01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 19:53
Jamiyat 👁 3,831

VATANIMIZ OSOYIShTALIGI YOʻLIDAGI XIZMATLAR UNUTILMAYDI

VATANIMIZ OSOYIShTALIGI YOʻLIDAGI XIZMATLAR UNUTILMAYDI

Tumanimizning Amir Temur nomli ovulida tugʻilib, voyaga yetgan, oʻrta maxsus maʼlumot olib, tuman ichki ishlar boʻlimida namunali xizmat qilib yurgan oilaning yolgʻiz charogʻboni Ortiqboy Yakubovning ham hali ushalmagan orzulari bisyor edi. Yolgʻiz oʻgʻil boʻlsa-da, ota-onasini ardoqlab, hayotlaridan mamnun etishni istardi, farzandlarini bor mehrini berib, halol insonlar qilib voyaga yetkazmoqchi, umr hamdami Gulora bilan ularning kamolidan quvonib yashamoqchi edi.

Afsus, uning oilasiga mehri cheksiz boʻlsa-da, bu baxtiyor oshyondagi vaqti, xizmatchilik-da, juda kam boʻlardi. Yoʻliga koʻz tikib bedor oʻtirgan ota-onasiga eshikdan kirib salom berib, "qanday jazoingiz boʻlsa, tayyorman”, – derdi hazil bilan qoʻlini chakkasiga  tirab.

– U kishiga nega uy yumushlariga qaramaysan, yo nega bizni yoʻlingga ilhaq qilib kech qaytasan, deb qaynotam ham, qaynonam ham hech tanbeh bermagan. Eshikdan kirib kelishi bilan oilamiz uchun goʻyo "olam guliston” boʻlib ketardi, tinchlik, omonlikmi, deya soʻrardik, xolos, – deydi Ortiqboy akaning turmush oʻrtogʻi Gulora opa. – Chunki mustaqillikning ilk yillarida xalq orasida besaranjomlik keltirib chiqarishga uringan, moddiy yetishmovchiliklarni roʻkach qilib, sodda odamlarni mustaqillikka qarshi qayrashga harakat qilgan gʻalamislar, ozgina yetishmovchiliklarga chidamay, birovning mol-mulkiga koʻz olaytiradiganlar ham bor edi-da.

Shu boisdan ham oʻsha vaqtlarda Ortiqboy Yakubov singari ichki ishlar idoralari xodimlari vaqt bilan hisoblashmay ishlashiga toʻgʻri kelgan. Buni ular oʻzlarining  insoniylik burchi, deya hisoblashgan, ishdan charchab kelib, endigina uyida bamaylixotir dasturxonga qoʻl uzatgan vaqtida chaqirib qolishsa, zudlik bilan yana xizmat libosini kiyib, ishga borishgan.

... Oʻsha 1992 yilning 21-dekabrida xizmat vazifasida uch kungacha qolib ketgan Ortiqboy Yakubovning  uyiga qaytganidan quvongan yaqinlarining quvonchi uzoqqa choʻzilmadi: ratsiya orqali xabar olgach, u endi ovqat  olib kelayotgan xotiniga "sizlar yeb turaveringlar”, deganicha xizmat mashinasiga oʻtirdi. Afsus... lagandagi suzilgan nasibasi sagʻir qolishini oʻsha paytda kim bilibdi, deysiz?

34-yilgina umr koʻrgan Ortiqboy Yakubovdan ota-onasiga, rafiqasiga, farzandlari Sulaymon, Gulmirza, Roʻzimboy, Muboraklarga (Yorqinoy otasi vafotidan soʻng dunyoga kelgan) uning qisqagina diydori, cheksiz mehr-muhabbati, halol, fidoyi mehnati tufayli erishgan sharafi, ayriliq dogʻi meros boʻlib qoldi.

Uni nafaqat yaqinlari, balki Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlashdek muqaddas burchini bajarish yoʻlida jonini ayamagan oʻgʻlonini butun xalqimiz hech qachon unutmaydi. Hamon qutlugʻ sanalarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Respublika va tuman rahbariyati uning oila aʼzolarini yoʻqlashadi, marhumning xotirasini yod etib, ruhini shod qilishadi. Chunki Vatan aziz, Vatan osoyishtaligi yoʻlidagi jasoratlar hech qachon unutilmaydi.

Ot oʻrnini toy bosib, Ortiqboy Yakubovning kasbini hozir oʻgʻli Sulaymon davom ettirmoqda. Qaynonasi va qaynotasiga ham oʻgʻil, ham kelin boʻlib xizmat qilib, soʻnggi yoʻlga kuzatgan Gulora opa farzandlarining hammasini kasb-korli, oilali qildi, qoʻsha-qoʻsha nevaralar suyish baxtiga muyassar boʻldi, kemtik boʻlgan baxtini, ayriliq dardini ular bilan ovunib yengdi, bir umr tinchlik himoyachisining ayoli boʻlganligidan faxrlanib yashab kelmoqda.

Yurtimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanayotgan qutlugʻ kunda yigit yoshida bu hayotdan ketgan, bugungiday tinch hayotimiz uchun kurashgan Ortiqboy Yakubovni eslab, xizmatlarini eʼtirof etishni insoniylik burchimiz deb bildik.

Oygul RAJABOVA.

Suratda: O.Yakubov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026