Siz borsizki, tinchligimiz barqaror!
Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan goʻzal va obod mamlakatimiz sarhadlarini, bagʻrikeng xalqimizning osoyishtaligini, mamlakatimizda tinchlikni saqlashni oʻzlarining muqaddas burchi deb bilgan mard va jasur yurt oʻgʻlonlari, Armiyamizning yuragi, aql-zakovati boʻlgan qoʻmondonlar – harbiy zobitlar boʻlib yetishadigan oʻgʻlonlarimizga mustahkam sogʻlik-salomatlik va omonlik tilab, dil izhorimizni yoʻllaymiz.
Sizkim, Vatan oʻgʻlonlari, el-yurtimizning metin qalqoni. Xizmatga shay hamisha, doimo hushyor! Mustahkamdir sarhadimiz, oʻtolmagay hech bir yov. Siz borsizki, yelkangizda koʻtarasiz Vatanni! Siz borsizki, osmonimiz musaffodir hamisha. Siz borsizki, yangrayverar onalarning allasi. Arimagay xirmonlardan qut-baraka manguga. El farovon, Vatan ozod, obodon!
Mana bu suratlarda magʻrur boqib turgan oʻgʻlonlar Milliy Armiyamizning boʻlgʻusi zobitlari, Vatan posbonlari!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶