02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 06:57
Jamiyat 👁 3,852

AYoLGA EHTIROM — ONAGA, VATANGA EHTIROM

AYoLGA EHTIROM — ONAGA, VATANGA EHTIROM

Donishmandlarning "Qaysidir millatning nimalarga qodirligini bilmoqchi boʻlsang, uning ayoliga boq” degan hikmati bor. Chindan ham har bir xalq – ayolning mahsulidir. Meva daraxtdan ustun boʻla olmaganidek, farzand ham onasidan ustun boʻlolmaydi. Demak, ayolning qudratiga qarab uning tarbiyalayotgan farzandiga baho berish mumkin ekan. Shu oʻrinda qaysidir xalqning kelajagini tasavvur qilmoqchi boʻlsangiz, uning ayolga boʻlgan munosabatiga nazar soling, degim keladi. Zero, ayolga hurmat-ehtirom, unga gʻamxoʻrlik – kelajakka gʻamxoʻrlikdir. Ayolini ulugʻlagan millatning kelajagi albatta buyuk boʻladi.

Oʻzbekiston – chindan ham kelajagi buyuk davlat. Zero, yurtimizda ayolga eʼtibor davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Ayollarning huquq va erkinliklari qonunlar bilan mustahkamlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, oʻnlab qonunlar, saksonga yaqin farmon va qarorlar, davlat dasturlari xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oila va jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilishda huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda. Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, kasbiy, jismoniy, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, qiz bolalarni zamonaviy kasb-hunarlarga yoʻnaltirish, ularni sportga keng jalb etish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sogʻlom oilani shakllantirish masalalari ham davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.

Mamlakatimizda xotin-qizlar masalasini hukumat darajasiga koʻtarish, ularning hukumat tarkibida faoliyat koʻrsatishi tajribasini jahon davlatchiligi tarixi kam koʻrgan va bugunda aynan shu holat nufuzli xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholanmoqda.

1999-yilda "Zulfiya nomidagi davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonining qabul qilinishi yosh qizlarimizning isteʼdod imkoniyatlarini namoyish etishiga sharoit yaratdi va bu Farmon yurtimiz qizlarining ijtimoiy hayotida katta hodisa sifatida qabul qilindi.

2004-yil 25-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3434-sonli Farmoni eʼlon qilindi.

Ushbu Farmon ayollar hayot farovonligini va Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini yangi bosqichga koʻtardi. Farmon asosida joriy etilgan diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimida 8655 nafar hayot tajribasiga ega, qadriyatlarni chuqur bilgan, bir soʻz bilan aytganda mahalla vijdoniga aylangan ayollar mahallalarda milliy anʼana va urf-odatlarni rivojlantirish, oilalarda barqarorlik, sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni taʼminlash borasida faoliyat olib bormoqda. 2004-yil "Oliy Majlisga saylovlar toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririda siyosiy partiyalar tomonidan oʻz nomzodlari tarkibida 30 foizgacha boʻlgan nomzodlarning xotin-qizlar orasidan koʻrsatilishi mumkinligi belgilab qoʻyildi. 2014-yilgi saylovlarda 1 nafar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, 7 nafar tuman kengashi deputati ayol-qizlardan saylandi.

Mamlakatimiz aholisining yarmidan koʻprogʻini tashkil etuvchi xotin-qizlar davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida faol qatnashib, Vatanimiz taraqqiyoti, uning yanada gullab-yashnashiga munosib hissa qoʻshmoqda. Sobiq ittifoq davrida faqatgina dala ishlari bilan mashgʻul boʻlib, ogʻir sharoitlarda mehnat qilgan ayollarimiz bugun nafaqat taʼlim va tibbiyot sohasi, balki ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish kabi sohalarda ham mehnat qilib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshmoqdalar.

Ayniqsa, soʻnggi yillarda tadbirkorlik, xususiy va oilaviy biznes sohasida ayollarning ishtiroki kuchayib borayotgani quvonarli holat.

2016-yilda "Xotin-qizlar qoʻmitasining eng namunali boshlangʻich tashkiloti” koʻrik-tanlovining "Fuqarolar yigʻinining eng namunali xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiyasi raisi” nominatsiyasi boʻyicha "Kuyukoʻpir” OFYning xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiyasi raisi M.Sapayeva tanlovning Oʻzbekiston bosqichida 3-oʻrinni egalladi.

Joriy yilning "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb belgilanishi munosabati bilan jamoat tashkilotlari joylarda aholi bilan suhbatlar, muloqotlar oʻtkazmoqda. Bu uchrashuvlar mazmunidan shunday xulosaga keldikki, bugunning ayoli – davlat va jamiyat rivoji yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlardan toʻliq xabardor va ularni qoʻllab-quvvatlaydi. Ular orasida bankdan kredit olib, tomorqa xoʻjaligi bilan shugʻullanish, chorvachilik va parrandachilikni yoʻlga qoʻyib, oilaviy daromadlarini koʻpaytirish, tadbirkorlik bilan shugʻullanib, iqtisodiyotimiz rivojiga hissa qoʻshish istagidagi ayol-qizlarimiz talaygina. Davlatimiz va hukumatimiz tomonidan ularga amaliy yordamlar berilmoqda.

Ayol sogʻlom boʻlsa, millat sogʻlom boʻladi, degan gap bejiz aytilmagan. Zero, sogʻlom onadan sogʻlom farzand dunyoga keladi. Shu sababli xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, "Sogʻlom ona – sogʻlom bola” tamoyilini amalga oshirish ishlariga katta eʼtibor berilmoqda. Bu borada muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan sogʻlikni saqlash tizimida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Hatto, chekka qishloqlarda ham oilaviy poliklinikalar, ularning boʻlimlari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi kelgusida ham ayol-qizlarimiz salomatliklarini mustahkamlashga, sogʻlom farzandlar dunyoga kelishiga va farzandlarimizning barkamol shaxs sifatida shakllanishlariga xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, tumanimizda yashovchi barcha xotin-qizlarni, tabarruk onaxonlar va muhtarama ayollarimizni, aziz opa-singillar va jajji qizlarimizni oʻzlaridek goʻzal va maftunkor bahor faslining ilk bayrami – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod qilaman!

Farzandlaringiz va yaqinlaringiz baxtiga, elu yurtimiz baxtiga hamisha omon boʻling, aziz va mehribon ayollar!

Maryam AHMEDOVA,

tuman hokimi oʻrinbosari,

Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi.
(Foto - http://uza.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026