OʻQUVChILARIMIZ BILIMGA ChANQOQ
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoit taʼlim-tarbiya sohasiga ijobiy taʼsir koʻrsatayotgani quvonarli. Buni bizning Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kollejimiz misolida ham koʻrish mumkin. Kollej oʻquvchilari bilimga chanqoq, ishtiyoqi baland yoshlardan iborat, desam mubolagʻa boʻlmaydi. Oʻquvchilarimiz fanlarni zoʻr qiziqish bilan oʻzlashtirishga harakat qilishadi.
Kollejimizda sportga qiziquvchi yoshlar talaygina. Joriy yilda futbol boʻyicha oʻtkazilgan "Kamolot kubogi”ning tuman bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallagan kollej jamoasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 2-oʻrin sohibi boʻlishdi.
Tumanimizdagi kollej oʻquvchilari oʻrtasida shu yilning 12-aprel kuni boʻlib oʻtgan "Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovida ham kollejimizning "Maroqand” jamoasi faxrli 1-oʻrinni egallab, Toʻrtkoʻl shahrida boʻlib oʻtadigan tumanlararo bosqichga yoʻllanma olishdi.
Toʻgʻri yoʻnaltirilgan taʼlim-tarbiya oʻz samarasini bermay qolmaydi. Taʼlim sifatini yaxshilash, oʻquvchilar bilan doʻstona munosabatni shakllantirish, oʻquvchilarga oʻzgacha yondashuv asosida bilim berish yaxshi natijalarga erishishga asos boʻladi.
Men kollejimiz oʻquvchi-yoshlari erishayotgan yutuqlarda pedagogik jamoamizning hissasi katta ekanligidan, oʻz faoliyatlarida zamonaviy pedtexnologiyalardan foydalanib mehnat qilayotgan hamkasblarimning fidoyiligidan faxrlanaman.
Hulkar BOBOJONOVA,
Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶