KEÇ ANGLANGAN HAQIQAT
Odamlar bahorning injiqliklariga endi könikib ulgurgan payt – may oyi örtalarida oddiy xonadonda bir qizça dunyoga keldi. Onajoni uni bağriga bosib alla aytib uxlatar, şirin ertaklar aytar edi, deyişimni kutyapsizmi? Yöq, aksinça, qizaloq bir kun ham ona mehridan bahramand bölolmadi. Ona suti, ona mehri, ona hidi nimaligini ham bilmadi u. Uning uçun ona-xolasi, ota esa xolaning eri edi. Şu zaylda kunlar ötaverdi, qizçaning tili baribir “ona” deb çiqdi. U onasini anglamasa ham uni soğinardi, qömsardi. Uning “otasi” öziça mehribon, ğamxördek edi. Bir kuni qizça va singlisi taʼmirlanayotgan maşina ustiga çiqib rosa öynaşdi, maza qilib töpolon qilişdi. Axir ular hali bola edilarda. Buni ota köriboq asabi buzildi, şartta kelib qizçaga bir tarsaki tuşirdi. Şu onda qizaloq mehr kutgan insonida qahrni kördi, ğazabni kördi. Hayotning ilk zarbasidan biroz öziga kelgaç, közida yoş bilan uyiga qaytib keldi va maktabiga jönadi. Öşanda u birinçi sinf öquvçisi edi. Qizçaga bu tarsaki juda qattiq taʼsir qildi. Çunki singlisi yemagan tarsakini u yegan edi.
Yillar ötib, qizça bu voqea haqida öylamay qöydi. Bora-bora özi bilan onasi va singillari orasida ham qandaydir közga körinmas parda bordek, muomalalari samimiy emasdek tuyula boşladi unga. Buning sirini anglolmay hayron edi u. Bir kuni qizçaga maktabda ona haqida inşo yoziş topşirildi, 9-sinf öquvçisi edi öşa paytda. Bir ilojini qilib yozdi, lekin inşo haroratsiz, tasavvur va yuzaki xayollardan iborat edi... Şu-şu qizça ona haqida heç ham yozmaslikka ahd qildi. Lekin kim öylabdi deysiz, oradan yillar ötib, aynan “Ona” haqidagi kitobi uçun “Zulfiya” mukofotini oladi deb. Ha, endi u onasi haqida keçalari uxlamay yozardi, soğinib, entikib yozardi. Çunki yillar ötib, ulğaygani sari öz onasi jonidan keçib dunyoga keltirganini, xolasi esa öz farzandlari qatori voyaga yetkazganini, köngli kemtik bölmasin, deb bu sirni oşkor qilmaganini keyinçalik bilgan edi. Demak, uning biri-biridan fidoyi ikki onasi bor ekan. Beixtiyor şularni öylab közlariga yoş kelar, oilasi oldida farzandlik burçini oqlaşga intilardi. Ha, döstlar, qaro tun zulmati yoruğ kunlardan nişona. Şu eʼtiqodga işonib yaşagan qizça bugun baxtidan şod va baxtiyor...
Sveta ŞOMURODOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶