30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 00:14
Fan va taʼlim 👁 643

IZLANISh VA OʻRGANISh – KAMOLOTGA YeTAKLAYDI

IZLANISh VA OʻRGANISh – KAMOLOTGA YeTAKLAYDI

16-sonli ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabining rus tili fani oʻqituvchisi Nodirjon Tojimovni kasbdoshlari intiluvchan, yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishda yangiliklardan, ilgʻor tajribalardan foydalanishga harakat qiladigan tinib-tinchimas pedagog sifatida eʼtirof etishadi.

Faoliyatini 2017-yilda rus tili oʻqituvchisi sifatida boshlagan Nodirjon dars oʻtish jarayonlarida koʻproq yangi uslublardan foydalanishga harakat qildi. Ayniqsa, yosh oʻqituvchi faoliyatining ikkinchi yili quvonchli voqealarga boy yil boʻldi.

2018-yilning noyabr oyida Qoraqalpogʻiston miqyosida fan oyligi doirasida rus tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlovda Nodirjonning “Rus tili va adabiyotini oʻrganishda loyihaviy izlanish faoliyati” mavzusida yozgan ilmiy maqolasi eng yaxshi ilmiy maqola deb topildi va unga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligining “Faxriy yorligʻi” berildi.

Shundan keyin Nodirjon Tojimov 2018-yilning dekabr oyida Rossiya Federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekistonda rus tili: yangi ufqlar” tanlovida ham faol ishtirok etdi. U tanlovning 2019-yil aprel oyida oʻtkazilgan birinchi bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, diplom bilan taqdirlandi. Tanlovning iyun oyida oʻtkazilgan ikkinchi bosqichida esa Nodirjon yana gʻoliblikni qoʻlga kiritib “Yilning eng yaxshi rus tili oʻqituvchisi” boʻldi. Shu tanlovning ikkinchi bosqichida ham gʻolib boʻlganligi sababli unga 15-20-iyul kunlari Moskva shahriga sayohatga borish nasib qildi.

Nodirjon Tojimov oʻquvchilarni rus tiliga qiziqtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlardan, koʻrgazmali qurollar hamda audio, video materiallardan keng foydalanmoqda.

Ishchan pedagog 2019-2020 oʻquv yilidan oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimiga tayinlangach, uning ish koʻlami va taʼlim sifati va samaradorligini oshirishdagi masʼuliyati yanada oshdi.

Ayni kunda N.Tojimov maktabda muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus doirasida bir qancha ishlarni amalga oshirishga harakat qilayapti. Jumladan, maktab oʻquvchilarini darsdan boʻsh paytlarida maktab qoshida joylashgan 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida turli yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim olishga jalb qilmoqda.

Maktabning oʻzida stol tennisi, shaxmat, shashka boʻyicha va kompyuter hamda internetdan foydalanish savodxonligini oshirish boʻyicha toʻgaraklar tashkil etildi. Shuningdek, maktabda yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish uchun kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida ham turli tanlovlar tashkil etilmoqda.

– Hozirgi zamon oʻqituvchisi oʻz faoliyatini eskicha, qotib qolgan uslubda emas, balki, yangi pedtexnologiyalarga suyangan holda tashkil etishi lozim, – deydi Nodirjon Tojimov. – Buning uchun esa tinmay izlanish va ilgʻor tajribalarni oʻrganish kerak boʻladi. Bu – davr talabi.

Biz bir qancha tanlovlar gʻolibi, oʻquvchilarga dars oʻtishda zamonaviy uslublardan foydalanish tashabuskori Nodirjon Tojimovni 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami bilan muborakbod etib, uning kelgusidagi ishlarida zafarlar tilaymiz.

A.JUMANIYoZOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026