30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 00:15
Fan va taʼlim 👁 584

“ONA TILIM - BUYuKLIKDA ENG BALAND TOGʻSAN!”

“ONA TILIM -  BUYuKLIKDA ENG BALAND TOGʻSAN!”

1989-yilning 21-oktyabri mamlakatimiz hayotida unutilmas sana boʻlib qoldi – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu oʻz ona yurtida oʻzga tilda ish yurtishga, hujjat toʻldirishga va ayrim hollarda soʻzlashga majbur boʻlib kelgan xalqimiz uchun chinakam quvonchli voqea edi.

Xalqimizning asriy orzusi ushalgan, oʻz ona tili davlat tili deb eʼtirof etilgan kun 30-yildirki ulkan bayram qilinadi.

Sana munosabati bilan tumanimizdagi barcha umumiy  oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

Boisi aynan maktablarda oʻquvchilarga boshlangʻich sinflardan boshlab ona tili darslarini chuqur oʻrgatish, tilimizni hurmat qilishga, sofligini saqlashga, ardoqlashga oʻrgatish juda muhim.

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan 18-oktyabr kuni 76-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham “Ona tilim – buyuklikda eng baland togʻsan!” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Avvalo shuni eʼtirof etish kerakki, tumanimizdagi eng kenja taʼlim muassasalaridan biri boʻlgan ushbu maktab binosi zamonaviy uslubda qurilgan, fan xonalari, toʻgaraklar uchun xonalar va sport zaliga,  qisqa qilib aytganda, oʻquvchilarga bugungi kun talablari darajasida taʼlim-tarbiya berish uchun barcha sharoitlarga ega.

Muassasada 22 ta sinf va 550 nafar oʻquvchi bor. 58 nafar oʻqituvchilarning 55 nafari oliy toifaga ega. Yaʼni, oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berishda yetarli tajriba va mahoratga ega. Ularning saʼy-harakatlari bois maktab oʻtgan vaqt mobaynida tumanimizdagi ilgʻor maktablar qatoridan joy oldi. Oʻquvchilar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining, shuningdek, “Dono” nashriyoti taʼsis etgan bilimdonlik, kitobxonlik tanlovlarida, bilimlar sinovlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarida bahslashib, quvonarli yutuqlarga erishayapti.

Maktabda Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish borasida ilgari surgan beshta tashabbusi  ijrosini taʼminlash maqsadida tasviriy sanʼat, hunarmandchilik, sport toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan, kitobxonlikni targʻib etuvchi tadbirlar kutubxonada tez-tez oʻtkaziladi. 5600 ta kitob fondiga ega kutubxona oʻquvchilar xizmatida. Maktabning ikki nafar oʻquvchisi Javohir Bahramov sportning karate ,Shohjahon Mamatsoliyev esa shaxmat turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati sovrindorlari. Maktabda ularning yutuqlari aks etgan burchak mavjud.


Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari Gulshirin Ismoilova, Rasul Xoʻjamurodov, Mahmud Ismoilovlar barcha bolalar bilan muntazam shugʻullanib, iqtidorini yuksaltirishga harakat qiladilar.
Oʻquvchilarga puxta oʻqib-oʻrganishga motivatsiya berish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini yuksaltirish maqsadida yuqori sinflar oʻquvchilari orasida “Zakovat” intellekual oʻyini muntazam oʻtkazilib turiladi. Bunga rus tili oʻqituvchisi Samad Baxtiyorov rahbarlik qiladi.


Muassasada turli bayramlar, muhim sanalar munosabati bilan tadbirlar oʻtkazilib, oʻquvchilarning oʻz qobiliyatlarini namoyish etishlariga alohida eʼtibor beriladi.

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi ham maktabda munosib nishonlandi.

- Bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatishni 1-sinfga kelgan paytidanoq harflarni chiroyli yozishni oʻrgatishdan boshlash kerak. Men oʻquvchilarimga oʻzbek tilidagi harflarni chiroyli, toʻgʻri yozish – ona tilimizga hurmatimiz boʻladi, deb oʻrgataman, - deydi maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Nodira Yeshmonova.

Bayramona bezatilgan maktab majlislar xonasida boʻlib oʻtgan tadbir “Ona tilim -  buyuklikda eng baland togʻsan!”, deb nomlangan. Muassasa direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Dilfuza Yoqubova tadbirni ochdi, oʻzbek tili millatimiz qiyofasini belgilab beruvchi vosita ekanligini taʼkidlab, qadim ajdodlarimizdan meros boʻlib kelayotgan bu bebaho boyligimizni qadrlashga, chuqur oʻrganishga daʼvat etdi.

Sahnada oʻquvchilar alloma shoirlarimizning oʻzbek tili ulugʻlangan sheʼrlarini ijro etdilar, ibratli soʻzlarini ifodali oʻqidilar.

Maktab badiiy havaskorlari ijrosida kuy-qoʻshiq, raqslar ijro etildi.

Tadbir oʻquvchilarni ona tilimizni mukammal oʻrganishga, hurmat bilan munosabatda boʻlishga daʼvat etdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026