15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 11:02
Jamiyat 👁 2,809

EʼTIBOR VA MURUVVATDAN MINNATDOR DILLAR

Komil Allamberganov, "Yangiobod” mahallasidan:

– Har bir ota-ona farzandini baxtlikoʻrishni, hayotini toʻkis, farovon qilishni istaydi. Ana shu ezgu niyatini amalga oshirish uchun intilib yashaydi. Lekin orzu-havas boshqa-yu, hayot boshqa. Ayrim sabablarga koʻra oʻgʻlim Ismoilov Sardorni uylantirish borasida kamxarjroq boʻlib qoldik. Eng avvalo, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining cheksiz gʻamxoʻrligi, jamoat tashkilotlarining beminnat yordami tufayli bugun biz kelin tushirish baxtiga muyassar boʻlayotirmiz. Umrimiz bino boʻlib bundayin mehr va eʼtiborni koʻrmagan edik.

Xalqimiz bekorga: "bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, degan hikmatni yaratmagan. Mana shu hikmatning toʻla-toʻkis isbotini oʻz oilamga koʻrsatilayotgan eʼtibor va muruvvat misolida yaqqol koʻrib turibman. Bizning mushkulimizga yelka tutib, quvonchimizga oshno boʻlib, farzandlarimizga baxt-saodat tilayotgan, yangi oila qurayotgan farzandimiz uchun uyimizni yasatib, toʻy dasturxonimizni bezatib, oʻzlari toʻyboshi boʻlib turgan davlatimiz, jamiyatimizdan, tumanimiz rahbarlaridan, mahallamiz faollaridan minnatdormiz.

Oilamizga koʻrsatilayotgan otalarcha gʻamxoʻrlik, farzandlarimiz baxt-saodatini oʻylab qilinayotgan mehr-muruvvat uchun chin dildan quvonchdamiz.

Shuni mamnuniyat bilan aytishni istardikki, bugun hayotga mustaqil qadam qoʻyayotgan yosh oilalar qatori bizning farzandlarimiz ham ona Oʻzbekistonimizning gullab-yashnashi uchun kamarbasta, el-yurt xizmatiga shay, istiqlol gʻoyalariga sadoqatli, eʼtiqodi mustahkam insonlar sifatida hurmat-eʼtiborga munosib yashaydilar va mehnat qiladilar.


***

Xurshid Qurboniyozov, "Toʻlqin” ovulidan:

– Bugun bizning hayotimizda eng quvonchli kun – mustaqil hayot sari ilk qadam qoʻymoqdamiz.  Ushbu hayajonli lahzalarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning xalq orasiga kirib, oddiy insonlar davrasidagi muloqotlaridan birida aytgan gaplari beixtiyor yodimizga tushadi:

– Dunyoga kelgan har bir farzand, eng avvalo, davlatniki, Oʻzbekistonniki, uning sogʻlom dunyoga kelishi, oʻsib-ulgʻayishi, taʼlim-tarbiya olishi uchun davlat eng fidoyi gʻamxoʻr.

Mana, bizning nikohimiz, yangi oila sifatida shakllanishimiz uchun jon kuydirib, toʻyimizga bosh boʻlib turgan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga, keng jamoatchilikka chin dildan minnatdorchilik bildiramiz.

Biz mustaqil Vatan ichra kichik Vatan qurdik va kelajakda, bugundan boshlanayotgan baxtli kunlarimizni davom ettirib, mustahkam oila qoʻrgʻonini yaratishga, davlatimiz gʻamxoʻrligiga javoban, mahallada, el-yurtda ibratli insonlar sifatida hayotda oʻz oʻrnimizni topib yashashga intilamiz.

Bobomeros qadriyat, urf-odat va anʼanalar, yurtdoshlarimizning mehr-muruvvatidan yanada fayzga, quvonchga toʻlgan toʻyxonamiz, xonadonimizdan bir umr yaxshilar qadami uzilmasin, keksalar aytmoqchi, bizning xizmatimiz mehr-muhabbatimiz el-yurtga, jonajon Vatanimizga buyursin!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019