Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganining 30-yilligi keng nishonlandi
Istiqlol sharofati bilan 1989-yilning 1-dekabrida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Qoraqalpogʻiston Pespublikasida qoraqalpoq tilining oʻzbek tili bilan birgalikda davlat tili sifatida yuritilib kelinayotganiga 30-yil boʻldi. Bu sana yurtimizning barcha hududlarida keng nishonlandi.
Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30-yilligi munosabati bilan 1-sonli maktabda ham katta tadbir oʻtkazildi. Adabiy kecha tarzida tashkil qilingan ushbu tadbirga Nukus Davlat Pedagogika instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Uzoqbergan Bekbergenov taklif etildi.
Kechaga tashrif buyurgan U.Bekbergenov maktab oʻqituvchi va oʻquvchilarini bayram bilan qutladi va qoraqalpoq xalqi tarixi, milliy urf-odatlari, anʼanalari, ajdodlardan meros boʻlib kelayotgan maʼnaviy boyliklar haqida faxr bilan soʻzladi. Tabriklardan soʻng, adabiy kecha musiqiy dastur bilan davom ettirildi. Oʻquvchilar ijrosidagi qoraqalpoqcha sheʼrlar, milliy raqslar, qoʻshiqlar kechaga yanada zavq bagʻishladi.
Adabiy kecha yakunida fan oyligi davomida faol qatnashgan oʻquvchilarga faxriy yorliq va sovgʻalar berilib, ragʻbatlantirildi.
Dildora Qoʻchqorova, 1-sonli maktabning qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶