keldi aka.

Sobirning akasiga rahmi keldi. Boʻrdoqiga boqayotgan bitta hoʻkizini berdi-yubordi.

– Qaytararmikan? – dedi xotini ishonqiramay.

– Qaytaradi, "qarzga”, dedi-ku! – Sobirning koʻngli negadir gʻash edi.

Oradan oylar, hatto yillar oʻtdi. Aka sira qarzini qaytaray, demadi. Sobir katta oʻgʻli shartnoma asosida oʻqishga kirganidan ham quvonib, ham "qarzga ketgan” molining daragini bilish niyatida akasining uyiga bordi.

– Hay, bola, – dedi akasi, – uyalmay-netmay shu molingni soʻrab keldingmi? Chechangning oldida men kim degan odam boʻldim? Bitta molga oʻtmadimmi?

Sobirboy dong qotib qoldi. Tili kalimaga kelmadi. Aka esa tobora ovozini balandlatib toʻngʻilladi:

– Otamizning mulkida oʻtiribsan, sendan yer-mulk soʻrayotganim yoʻq-ku! Hovli-joyni boʻlib, teraklarni chopib olsam ne qilasan, oʻv!

Sobirboy asta oʻrnidan turdi. Tomogʻiga nimadir tiqildi. Koʻz oldida akasiga yangi imorat qurgan yillari, kecha-kunduz tinimsiz ishlab, imoratini butlab berganlari  esiga tushdi. Akasining imorati bitgunicha Sobirboy qancha mol boqdi, halovat bilmay ishladi.

– Sening boshpanang tayyor, bolam, akangning uy-joyini butlab beraylik, – derdi ota-onasi doim Sobirboyga. – Bir-ikki yil yangi kiymasang, kiymabsan-da...

Doim akasining eski kiyimlarini "yangilab” kiyardi Sobirboy. U ota-onasidan sabr-qanoatni, koʻngilchanlikni, halollikni oʻrgangandi.

– Qarzga, deganingizga...

– Qarz, qanaqa qarz? – baqirib yubordi aka.

Sobirboy tashqariga chiqdi. Akasining vajohat bilan gapirgan gapi uning boshiga  gurzi bilan urganday boʻldi. Nafasi qaytib, yurishga qiynalsa-da, tezroq bu yerdan ketishga oshiqar, ortidan xuddi oʻz tugʻishgan akasi tosh otayotganday, toshlar yomgʻiri ostida qolganday, butun tanasi zirillab ogʻrir edi...

U xotiniga hech narsa demadi. Ikki kundan soʻng bozorga sogʻin sigirini sotdi. Oʻgʻli quvonib-quvonib oʻqishiga ketdi. Xotini  har gal qaynogʻasi olib ketgan boʻrdoqi mol haqida gap ochib qoʻyar, Sobirboy lom-mim demasdi. Faqat dilidan bir oʻy kechardi: "uka, kel, shu molingni menga oʻt”, - desa, men "yoʻq”, – demasdim-ku”. Ana shu gina, ana shu oʻy uning dilini oʻrtab yuborardi. Sobirboy nihoyatda qiynalgan paytlarida ham akasining ostonasidan boshqa hatlamadi, "molim bor”, – deb soʻramadi. Oʻgʻli oʻqishini tugatib, paxta tozalash zavodiga ishga kirdi. Oldinma-keyin  ikkinchi oʻgʻli ham institutni  tugatib, bank xodimi boʻldi-yu Sobirboyning gardanidagi  roʻzgʻor yuki ancha yengillashdi.

"Men bitta molga oʻtmadimmi?” – deb oʻzicha ukasidan oʻpkalab, kamnamo boʻlib yurgan aka endi tez-tez ukani yoʻqlaydigan boʻldi.

– Chechangning tijorat ishlari hech yurishmayapti-da, Sobirboy. Sal yordam berib yuborasanmi? – dedi bir kuni.

Sobirboy indamadi-yu, koʻnglida yaxshi bir niyati borligini, katta oʻgʻlini uylantirmoqchi ekanligini yashirolmadi. Baribir tugʻishgan-da, quvonchini boʻlishgisi keldi.

– Toʻymi? Toʻyingga oʻzim bosh boʻlaman. Ikki-uch oyga bir-ikki soʻm berib tursang, chechang sal "aylantirib” olgach, pulingni qaytarib beraman.

Sobirboy uzoq oʻyladi: "Mendan boshqa kimi ham bor? Mayli, beraman, deb turibdi-ku, bolalar ishlashyapti, qoʻra toʻla mol-holi bor. Toʻrt-besh million soʻmni tijoratchi bir-ikki aylantirsa, bas, pul degani oʻzi bilan oʻzi koʻpayadi”.

– Mayli, – dedi Sobirboy, – faqat uzoqqa choʻzmay, qaytaring aka, toʻy qilmoqchiman.

Ukasidan pulni osongina undirgan aka shu kundan boshlab qorasini koʻrsatmadi. Sobirboy esa bu gal ham oʻz tugʻishgan akasidan pand yeganini yurak-yurakdan his etib turar, na iloj, sirtiga chiqara olmas, ich-etini yeb, oʻzi bilan oʻzi olishardi.

Bir kuni akasining xotini – Norgul chechasi qoʻngʻiroq qildi:

– Sobirboy, tez kel, akang melisaga tushib qoldi.

"Yo tavba, melisaga necha tushadi?”  Sobirboy tashvishlandi.

Yetib borsa, ish chatoq, akasi meli-saxonada boshini changallab oʻtiribdi. Emishki, bozorda bir kishini soʻkibdi, janjallashibdi. Mahalla katxudolarining aralashuvi bilan urushgan ikki davangirday erkak yarashishdi. Bir-birini kechirishdi-yu, ikkalasi ham jamoat joyidagi huquqbuzarliklari uchun jarima jazosiga tortilishdi. Sobirboy  yana koʻngilchanlik qildi, akasi uchun bir qoʻyini sotib, falon soʻm jarima toʻladi.

– Akangizni uyga koʻchirib kelaqoling! – gap bilan uzib oldi xotini.

– Bizga xudo bersin, – dedi Sobirboy astoydil.

– Molni qarzga olib lafzidan  qaytib, qarzini  unutsa, pul olib, qaytarish oʻrniga pand bersa, ustiga-ustak janjalning jabri ham sizga tushsa, shumi Xudoning bergani!

– Beradi, beradi, qoʻy endi! – Sobirboy xotiniga bu gal botinib qattiq gapirib yubordi.

Oradan bir yil oʻtib, Sobirboy dangʻillama toʻy qilib katta oʻgʻlini uylantirdi. Kelinning qadami qutlugʻ kelib, oʻgʻillari kredit hisobiga "Neksiya” avtomobili sotib olishdi. Kichik oʻgʻli sportdagi yutuqlari uchun yoshlar uchun qurilgan uylardan birini olish huquqiga ega boʻldi.

– Ana, aytdim-ku, xudo beradi, deb! – xotiniga quvonch bilan gapirib qoʻyadigan boʻldi Sobirboy.

Shunday kunlarning birida aka ogʻir kasalga chalindi. Sobirboy oʻpka-ginani yigʻishtirib, akasini koʻrgani bordi.

– Sobirboy, – dedi akasi ovozi qaltirab, – meni kechir. Uch kundan beri otam tushimga kiradi. Uch kundan beri menga: "ukang bilan oʻrtangdagi qarzingni uz”, – deb urushadi. Eson-omon oyoqqa turib ketsam, molingni ham, pullaringni ham qaytaraman.

Sobirboyning oʻpkasi toʻlib, akasiga rahmi keldi.

– Oʻtdim, aka, – dedi mehr bilan, – hamma qarzlaringizni oʻtdim. Menga siz sogʻayib ketsangiz boʻldi, aka.

Aka ogʻir tin oldi. Yuziga dumalab tushayotgan koʻz yoshlarini yashirish uchun orqasiga oʻgirilib oldi. Sobirboy negadir yengil tortdi. Xuddi ota-onasi tirilib qaytganday, ularning nafasini his etganday boʻldi.

Aka uzoq yotmadi. Bir haftalardan soʻng oʻzi ulgʻaygan mahallaga – ota makoniga, ukasinikiga mol yetaklab keldi.

– Sobirboy, ho Sobirboy, qayerga bogʻlayin buni?

– Menga beraqoling, bova, – Sobirboyning kichik oʻgʻli mol arqonidan tutdi.

– Mana bu – sendan olgan qarz pullar, – aka xontaxta ustiga kattagina tugunchakni qoʻydi. – Rahmat, uka, moling ham, puling ham foyda berdi, ukalaring tijoratini tiklab oldi. Otam tushimga kirib nima deganini bilasanmi? "Sobirboyga qilgan lafzingda turmading, kasal boʻlding, qarzingni uzmasang, ishing unmaydi”, dedi.

Men gʻofil banda, xato qildim, xato.

– Men qarzingizni oʻtgan edim, aka! – mehri tovlanib akasini quchoqlab oldi uka.

– Yoʻq, – dedi aka astoydil, – men qarz, deb oldimmi, qarzda! Koʻngilga shayton oralamasin ekan, uka!

– Ana shu shaytonni butunlay haydab yuboring-da, bova! – dedi Sobirboyning kichik oʻgʻli.

Shu kuni, ota-onalari dunyodan oʻtgandan beri ilk marta aka-uka ota makondagi chorpoyada yulduzlarga tikilib yotdilar, uzoq suhbat qurdilar. Osmon ham, ularning koʻngillari ham begʻubor edi...

Robiya YOʻLDOShEVA.  

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026