“ONA TILIM OʻLMAYDI”
Kimningki nutqi ravon, soʻzlari maʼnoli boʻlsa, demak, u oʻz ona tilini yaxshi biladi, yaxshi koʻradi. Rahaqiqat, kun davomida oila aʼzolarimiz, yurtdoshlarimiz bilan ona tilimiz orqali muloqot qilamiz. Qanchalik soʻzlarni joyida, maʼnoli ishlatishimiz esa tilimizga boʻlgan munosabatimizga bogʻliq.
Shuning uchun ham umumtaʼlim maktablarida har yilning oktyabr oyi ona tili fan oyligi deb belgilangan va tilimizni chuqur oʻrganishga eʼtibor qaratildi.
20-oktyabr kuni bizning 1-sonli maktabimizda fan oyligi va 21-oktyabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim oʻlmaydi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy kecha oʻtkazildi.
Tadbirni maktab direktori Inobat Nurimbetova ochdi va barchani sana munosabati bilan qutladi.
Mamlakatimizda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishi va uning sofligini, jozibasini saqlab qolish, oʻzbek tilini tadqiq etish borasida olib borilayotgan ishlar xususidagi maʼruzasidan soʻng, maktab badiiy havaskorlari ijrosida kontsert dasturi namoyish etildi, ona tilimizni ulugʻlovchi sheʼrlar yangradi.
Tadbir barcha ishtirokchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.
Gulchehra QURONBOYeVA, shu maktabning
ona tili va adabiyot oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶