Qisqa satrlarda
13-may kuni Amudaryo akademik litseyida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarining ahvoli bilan tanishish maqsadida koʻrgazmali seminar tashkil etildi.
Seminar ishtirokchilari muassasa binosi ichida va atrofida tozalik va ozodalikka rioya qilish, bino atrofini obodonlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.
Muassasa hududida tashkil etilgan issiqxona va tomorqa xoʻjaligi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Shu kuni "Ayoqchi” mahallasida ham koʻrgazmali seminar oʻtkazildi.
Dastlab tuman hokimi S.Yoʻldoshev mahalla hududidagi aholi xonadonlariga tashrif buyurib, xalq bilan muloqot qildi.
Muloqot asnosida aholini qiynayotgan muammolarni hal qilish choralari belgilab olindi.
Aholining tomorqa yerlaridan unumli foydalanishi, mahalla fuqarolar yigʻini binosining bezatilishi, hududining obodonlashtirilishi koʻzdan kechirildi.
***

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶