02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 11:44
Jamiyat 👁 7,746

DONORLIK – BEMORLARGA ShIFO ULAShIShDIR

DONORLIK – BEMORLARGA ShIFO ULAShIShDIR

14-iyun – Butunjahon donorlar kuni


Qon – tanadagi barcha xujayra va toʻqimalarni bir-biri bilan bogʻlab turadi. Xujayra va toʻqimalarning meʼyoriy faoliyati uchun zarur boʻlgan ichki muhit davomiyligini saqlashda ham qon juda muhim rol oʻynaydi. Tomirlarda harakatlanayotgan qon organizmda bir qancha vazifalarni bajaradi, u xuddi transport kabi toʻqimalarga oziq moddalarni yetkazib beradi, buyraklar, ter bezlari, oʻpka va ichak orqali organizmdan chiqarib yuboriladigan moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini toʻqimalardan chiqarib tashlaydi. Qon garmonlarni va boshqa fiziologik faol moddalarni hujayralardan boshqa hujayralarga tashib beradi.

Saqlash muddati chegaralanganligi sababli qonga doimo ehtiyoj seziladi. Kerakli miqdordagi qonning doimo va har yerda boʻlishini taʼminlash uchun sogʻlom insonlar doimiy, begʻaraz qon donorligiga jalb qilinadi. Beminnat qon topshirib, boshqalar hayotini saqlab qolishga oʻz xohishi bilan hissa qoʻshadigan 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan sogʻlom insonlar qon donorlari hisoblanib, ular avvalo qon quyish markazlarida 4 bosqichli tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladilar. Sogʻlom kishi uchun qon topshirish albatta, xavfsiz xisoblanadi. Chunki, odam organizmida 4,5-5 l. qon mavjud, undan 400 ml. olinadi va organizm 36 soat ichidayoq yoʻqotilgan ushbu suyuqlik oʻrnini tiklab olish xususiyatiga ega.

Qon xizmatini, albatta, donorlarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga koʻra xavfsiz qon faqatgina begʻaraz donor koʻmagi bilan tayyorlanadi va tarkibiy qismlari va preparatlariga boʻlgan ehtiyojini qoplash uchun har ming aholining 40-60 nafari donor sifatida qon topshirishi kerak boʻladi. Bugungi kunda Oʻzbekiston  Respublikasida ming kishiga 4-5 nafar donor toʻgʻri keladi.

Donorlik – koʻplab ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Donor qon topshirar ekan, u faqat birovning hayotini saqlabgina qolmay, aksincha oʻz sogʻligini yaxshilashga erishadi. Bugungi kunda iqlim va ekologiyaning oʻzgarishi natijasida yurak, qon tomir kasalliklari koʻpayishi kuzatilmoqda. Bu kasallikda vaqti - vaqti bilan qon oldirish gʻoyat muhim hisoblanadi.

Koʻngilli donorlar eng ishonchli qon topshiruvchilardir. Ular qon topshirishdan avval tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Shaxs sogʻligiga zarar yetkazmaslik, unga qon orqali u yoki bu virusni yuqtirmaslik uchun donor qonidan bemorlarga zarur boʻlgan komponentlar tayyorlanadi. Shuning uchun faqat sogʻlom odamgina donor boʻlishi mumkin. Donorlik bemorlarga shifo ulashishdek ezgu ishdir.

 

Z.OʻROZBOYeV,

tuman tibbiyot birlashmasi Qon banki shifokori.

Foto - http://news.uzreport.uz

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026