02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 02:15
Jamiyat 👁 2,121

BUGUNGI OʻQUVChI – ERTAGA ASKAR

Biz 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tuman mudofaa ishlari boʻlimining chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash boʻlinmasi boshligʻi Zokirjon Saʼdullayev bilan uchrashib, chaqiriluvchi yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash boʻyicha suhbatlashdik.

– Yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash va taʼlim muassasalari oʻquvchilarini  harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib bersangiz?

– Oʻquvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashda chaqiriqqa qadar tayyorlash  muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada oʻziga xos imtihon hisoblangan "Shunqorlar” va "Yosh chegarachilar” harbiy-sport oʻyinlari koʻrik-tanlovlariga hamma kasb-hunar kollejlari jiddiy tayyorgarlik koʻrayotir va bu muhim tadbirlarda faol qatnashayotir, deb boʻlmaydi. Bu borada oʻzlarining bor kuchini koʻrsatishga intilib, jon-jahdi bilan urinayotgan bir necha taʼlim muassasalari bor, xolos. Shulardan, "Doʻrman” qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji, Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji va Amudaryo  akademik litseyi oʻqituvchilari va oʻquvchilari mazkur tanlovlarda faol qatnashib, oʻz bilimlari, koʻnikmalari va mahoratlarini toʻla namoyish qilishga harakat qilmoqdalar hamda sovrinli oʻrinlarni egallamoqdalar. Boshqa taʼlim muassasalari ham ularga ergashib, ulardan ibrat olib, tajribalarini oʻrgangan holda yetakchilar safidan oʻrin olishlari lozim. Yana bu boradagi taʼlim jarayonlarida va amaliy mashgʻulotlarda mudofaaga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar” tashkilotining biron marta ham boʻy koʻrsatmayotganligini qanday baholash mumkin?

– Maʼlumki, milliy armiyamizga bilimli, malakali yetuk harbiy ofitser kadrlar suv va havodek zarur. Ular milliy armiyamizning kuch-qudratidir. Bizning tumanimizda ofitser kadrlarni tayyorlashga chaqiriluvchi yoshlarni yoʻnaltirish qanday bormoqda?

– Bu boradagi ishlarimizdan toʻla qanoat hosil qilishimiz va bundan hatto faxrlanishimiz mumkin. Bunda albatta katta orzular va aniq maqsadlarni koʻzlab mamlakatimizdagi qator oliy harbiy bilim yurtlarida tahsil olayotgan bilimga chanqoq, gʻayrat-shijoatli, qalbi yurt ishqi bilan yonib urayotgan bir necha kursantlarimizning nomlarini iftixor bilan tilga olamiz. Bular jumlasiga "Bosuv” mahallasidan Islombek Karimovning Samarqand oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida, "Xolimbeg” ovulidan Mirjalol Oqmonovning Chirchiq oliy harbiy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida va kuyukkoʻpirlik Nizomjon Oʻrozboyevning ham xuddi mana shu oliy harbiy dargohda, "Bobur” ovulidan Oymurod Bozorboyevning Toshkent oliy harbiy qoʻmondonlik bilim yurtida, Mangʻit shahridan Sirojiddin Qozoqboyevning Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakultetida, "Oʻrta qalʼa” ovulidan Eldor Kamolovning Toshkent tibbiyot Akademiyasining harbiy tibbiyot fakultetida qunt bilan tahsil olib, harbiy bilimlarni puxta oʻzlashtirayotganligi va harbiy dala taktik mashgʻulotlarida faol  qatnashib, zarur koʻnikma hamda malaka oshirayotganligi ularning ertaga eng munosib  harbiy ofitser kadr boʻlib yetishishlaridan darak beradi. Ularning koʻpchiligi joriy 2017-yil yozida oʻzlari bilim olayotgan oliy harbiy bilim  yurtlarini muvaffaqiyatli tamomlab, Qurolli kuchlarimiz safida oʻz burchlarini bajarishga kirishadilar.

Biz ularga omad, baxt-saodat va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Suhbatdosh Qobul ShOMURODOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026