“ONA TILIM - IFTIXORIM”
Mangʻit shahrida faoliyat koʻrsatayotgan 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30-yilligi ulkan tantana qilindi.
Sana munosabati bilan tashkil etilgan “Ona tilim - iftixorim” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari, faxriy ustozlar ishtirok etdilar.
Tadbirda oʻquvchilarga oʻzbek tilining boy imkoniyatlari va jozibasini singdirish, uni boshqa tillar bilan aralashtirmasdan sof holda saqlash, hurmat qilishga oʻrgatish mavzusidagi maʼruzalar tinglandi va ona tilimizni ulugʻlovchi sheʼrlar, adiblarimizning ibratli soʻzlari ijro etildi.
Maktab badiiy havaskorlari ijrosidagi til bayramiga bagʻishlangan maxsus kontsert dasturi barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.
G.QURBONBOYeVA,
shu maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶