01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 18:23
Maqolalar 👁 722

Toʻy – har bir oilaning qutlugʻ ayyomi

Toʻy – har bir oilaning qutlugʻ ayyomi

Toʻylarni kamchiqim, tartibli va ixcham oʻtkazish haqida juda koʻp gapiramiz. Radio, televideniye orqali oʻtkazilayotgan shu mavzudagi eshittirish va koʻrsatuvlar orqali bildirilayotgan fikr-mulohazalar ham nazarimda bu boradagi muammolarni hal qilishning qatʼiy tizimini yaratish imkonini bermayotganday.

Oʻzbekchilik, mahalla-koʻyning, qarindoshlarning toʻylariga borib turaman. Qarindoshning yoki mahalladoshning toʻyida bir yayrab kelaman, deb borib, toʻgʻrisi, horib-tolib, asablarim taranglashib qaytaman. Hatto bir-ikki kun oʻsha toʻydagi shovqin-suron qulogʻimdan ketmay, garangsib yuraman. Nega, deysizmi?

Avvalo tumanimizdagi toʻyxonalar maʼmuriyatlarining ish tutumlari haqida aytay. Toʻy egasi bor-yoʻgʻi ikki-ikki yarim, boringki, uch soatlik toʻy bazmi uchun toʻyxona egasiga falon mln soʻm pul toʻlaydi. Hatto oʻtin, gaz ballongacha olib keladi. Qoraqalpogʻistonning boshqa tumanlarida bunday emas. Pulini toʻlagandan keyin toʻyxona egasi sharoitni ham yaxshilasin-da. Oʻtin keltir, suv keltir, gaz ballon keltir, degani ortiqcha. Oʻtin va bitta gaz balloni uchun 100 ming soʻm sarflansa, nima boʻpti?

Yana, toʻyxona egasi xonanda-yu sozandalarning ovoz kuchaytirgichlarni juda baland qoʻyishlariga maʼlum bir cheklov qoʻyishi kerak. Biri-biri bilan toʻy sabab diydorlashgan qavm-qarindosh, oshna, yor-doʻstlar gaplashaman, deb tomoqlari yirtilay deydi. Boz ustiga quloqlar shangʻillab, ancha vaqtgacha odam oʻziga kelolmaydi.

Toʻyga borishda ham ozgina madaniyat boʻlgani durust. Yosh kelinlar 2-3 oylik, undan katta yoshdagi bolalarini olib borishi umuman yaxshi emas. Ayrim farosatsiz kelinlar chaqaloqlarining tagliklarini dasturxon yozilgan stollar tagiga, toʻyxona burchaklariga tashlab ketishadi, pista poʻchoqlari bilan shinam toʻyxonani ifloslantirishadi. Bu ham mayli, yosh bolalarning bunday kuchli shovqin-suronli toʻyga borishi, avvalo sogʻligiga, qolaversa, tarbiyasiga yomon taʼsir qiladi. Kuchli shovqin bolaning asablarini ishdan chiqarishi, eshitish qobiliyatini pasaytirishi ham mumkin.

Xullas, aytaversak, toʻylar borasida muammoli holatlar juda koʻp. Qayta-qayta tanqid qilinishiga qaramasdan toʻy sayri – “gulyanka”si hamon tartibga tushgani yoʻq. Qiz yigʻinlari esa kundan-kunga katta dabdabaga aylanib bormoqda. Sep-u sarpolar, mebel-u maishiy texnika anjomlari olishda toshkentliklardan ham oʻzib borayotganlar, afsuski bor. Nazarimda, bu borada keng jamoatchilik, mahalla faollari jiddiyroq ish yuritsalar, maqsadga muvofiq boʻlardi.

Toʻy – xalqimizning yillar davomida koʻngliga tugilgan orzu-armonlari tantanasi. Demak, bu har bir oilaning eng aziz, eng qutlugʻ ayyomi. Bu kunni ortiqcha dabdaba-yu hashamlardan xoli, milliy anʼana va tutumlarimiz asosida, isrofgarchiliklarsiz, tartibli oʻtkazish esa oʻzimizga, faqat oʻzimizga bogʻliq. Shunday emasmi, azizlar?!

Oyimjon Oʻrozaliyeva,

Beruniy MFY, mehnat faxriysi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026