Davlat gʻamxoʻrligidan koʻngillar obod
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishda sobitqadamlik bilan yuritayotgan siyosati, ayniqsa, ijtimoiy muammolarni hal etish yoʻlidagi saʼy-harakatlari nihoyatda eʼtiborga loyiq.
2017-yilning 2-fevral kuni qabul qilingan "Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni toʻlash mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori biz nuroniylarning qalbimizni quvnochga toʻldirdi. Qarorda "2017-yilning fevral oyidan boshlab barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz toʻliq hajmda naqd shaklda berilsin”, degan jumlalarni televideniye orqali eshitib, matbuot nashrlarida oʻqib, koʻnglimiz togʻday koʻtarildi.
Chunki biz keksalar har oyda pensiyamizni plastik kartochkalarimizga tushirish, uning maʼlum qismini naqd pul shaklida olish uchun tumandagi banklar eshigida soatlab navbat kutardik. Gohida ishimiz bitsa, gohida ayrim ishiga loqayd bank xodimlarining byurokratligi tufayli ishimiz bitmay, horib-tolib uyimizga, qishlogʻimizga qaytib ketardik.
Prezidentimiz omon boʻlsin, Alloh umrlarini uzun, sogʻligini mustahkam qilsin. Shavkat Mirziyoyev biz keksalarning mushkulini oson qildi. Nafaqat biz qariyalarning, balki talaba nevaralarimizning, shahar markazlaridan olisdagi tumanlarda yashovchi davlat idoralari xizmatchilarining ham ish haqlari naqd pul shaklida berilishi butun mamlakatimiz xalqi uchun beqiyos gʻamxoʻrlik boʻldi. Bu Prezidentimizning xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan tamoyilga amaliy javobi boʻldi.
Doʻstjon Qalandarov,

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶