Jamiyat
👁 2,420
Bugunning nafasi
1-iyul kuni "Eng namunali fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish
organlari" tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Bu yil Qilichboy ovul fuqarolar
yigʻini tanlovning tuman bosqichi gʻolibi boʻldi.
24-29-iyun kunlari "Salomatlik haftaligi” doirasida tumanimizdagi 16492 nafar 6 oydan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar A vitamini bilan, 7698 nafar 4-5 yoshli bolalar esa gijja kasalligiga qarshi tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan ommaviy ravishda emlandi.

"Barkamol avlod” markazi tomonidan 1-6-iyul kunlari bolajonlar uchun "Barkamol avlod" haftaligi oʻtkazildi. Haftalik davomida tumanimizdagi 4 ta bolalar kunduzgi oromgohlarida dam olayotgan 600 nafardan ziyod bolalar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶