28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:17
👁 3,673

PUShAYMONDAN NAF YOʻQ

PUShAYMONDAN NAF YOʻQ

Oʻsha kuni pul unga juda zarur edi. Aksiga olib, ota-onasidan surashga ham biror arzirlik bahona topolmadi. Xotini bugun navbatchiman, deb boya qoʻngʻiroq qilgan, oʻgʻli u ishdan qaytganida dars tayyorlayotgan opasi yonida oq qogʻozga nimalarnidir chizgʻilab oʻtirardi. Uy vazifasi tayyorlashiga xalal beravergani uchun Raʼno ukasiga ham vazifa berib, ovutib qoʻyadigan boʻlgandi keyingi vaqtlarda. U farzandlarini koʻngliga yaqin, shirin bir holatda koʻrib, vujudidagi isyon biroz bosilganday boʻldi. Raʼno, Abror, deya ularni yoniga chorlamoqchi ham boʻldi. Biroq gaplashishga toqati yetmay qolishidan qoʻrqib, oʻzini tiydi sekingina oʻz yotogʻiga oʻtib ketdi. Uni yana vujudi talab qilayotgan yetishmovchilik qiynay boshladi. Ellik ming soʻm topishning evini qilolmagan kuniga ham, oʻzini bezovta qilayotgan azobga ham laʼnatlar oʻqidi. Oylik maoshiga ikki-uch kun bor, qarz soʻragulik joʻralaridan soʻrab boʻlgan. Qanchasinikini qaytara olmay yuribdi hali. Biroq uning buyogʻini oʻylashga majoli yoʻq edi.

Qoʻlidagi soatiga qaradi. Kelishilgan vaqt oʻtib borayapti. Endi nima qilsa ekan? U talmov-sirab, xonasida u yoqdan bu yoqqa besamar yurdi. Muammosiga joʻyali yechim topolmadi. Topolmagani sari toqati toq boʻlib borar, asabiylashganidan butun vujudi titrardi. Shunda uning koʻzi toshoyna oldida oʻzlarining nikoh toʻyi kuni olingan rasmiga tushdi. Rasmda uning hayajondan, hayodan boshi xiyol egilgan oppoq libosdagi Gulbahorning barmogʻiga uzuk taqayotgan lahzalari muhrlangan edi. U avvallari har safar shu rasmga koʻzi tushganida hayotining masʼud, eng baxtiyor damlarini qayta his qilganday boʻlar, taqdir Gulbahorday toʻkis umr hamdamini peshonasiga bitganidan qalbi quvonchga toʻlib ketar edi. Biroq hozir butun aql-idroki faqat, faqat vujudini yemirayotgan xumorni bosish istagi bilan band edi. Suratga tikilib turib birdan oʻzi topgan yechimni qichqirib aytib yubordi:

Uzuk!

Ha, xotini keyingi vaqtlarda sal toʻlishganidan barmogʻini siqayotgan nikoh uzugini yechib qoʻygan, toshoyna oldida pardoz buyumlari solingan quti ichida turganini avval koʻrgan edi. U qiynalmay qutidan uzukni topdi. Ayvonda televizor koʻrib choy ichib oʻtirgan ota-onasiga, bolalariga bir soʻz demay tashqariga otildi. Shoshilib mashinasiga oʻtirib ketgan oʻgʻillarining maqsadini ota-onasi ham bilolmay qoldi.

Qiziq! U avvallari har gal shu manzilga kelayotganida «Bu oxirgisi! Endi qaytib kelmayman», deya oʻziga-oʻzi soʻz berar, oʻzini-oʻzi ayblar, siri oshkor boʻlib qolmasidan bunga chek qoʻyish kerakligini anglar, buning uddasidan chiqa olaman, derdi oʻziga oʻzi. Biroq hozir-hozir u goʻyo shuursiz bir tarzda surat-misol mashinasini yeldirib borar, na bugunning tashvishi, na oqibati qiziqtirardi. Xayolini manzilga tezroq yetish, xumorini bosishgina band etgandi, xolos.

Mangʻit koʻchalari serqatnov. Ulov minmagan erkak kam. Shu boisdan yoʻlda oʻta hushyorlik, ziyraklik talab etiladi ulov haydovchisidan. Yoʻlning qor, sirpanchiqligi yana ham mashaqqat tugʻiradi. Shu boisdan mashinalar juda sekin harakatlanar, piyodalar ham yoʻl chetlaridan ehtiyotkorlik bilan qadam tashlashardi.

Mangʻitga kunchiqar tarafdan kiriladigan ulkan yoʻlda oppoq «Neksiya» rusumli yangi mashinaning shitob bilan yelib kelayotganimi koʻrganlar shu boisdan-da unga hayratlanib qarashardi.

Mangʻit kichkina shahar boʻlmasa-da koʻpchilik bir-birini tanishadi. Yoʻlning shahar markaziga qayrilma joyida sirpanib yoʻldan chiqib ketib, zaxkashga agʻanagan «Neksiya» haydovchisiga yordamga shoshilganlar ham, uni taniganlar ham darrov topila qoldi. Uni «Tez yordam» mashinasiga solib kasalxonaga olib ketishdi. Oʻn kundan soʻng joni oʻzildi. Vaboga sifatlanayotgan, insonni aql-xushidan ayirib, tubanlikka eltguvchi va alal oqibat butun jismiga xukmronlik qiluvchi ogʻu uning yoshgina umriga nuqta qoʻydi. Ha, u laʼnati zahri qotilga bunchalar tobe boʻlib qolmaganida, oʻsha manzilga bunchalar tez shoshilmaganida, giyohvandlikning oxiri kulfat ekanligini bila turib, oʻzini tiya olganida ehtimol hozir ota-onasi, suyumli ayoli, gulday qizi, oʻgʻli bagʻrida baxtiyor umrgoʻzaronlik qilayotgan boʻlarmidi? Tiriklikning naqadar totli ekanligini ehtimol, u soʻnggi lahzalarda anglagandir? Biroq soʻnggi pushaymondan insoniyat hech qachon naf koʻrmagan. Ha, soʻnggi pushaymondan avvalroq oʻylash, xulosa chiqarmoq kerak.

Vabodan-da xavfli, inson hayotini barbod qiluvchi illat-giyohvandlikning oxiri nafaqat nashavandga, balki butun oilasiga kulfat keltirishini hayotning oʻzi tasdiqlamoqda Biroq afsuski, uning domiga tushib qolayotganlar ham bor. Ishlamay moʻmay daromad topish ilinjida aqli-xushli odamlarni, hatto yosh navnihol oʻspirinlarni ham oʻz «kliyenti»ga aylantirishga urinayotgan nopok kimsalar oilasiga kulfat soya solishini istamasangiz, ogoh boʻling, degimiz keladi. Chunki bugungi kunimizning, giyohvandlikdek zararli illatni hayotimizdan butunlay yoʻq qilishdek ezgu maqsadning talabi shu.

Odamlar koʻnglida loqaydlik, birov bilan nima ishim bor, degan aqida yashar ekan, bu maqsadga erishish qiyin. Mangʻit shahrining «Doʻstlik» mahallasida yashovchi O.U. oʻz tomorqa yerida sakkiz tup tarkibida giyohvandlik moddasi mavjud boʻlgan kandir oʻsimligini ekib parvarishlab va 6 tupini isteʼmolga tayyorlab quritib qoʻyganini hech kim «koʻrmagani» ham ana shunday loqaydlik oqibatidir.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan bu holat aniqlanib, tekshirilganida uning qoni tarkibida giyohvandlik moddasi borligi maʼlum boʻldi.

Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi bu ishni atroflicha muhokama qilib, qonunga xilof ravishda kandir oʻsimligini yetishtirgani va isteʼmol qilgani uchun O.Oʻni uch yil muddatga ozodlikdan marhum qilish va shu davrda giyohvandlikka qarshi majburiy ravishda davolanish jazosini belgiladi.

Bu giyohvandlikning inson hayoti zavoli ekanligiga yana bir dalildir.

Oygul RAJABOVA.

(Foto - http://www.12news.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026