SOBIQ QUROLDOShLAR UChRAShUVI
15-fevral kuni Afgʻonistondan sobiq ittifoq harbiylari olib chiqilganiga 28-yil toʻldi. Shu munosabat bilan oʻsha paytdagi sobiq ittifoqning notoʻgʻri siyosati natijasida afgʻon janglarida ishtirok qilgan sobiq quroldosh doʻstlar tumanimizdagi Xotira bogʻida yigʻilishib, xotira yodgorligi poyiga gulchambarlar qoʻyishdi.
Baynalmilal jangchilar uchun "Oʻzbegim” oshxonasida dasturxon yozilib, bayram dasturi tashkil qilindi. Hozirda Respublikamizning barcha hududlarida faxriy askarlar uyushmasining "Ijtimoiy himoya” markazlari tashkil qilingan boʻlib, tumanimizda faoliyat yuritayotgan markazga bugungi kunda 370 nafardan ortiq baynalmilal jangchilar aʼzo hisoblanadi. Afgʻon janglarida ishtirok qilib, turli darajadagi tan jarohatini olgan 24 nafar nogironlar ham mazkur uyushma aʼzolaridir.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar yurtimizda hukm surayotgan
tinchlik va osoyishtalikning naqadar qadrli va qimmatli ekanligini taʼkidlab,
barchani mana shunday dorilomon kunlarga shukrona qilib yashashga chorladi. Homiylar
tashabbusi bilan faxriy askarlarga sovgʻalar topshirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶