02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 13:05
Jamiyat 👁 1,496

YuRTIM, ISTIQLOLING MANGU BOʻLSIN!

YuRTIM, ISTIQLOLING MANGU BOʻLSIN!

Oʻtayotgan har bir kunimiz bizni mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligi nishonlanadigan qutlugʻ sanaga yaqinlashtirmoqda. Bayram oldidan har bir yurtdoshimiz koʻnglida bugungiday dorilomon kunlarga shukronalik joʻsh urayotgani, yaqin oʻtmishimiz va bugunimizning farqi, istiqlolning maʼno-mazmuni va mohiyati haqidagi fikrlar kechayotgani shubhasiz.

Kecha va bugun... Ularning orasidagi farq shu qadar ulkan va katta. Birgina  voqeani aytay: 1987-yilning koʻklami edi oʻshanda. Tumanimiz matbuoti asoschilaridan biri, taniqli jurnalist va ijodkor, Ikkinchi jahon urushi faxriysi, benazir ustozimiz Sobir Yusupov vafot etdi. Yoshi ulugʻ boʻlsa-da, hatto yoshlarga ham yoʻl beradigan kamtarin, bosiq va mehribon ustozimizning janozasidamiz. Tumonat odam. Hovlisi atrofiga odam sigʻmaydi, erkaklar koʻchada ancha joygacha yoyilib turibdi.

Belgilangan vaqt boʻlib qoldi. Biroq  negadir marhumni qabristonga olib ketishmasdi. Hamma hayron. Olomon orasida pichir-pichir boshlandi. Otamizday aziz boʻlib qolgan odamning vafotidan butun jamoamiz qaygʻuda, gap-soʻzlarga parvosiz oʻtirgan boʻlsak-da, teshik quloq eshitaverarkan, tuman rahbariyatidan kelganlar marhumni janozasiz, miting oʻtkazib, soʻnggi yoʻlga kuzatmoqchi ekanini angladik.

Shu daqiqalarda hatto mening ham yuragim toʻxtab qolayotgandek boʻldi. Shunday hokisor, kamtarin va bebaho bir ijodkorning soʻnggi yoʻlga shu tarzda kuzatilishi juda dahshat edi...

Yaratganga beadad shukronalar boʻlsinki, sobiq tuzum islom dinimizni, milliy urf-odatlarimizni qanchalik qattiq taʼqiqlamasin, baribir xalqni eʼtiqodidan qaytara olmadi. Qaytara olmaganining bir dalili shuki, elat keksalari shunday tabarruk insonni janozasiz koʻmmaymiz, deb rahbarlarga qatʼiy qarshi chiqib, miting oʻtkazish uchun tayyorlangan maydonchaga bormaymiz, deb turib olishibdi. Nuroniy, tabarruk otaxonlarning jurʼatidan, odamgarchiligidan oʻrgilay, rahbarlar koʻpchilik olomonga bas kela olmasligini sezganmi, harqalay mayyitga janoza oʻqilishiga, biroq bu ishni hovli ichkarida qilishga izn berishibdi. Shunday boʻldi ham.

Bunday voqealar keyinchalik ham avj olgan edi.

Shular haqida oʻylar ekanman, xoʻsh, tiriklarning qadr-qimmati, insonligi qay darajada qadrlanar edi, degan oʻy xayolimga keladi. Koʻz oʻngimda hali bolalikdan oʻtib ulgurmay, 5-sinf oʻquvchisi ekanimizdan-oq, uch-toʻrt oylab dalada diydirab (axir u vaqtlarda ust-boshimiz ham yupun edi-da) paxta, koʻsak terganlarimiz, yozning jaziramasida gʻoʻzalarni oʻtoq qilganlarimiz jonlanadi.

Men-ku mustabid tuzumning oxirgi oʻttiz yilcha davriga guvohman. Koʻpni koʻrgan keksalarning xotiralarini  tinglasangiz, goh ishonasiz, goh koʻnglingizga "nahotki”, degan savol keladi.

Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, uzoq yillar tumanda shu sohaga rahbarlik qilgan bir fidoyi inson, mehnat faxriysi Gulmirza Nurmatov hikoyasi:

– 1966-yil madaniyat texnikumini tugatib, avval "Uchqun” ansamblida, keyin 1968-yilda ochilgan, tumanimizdagi sobiq Strelkov nomli maktab binosida faoliyat yuritayotgan Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ishladim. Biz uchun birgina xona ajratilgan, unda bor-yoʻgʻi toʻrt kishi ishlar edik. Sharoit shunday boʻlishiga qaramay, sanʼatga qiziquvchi yoshlar koʻp, qoʻlimizdan kelganicha ishlayverardik.

Shunday kunlarning birida ittifoq Oliy Kengashiga saylov oʻtkaziladigan boʻldi. Bizning tumanimizdan koʻrsatilgan nomzodning saylovoldi uchrashuvida yigʻilishni boshqarayotgan respublika rahbariyati vakili "nomzodga kimda, qanday savol, takliflar bor?”, deb soʻradi. Men yoshligimga borib, bu gapni chin deb oʻylab, oʻrtaga chiqdim-da, oʻzimizning qanday sharoitda ishlayotganimizni aytib, iqtidorli bolalar koʻp, ularga eʼtibor berish, musiqa maktabi uchun maxsus bino qurish kerak, dedim joʻshib. Nomzod eʼtibor qaratishga vaʼda berdi. Eng qizigʻi yigʻilish tugaganidan soʻng boshlandi. Avval raykom, rayispolkom, komsomol komiteti navbatma-navbat chaqirib, sen kimsan, musiqaga qiziquvchi bolalar bilan nima ishing bor, tuman bolalarini  qaygʻuradigan biz turibmiz-ku, senga nima, deb rosa azob berishdi, tilingni tiyib yurmasang... deya poʻpisa ham qilishdi.

Deputatlikka nomzodga taklif aytib, mening rahbarlarga talanganim qoldi, xolos, hech narsa oʻzgargani yoʻq.

Koʻnglimda bir ogʻriq bilan  taniqli madaniyat xodimidan eshitganlarimni qogʻozga tushirar ekanman, xayolimga kelgan "bugung-chi, bugun inson qadri qay darajada?” degan savolning oʻzidan koʻnglim yorishib ketdi.

Ha, aziz zamondosh! Bugun biron bir taklif yo savol bilan murojaat qilsak, hech bir kimsa bizga tanbeh bermaydi. Aksincha, koʻnglimizda nima gaplar borligini bilish uchun, turmushimizni yanada obod va farovon qilmoq uchun eshikma-eshik yurt boshchilari, hatto Muhtaram Yurtboshimizning oʻzlari ham xalq bilan muloqot qilmoqdalar, xalqning muammolarini tinglab, yechimiga amaliy yordam bermoqdalar, turmushidan rozi qilmoqdalar.

Ayniqsa, yoshlarni ish bilan taʼminlash, har bir oilaning farovon yashashi, bolalardan tortib, yoshi ulugʻ nuroniylarning ham elda aziz tutilayotgani barchamizning koʻnglimizni faxr-iftixorga toʻldiradi.

Hozir yurtimizning qay goʻshasini kezmang, biri-biridan obod, koʻrkam. Yangi oilalar, ehtiyojmand oilalar ahvoli eʼtiborga olingan holda qurilayotgan ixcham, shinam hovli-joylar, xizmat koʻrcatish obʼektlari qishloqlarimizning koʻrkiga-koʻrk qoʻshayapti. Taʼlim maskanlaridagi yaratilgan sharoitlar...

Eng muhimi, tinch va osuda oʻtayotgan har bir kunimizda albatta, biror yaqinimizning yo doʻst-birodarlarimizning toʻyiga aytishadi. Bu el maʼmurligining, farovonligining koʻzgusi emasmi? Axir tinchlik, osoyishtalik bor joydagina toʻy-tantana boʻlishi hammamizga ayon-ku!

Shu yil 27-iyun kuni mamlakatimiz Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Qarorni qayta-qayta oʻqidim. Va angladimki, yurtimizning bayramlari orasida, nishonlanadigan qutlugʻ sanalari orasida istiqlol bayramining maʼno-mazmuni juda oʻzgacha. Oʻzbek xalqiga oʻz yurtiga oʻzi beklikni qaytarib bergan, qaddini tiklab, qadrini oshirgan, asriy orzu-armonlarini roʻyobga chiqargan bu qutlugʻ kunning hayotimizda yangi sahifa ochgani rost.

"Fidoying boʻlgaymiz seni, Oʻzbekiston!”.

Bu shior har bir yurtdoshimizning qalbida aks-sado bermoqda, ozod va obod Vatanimizga mehrini yanada oshirmoqda.

Shularni oʻylarkanman, qalbim toʻlib, ilohim istiqlolimiz mangu boʻlsin, deya sidqidildan tiladim.

Oygul RAJABOVA.

(Foto - http://ijod.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026