BILIM TAKPOPLAShDA MUSTAHKAMLANADI
51-sonli umumtaʼlim maktabida “Fevral – matematika va informatika fanlari oyligi” doirasida 5-sinflar kesimida “Ajdodlarga munosib avlod boʻlaylik”, 6-7-sinflar kesimida “Matematika aql charxi” mavzularida bellashuvlar, 8-9-sinflar oʻrtasida “Matematika fanlar ichra shox”, 10-11- sinflar oʻrtasida “Intellektual ring” mavzularida zakovat oʻyinlari oʻtkazildi.
Fanlar oyligi doirasida maktabning matematika va informatika fanlari oʻqituvchilari tomonidan ochiq darslar tashkil etilib, ular maktab maʼmuriyati va oʻqituvchilari tomonidan tahlil qilindi hamda oʻqituvchilarning oʻzaro tajriba-uslub almashishlari amalga oshirildi.
Ushbu fanlar oyligi mobaynida tashkil qilingan tadbir va bellashuvlar oʻquvchilarni oʻqishga, izlanishga hamda oʻtilgan darslarni qayta takrorlashga undadi. Oʻqish, izlanish, takrorlash jarayonida oʻquvchilarning savodxonligi va fanga boʻlgan qiziqishi ortadi. Fanlar oyligi davomida oʻquvchilar ajdodlar merosidan bahra olib, ularga munosib voris boʻlishga ahd qildilar, oʻz bilimlarini yana bir bor mustahkamladilar.
Guliston MAMIPOVA, 51-sonli umumtaʼlim maktabining
matematika va informatika fanlari oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶