02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 06:04
Jamiyat 👁 3,267

HAR BIR SOʻZI IBRAT

HAR BIR SOʻZI IBRAT

Odatda biz iymon-eʼtiqodli, qalbi toza, ezgu fazilatlarga ega insonlarni farishtaga oʻxshatamiz, ularni juda farishtali odam, deya alqaymiz. Aslida ham insonning yuzidan uning qanday odam ekanligi sezilib turadi.

Qurbonbika momoni Mangʻitda, Choykoʻl ovulida, Qipchoq ovulida tanimaydiganlar kam. Taniganlar farishtali momo, deya taʼriflashadi.

U 1938-yilda "Choykoʻl” ovulida tugʻildi. 3 yoshida onasidan ayrilib, yetimlik azobini, davr mashaqqatlarini totib oʻsdi. Otasi Kamol Yusupov tilidan shukronasi tushmaydigan, keng feʼlli odam edi. Ikkinchi jahon urushiga ketib, shahid boʻlgach, qizaloq ham ota, ham onadan ayrilib, dardlarini mehnat bilan yengdi. 12 yoshidan paxtachilikdagi barcha ishlarda kattalar qatori mehnat qildi. 18 yoshida sobiq Engels nomli kolxozga kelin boʻlib tushdi. Turmush oʻrtogʻi Safarboy Eshmurodov xoʻjalikda yer tuzuvchi, qurilish prorabi kabiturli lavozimlarda ishladi.

1958-yilda "Qipchoq” va Mangʻit tumanlari birlashtirilgan vaqtda, ularning oilasi xizmatchilik yuzasidan Mangʻit shahrining hozirgi "Chordara” mahallasiga koʻchib kelishdi va turgʻun yashab qolishdi.

Qurbonbika momo turmush oʻrtogʻi erta vafot etib ketganidan soʻng 8 nafar farzandni ham ona, ham ota boʻlib yoʻlga soldi.

Hozir onaxonning oʻgʻil-qizlarining har biri alohida oila boʻlib, palak yoyishgan. Oʻgʻillari biri elektrik, biri mexanik, biri haydovchi boʻlib ishlab, oilalarini oyoqqa turgʻizishdi. Biri chevar, biri tadbirkor, biri oʻqituvchi qizlar – kelinlardan ham koʻngli toʻq. Biroq sakson yosh ostonasidagi onaxonning ham oʻziga tan yumushlari koʻp: "Chordara” mahalla fuqarolar yigʻini, nevaralari oʻqiydigan maktablarda boʻladigan yigʻilishlarda qatnashadi, muhokama etilayotgan masalalarga oʻz munosabatini bildiradi, yoshlardan oila totuvligi, qoʻshnichilik munosabatlari-yu oʻzaro hamjihatlikda yashash borasida maslahatlarini ayamaydi, oʻzining, oʻzi tengilarning boshidan kechirgan ogʻir kunlarini ibrat qilib aytib beradi, bugungiday dorilomon kunlarni qadrlashga oʻrgatadi. Goh Ahmad Yassaviy hikmatlaridan, goh boshqa alloma bobolarimizning ibratli soʻzlaridan keltiradi, oʻzi esa hozir ham mutolaadan toʻxtamaydi. Suhbatdosh boʻlgan odam onaxonning zehniga, xotirasi kuchliligiga qoyil qolmay iloji yoʻq.

– Boʻsh vaqt topsam, bekor oʻtirmay deb bolalarga tushlik tayyorlab, uylarni yigʻishtiraman. Axir kelin qachon ishdan kelib, bajaradi, deb oʻtirsam, unda qanday odam boʻldim?

Qurbonbika momoning oʻz hayotiy falsafasi bor: odam Yaratgan bergan umrda ezgu ishlar qilib, hech kimga ogʻirini tushirmay yashashi kerak. Bu qoidasiga amal qilgan onaxon hatto 2008-yilda muqaddas haj ziyoratiga borayotganida oʻgʻillarining Nukus aeroportiga kuzatishga chiqishiga ham ruxsat bermagan ekan.

– Koʻpgina qaynona boʻlgan ayollar endi kirimni kelin yuvib, ovqatimni oldimga olib kelib qoʻyishi kerak, deb hisoblashadi, – deydi Qurbonbika momo kulib. – Aslida biz bandalarga berilgan umrning har lahzasining soʻrovi bor. Shunday ekan, har kim imkoniga yarasha ish bilan mashgʻul boʻlishi kerak.

30 nafar nevara, 21 chevara diydoriga musharraf boʻlgan farishtali momo bilan qancha suhbatlashmang, hech zerikmaysiz, har bir soʻzidan hayotiy hikmat topasiz, uzatilayotgan qizlarga yor-yor aytgandaku, eshitganning koʻngli sel boʻladi, nasihatlariga koʻpchilik yoshlar amal qilib yurishadi.

– Bugungiday hurzamonni salkam saksonga kirib, endi koʻrayapman. Hamma oʻz uyida tinch, xotirjam, dasturxonida turli neʼmat. Yana el boshchilari, mahalla oqsoqoli turmushingizda ne muammolar bor, deb xabar olib tursa, bundan ortiq maʼmur hayot, izzat-ikrom boʻlmasa-ov, odamga, – deydi momo shukrona bilan qoʻli koʻksida.

Aslida yurtimiz fayzi, farishtasi boʻlgan Qurbonbika momoday nuroniylarimiz har qancha eʼzozu-ehtiromga loyiq.

Suratda: Qurbonbika momo Yusupova

nevarasi bilan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026