KEKSALAR QUVONChI
Xalqimizda "koʻpning duosi – davlat” degan ibora bor. Qilichboy mavzesidagi "Ayoqchi” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Mahmud ota Adamboyev umr boʻyi koʻpning duosini olishga, el-yurtning tashvishiga yelka tutishga intilib yashaydi. Shundanmi, hamqishloqlarining tashvishini oʻzinikiday qabul qilib oʻrgangan Mahmud ota Adamboyev mahallaning 20 nafar keksa otaxon va onaxonlarini tuman IIB huzuridagi xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga oʻz hisobidan mikroavtobusda olib kelib, roʻyxatdan oʻtishlariga koʻmaklashdi. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, Mahmud Adamboyev boshchiligidagi 20 nafar keksa otaxon va onaxonlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini olishga muvaffaq boʻlishdi.
– Haqiqatan ham, mahallamizdan chiqib, bu yerga kelib-ketish bizga oson boʻlmasdi. IIB xodimlaridan, Mahmud Adamboyevdan juda minnatdormiz, – deyishdi keksalar quvonch bilan.
Mahmudjon ShOMURODOV. Muallif olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶