28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:05
👁 4,693

BEFARQLIK BADNIYaTLIKKA YeTAKLAYDI

BEFARQLIK BADNIYaTLIKKA YeTAKLAYDI

Maʼlumki, butun dunyo miqyosida axborot olamining kengayib borishi, mustaqil teleradio kanallarining, internet tizimi hamda mustaqil nashrlarning behisob darajada koʻp­ligi insonlar ongi, fikr va dunyoqarashining shakllanishida oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmaydi. Bilimli, nima yaxshi-yu nima yomonligining farqiga boradigan kishilar uchun kompyuter asrining ijobiy imkoniyatlari gʻoyat cheksiz. Lekin hayotimizga oqib kirayotgan mafkura olamining ayrim buzgʻunchi oqimlari, jihatlari borki, bunday salbiy oqim va jihatlardan ayniqsa oʻsib kelayotgan yosh avlodni muhofaza etish har birimizning burchimizdir.

«Yusuf Eshon bobo» jomʼe masjidi imom-xatibi Abdurahmon hoji Matsafoyev bilan suhbatimiz aynan shu xususda boʻldi.

 

 -Hurmatli  imom-xatib, oʻzingizga maʼlumki, hozirgi yoshlarimizning koʻpchilik qismi internet tarmogʻidan foydalanishadi. Internet orqali muloqotlar paytida ular hayotimizga suqilib kirayotgan buzgʻunchi oqim vakillarining daʼvatlariga, gʻarazli maqsaddagi takliflariga duch kelishlari, ayrim yoshlarning esa tushunmagan holda ularga ergashib ham ketishlari mumkin. Shu sababdan bugungi suhbatimiz jarayonida diniy ekstremizm targʻibotidagi ayrim atamalar haqida tushunchalar bersangiz. Masalan,   «Hizbut tahrir» degani nimani anglatadi?

-Bismillahir rohmanir ro­hiym!

-«Hizbut tahrir» - al-islomiy siyosiy partiya boʻlib, u – keskin fikrga, yaʼni ektremizmga bosh qurol sifatida suyangan holda yer yuzida islomiy xalifalikni qayta tiklashga chaqiradi. Vaholanki, islom olami islomiy siyosiy partiyalarga, turli harakat va oqimlarga toʻlib yotibdi. Oʻsib kelayotgan yosh avlod agar haq­iqiy islom olami tarixi va bu dinning bashariyat maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga nechogʻlik ijobiy taʼsirini bilmoqchi boʻlsa, tafsir kitoblari, fiqhga doir asarlardan yetarli darajada xabardor boʻlmoqlari kerak.

Endi hizbchilarning maqsadiga kelsak, u - yuqorida aytganimizday, yer yuzida islomiy xalifalikni tuzishdan iborat. Agar «xalifa» soʻzining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, hizbchilarning maqsadiga baho beradigan boʻlsak, bu - mutlaqo asossiz harakatdir.

-«Xalifa» soʻzining mazmun-mohiyati xususida ham tushuncha berib oʻtsangiz?

 «Xalifa» - arabcha soʻz boʻlib, «oʻrinbosar» degan maʼnoni bildiradi. Qurʼoni Karimda Alloh taolo odamzotni «xalifa» deb atagan. Masalan, «Baqara» surasining 30-oyatida: «Eslang (ey, Muhammad), Robbingiz farishtalarga: myen yerda xalifani (insonni) yaratmoqchiman, dedi», - deyilgan. Yana «Anʼom» va «Yunus» suralarida ham: «Ey, inson­lar! Sizlarni yer yuziga xalifa (ega) qilib qoʻydim», - deyilgan. Demak, inson - yerda Allohning irodasi va rizosiga muvofiq ezgu va xayrli ishlarni amalga oshiruvchi maʼjoziy maʼnodagi Allohning oʻrinbosarlaridir.

Shariatda esa diniy hukmlarni yuritishda Rasulullohning oʻrinlarini egallagan kishiga aytilgan. Lekin Qu­rʼoni Karimda Muhammad (s.a.v.)dan keyingi xalifa xususida hech narsa aytilmagan.

-Qurʼon oyatlarida, had­is­larda xalifa va xalifalikka asoslangan davlat boʻlishi xususida hech narsa deyilmagan boʻlsa, «Hizbut tahrir»chilar xilofatni qayta tiklash fikrini zoʻr berib tashviqot qilishlari toʻgʻ­rimi?

-Yoʻq, aslo toʻgʻri emas. Hadis­larda Paygʻambar (s.a.v) dan keyin oʻttiz yildan soʻng xalifalik emas, balki podshohlik va amirliklar boshlanib ketishi xususida Rasululloh (s.a.v)ning oʻzlari xabar berganlar. U zotning vafotlaridan keyingi oʻttiz yil ichida islom jamiyatini boshqargan hukmdorlar - Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali va imom Hasanlar Paygʻambar (s.a.v)ning oʻrinbosarlaridir. Ulardan keyingi hukmdorlar aslo xalifalar emas.

Hizbchilarning xilofatni qayta tiklash toʻgʻrisidagi fikriga kelsak, bu - mutlaqo asossiz urinishdir. Avvalo shuni aytish joizki, ular bayʼat qilish, yaʼni maʼlum bir xalifani tan olib, unga toʻla itoat etish - musulmonchilikning asosiy sharti deb hisoblaydilar. Bu bilan hizbchilar «bayʼat»ni farz darajasiga koʻtarmoqchi boʻladilar. Holbuki, Qurʼoni Karimda musulmonchilikning farz amallari xususida Al­loh tomonidan koʻr­satma be­rilgan. Demak, «bayʼat» hech qachon dini islom qonunchiligiga koʻra farz amal hisoblanmaydi. Qolaversa, butun dunyo mamlakatlarida yashayotgan, turli millat fuqarolari boʻl­gan musulmonlar uchun xalifalik davlatiga zarurat yoʻq. Xalifalik - butun dunyo musulmonlari ustidan hukmronlik qilish - bugungi asrimizda mutlaqo amalga oshirib boʻlmaydigan asossiz maqsad.

-Jihod nima? Nima uchun ayrim diniy-ekstremistik oqim tarafdorlari bu haqda koʻp gapirishadi?

-Jihod - arabcha soʻz boʻlib, biror maqsad yoʻlida bor kuch-gʻayratni sarf qilish degani. Lekin islom istilohi boʻyicha jihod - birinchidan, nafs bilan kurashish, yaʼni nafsning izmiga yurib, gunoh va jinoiy ishlarga qoʻl urmaslik. Ikkinchidan, jihod - shayton bilan kurashish yoki shayton vasvasasiga kirmay, harom va taqiqlangan ishlardan saqlanish. Uchinchidan, jihod - yov bilan jang qilmoqdir. Muhammad (s.a.v) ota-onaning xizmatini qi­lib, roziliklarini olish ham jihod turlaridan biri ekanligini taʼkidlaganlar.

Paygʻambarimiz (s.a.v) bir jangdan qaytayotib: «Mana, endi kichik jihoddan katta jihodga qaytdik», - deganlarida sahoba­lar: «Yana jang qilamizmi?» deb soʻraydilar. Paygʻambarimiz esa: «Yoʻq, sizlar oʻylagan qurolli jang emas, nafs va shayton bilan jang qilishni nazarda tutdim», - deganlar.

Bundan koʻrinadiki, jihod - faqat qurolli toʻqnashuv emas, dinimiz, insoniyat manfaati va axloqimizni yaxshilash yoʻlidagi xayrli saʼy-harakatlardir. Qurʼon va hadislarda har qanday adolatsiz qurolli jang va qon toʻkishlar qattiq qoralangan. Har qanday qasam ichishdan qaytarilgan. Zaruriy holatlardagina (asosan jinoyatlarni ochishda) qasam ichishga ruxsat etilgan. Hozirgi paytda ekstremistik oqimlarga aʼzo boʻlib kiruvchilarga ichirilayotgan qasam ham, ularning jihod - qurolli jangga undashlari ham mutlaqo nooʻrin, noshaʼriy va asossizdir. Buni yoshlarimiz yaxshi tushunib olish­lari joiz.

- "Shahidlik” tushunchasi nima? Oʻz­larini portlatib, terrorchilik ishlarini amal­ga oshirayotganlar ham shahid hisob­lanisha­dimi?

-Shahidlik - islom dini qonuniyatlariga koʻra, Allohning rizosi yoʻlida fidoyilik qilgan iymon-eʼtiqodli, nomusli kishilarga hamda Vatan ozodligi va mustaqilligini saqlashda halok boʻlganlarga Ulugʻ Tangri tomonidan beriladigan daraja demakdir. Paygʻambarimiz (s.a.v) ichki kasalliklar xuruji bilan oʻlgan, joni, nomi, or-nomusini himoya qilish paytida oʻldirilgan, turli sabablar tufayli fojeali halokatga uchragan kishilarga ham shahidlik maqomi berilishini bashorat qilganlar. Demak, shundan kelib chiqib aytish joizki, islom dini nuqtai nazarida koʻpchilik savobli ishlar kabi shahidlik ham musulmon kishining ixlos-u eʼtiqodi, amali hamda musibatlarga sabr-toqati evaziga Alloh tomonidan beriladigan mukofotdir.

Ammo hozirgi davrda oʻzlarini portlatish, terror amaliyotini amalga oshirish yoʻli bilan begunoh kishilar hayotiga zomin boʻlayotganlar - islom dini qonuniyatlariga koʻra jinoyat sodir etgan badkirdorlardir. Ularning shahidlik daʼvo qilishlariga hech qanday asos yoʻq. Oʻzini-oʻzi portlatish – shahidlik emas, balki fosiqlikdir.

-Baʼzan koʻcha-koʻyda hijobga oʻranib olgan yoki qop-qora kiyingan ayollarni koʻrib qolamiz. Hijobdegani nima?

-Hijob ham arabiy soʻz, satr va yopinchiq maʼnolarini beradi. Dini islomda ayollarimizning nomus, sharaf va iffatlarini himoya qilish maqsadida yot nazarlardan saqlanishlari buyurilgan. Lekin qaysi aʼzolari avrat sanalishi va qan­cha miqdorda ochiq yurishlari xususida hatto mujtahid ulamolar ham yagona bir fikrga kelishmagan. Masalan, Abu Xanifa (Imom Aʼzam) bilan Imom Moliklar ayolning yuzi, ikki qoʻli, oyoqlarining toʻpigʻi osti avrat emas, ochib yurishlari mumkin, desalar, Imom Shofiiy va Ahmad ibn Xanbal ayolning barcha aʼzosi avrat deb hisoblaganlar. Shu boisdan, xanbaliylikka eʼtiqod qoʻygan Saudiya Arabistoni ayollari yuz-u koʻzlarini yashirib, qora hijobga burkanib yuradilar.

Bizning xanafiy mazhabidagi ayollarimiz esa yuzlari ochiq holda yurishlari joiz, deb fatvo berilgan. Shunday ekan, haj va umra ziyoratlariga borib kelgan ayollarimiz arab ayollariga taqlid qilib, hijobga oʻranib olishlari nomaqbul ishdir.

Hijobga oʻranib olib Qur­ʼon oyatlari va hadislarni buzib talqin etuvchilar, diniy ekstremistik oqim tarafdorlari uchun hijob shunchaki bir niqob. Yoshlarimiz bunday kimsalardan uzoqroq boʻlganlari maʼqul. Chunki islom qonunchiligini, ha­qiqiy islom dini hukmlari, farz va qarz amallarini, hatto mansux boʻlgan (yaʼni, hukmi bekor qilingan) oyatlarni ham yaxshi biladigan insonlar Muqaddas Kaʼba ziyoratiga hattoki oʻn marta borib kelsalar-da hech qachon boshqa xalqlarning urf-odat va liboslariga taqlid qilmaydilar. Oʻz dinlari, iymon-eʼtiqodlari va mazhablarida sobit turadilar.

Istardimki, ilmga intiluvchan, oʻz dunyoqarashini, fikrlash doirasini kengaytirishga chanqoq yoshlarimiz internetdan foydanish chogʻida buzgʻunchi oqim vakillarining daʼvatlariga, yomon niyatdagi takliflariga eʼtibor berishmasa. Ular kompyuterda ishlash jarayonida nihoyatda xushyor boʻlishlari lozim. Salgina befarqlik, oʻta ishonuvchanlik salbiy oqibatlarga sababchi boʻlishi soʻzsiz.

Men kelajagimiz boʻlgan yoshlar yomon niyatli kimsalarning tashviqot va targʻibotlariga uchmay, Vatanimiz ravnaqi yoʻlida astoydil xizmat qiladilar, deb ishonaman. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

-Sermazmun suhbatingiz uchun tashakkur, omon boʻling.

 

www.amunews.uz veb-sayti muxbirlari

Robiya YOʻLDOShEVA va Allambergan JUMANIYoZOVlar suhbatlashdilar.

(Foto - http://xs.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026