QIZIQISh VA IShTIYoQ UYGʻUN BOʻLSA...
Har yaxshi ishning avvali qiziqish va ishtiyoqdandir. Negaki, biron ishni boshlashga yoʻnaltirilgan qiziqish, havas va ishtiyoq boʻlganidagina bu ishning oxiri xayrli boʻladi. Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejining uchinchi bosqich oʻquvchisi Ogʻabek Davlatboyev qalbidagi ishtiyoq va havas tufayli boks boʻyicha qator muvaffaqiyatlarga erishdi. Qoraqalpogʻiston chempioni boʻldi. Urganch shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi mintaqaviy musobaqasida ham gʻolib boʻlib, oltin medal bilan taqdirlandi. Bu mintaqaviy musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining eng saralangan yosh bokschilari oʻzaro kuch sinashdilar.
Oʻtgan 2016-yil 7-noyabrda Ogʻabek Davlatboyev Nukus shahrida oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston kubogi uchun boʻlgan qizgʻin bellashuvlarda gʻolib chiqib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Boks – sportchidan namunali axloqiy fazilatlar va psixologik xususiyatlar sohibi boʻlishni talab etadi. Xususan, keng feʼllilik, bagʻrikenglik, yaʼni oʻzi bilan qarama-qarshida turib jon-jahdi bilan gʻolib chiqishga intilayotgan musobaqadoshini doʻst, birodar deb bilish barobarida undan koʻra mahoratli, shijoatli, raqib zarbalariga chidab beradigan darajada bardoshli boʻlish zarur.
Ogʻabekda mana shu fazilatlar va xususiyatlar borligiga va uning bir kuni albatta jahon chempioni boʻlishiga umid qilamiz.
Suratda: Ogʻabek Davlatboyev.
Qobul ShOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶