01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 21:59
Jamiyat 👁 2,865

QOʻYQIRILGAN QALʼA – AJDODLARIMIZNING YuKSAK AQL-ZAKOSI NAMUNASI

QOʻYQIRILGAN QALʼA – AJDODLARIMIZNING YuKSAK  AQL-ZAKOSI NAMUNASI

Odatda biz oʻzimiz umrguzaronlik qilayotgan kurrai-zamin insoniyat tarixiga oid ne-ne sir-sinoatlarni bagʻrida yashirib yotganini doimo ham oʻylayvermaymiz. Aslida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va ilmiy izlanishlar natijasida aniqlanayotgan qalʼalar, obidalar, asori-atiqalar qadim-qadimdan hududimizda shaharsozlik, hunarmandlik, meʼmorlik, chorvachilik va dehqonchilik yuksak taraqqiy etganligidan dalolat beradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl shahridan 22 km. shimoli sharqda joylashgan, milloddan avvalgi IV asrlarga oid Qoʻyqirilgan qalʼa yodgorligiham ota-bobolarimizning yuksak tafakkuri va aql-zakosi namunasidir.

Qalʼa dastlab taniqli arxeolog, olim Qoraqalpogʻistondagi qadimiy obidalarni oʻrganish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borib, koʻplab maʼlumotlarni aniqlagan S.P.Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi aʼzolari tomonidan 1938 yilda topilgan. Arxeologik tadqiqot ishlari esa 1951-1957-yillarda olib borilgan.

Qoʻyqirilgan qalʼa qurilish uslubi jihatidan hududdagi boshqa tarixiy qalʼalardan butunlay farq qiladi. Yaʼni qalʼa aylana shaklida qurilgan. Uni oʻrab turuvchi mudofaa devori ortida qalʼani eni 15 metr, chuqurligi 3 metr suv bilan toʻldirilgan xandaq boʻlgan. qalʼa devorining mudofaa xususiyatini kuchaytirish uchun sirtidan yana devor bilan oʻralgan.

Odatda milloddan avvalgi II-IV asrlarda qurilgan qalʼalar devorlarida shinaklar bilan birga yorugʻlik tutishi uchun tuynuklar qoʻyilgan. Qoʻyqirilgan qalʼada esa qoʻshimcha yoritish uchun toqlardan foydalanilganligi diqqatga sazovor. Qalʼaning sharqiy qismida darvozasi boʻlib, darvoza oldi nishab yoʻlka shaklida qurilganligi meʼmor naqadar yuksak salohiyat egasi boʻlganligini dalillaydi.

Qalʼa ichida diametri 44,4 metr, balandligi 9,5 metrga yaqin ibodatxona ham boʻlib, u rasadxona vazifasini ham oʻtagan degan taxminlar ilgari surilgan. Bu yerdan quyosh va yulduzlarni kuzatish, yil mobaynida quyosh botishini kuzatish orqali bahorgi va kuzgi tengkunlikni, quyosh turishini aniqlaganlar va bu oʻz navbatida iqlim oʻzgarishlarini oldindan aniqlash, dehqonchilik ishlarini shunga muvofiq olib borish imkonini bergan.

Qoʻyqirilgan qalʼa arxeologik yodgorligi nafaqat qadimgiXorazm hududidagi, balki respublikamiz hududidan topilgan yodgorliklar orasida oʻziga xos arxitekturaga va osori-atiqalarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu yerdan topilgan loydan, toshdan, suyakdan yasalgan urchuq uchun yasalgan aylanma toshlar qalʼa aholisi chorvachilik, xususan, qoʻychilik bilan shugʻullanganini, qoʻy junidan ip yigirib, kiyim-kechaklar, toʻshamalar toʻqilganini isbotlaydi. Shuningdek, hunarmandlar tarafidan pichoqlar, uy-roʻzgʻor buyumlari, taqinchoqlar yasalganiham maʼlum. Koʻzalar sirtiga turli naqsh va tasvirlar chizilganligi Qoʻyqirilgan qalʼada iqtisodiyot va madaniyat rivojlangan, xalqi chorvachilik, dehqonchilik va baliqchilik qilish orqali kun kechirishgan, degan xulosaga kelishga asos boʻladi.

Qoʻyqirilgan qalʼa arxeologik yodgorligini oʻrganish qadim ajdodlarimiz turmush tarzini oʻrganish, tariximizga yanada chuqurroq kirib borish, ular yaratgan moddiy va maʼnaviy merosdan bahramand boʻlish imkonini beradi. Zero, ajdodlarimiz yaratgan maʼnaviy merosni chuqur oʻrganish bizga oʻzimizni, oʻzligimizni, qanday buyuk insonlar avlodi ekanligimizni anglashimizga yordam beradi.

Oygul RAJABOVA,

www.amunews.uzveb sayti muxbiri.

(Foto - http://meros.ziyonet.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026