29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 22:19
Fan va taʼlim 👁 529

MAQSADIMIZ – YoShLARNI BARKAMOL QILIB VOYaGA YeTKAZISh

MAQSADIMIZ – YoShLARNI BARKAMOL QILIB VOYaGA YeTKAZISh

Odatga ixcham, ortiqcha  hashamlardan xoli, tabiiy matolardan tikilgan kiyimlarni oʻziga yarashiqli qilib kiygan, xushmomala qizlarni, odobli bolalarni koʻrgan odam albatta, havas bilan qaraydi, oʻgʻil-qzing shunday boʻlsa-da, deb oʻylaydi. Bu taʼlim-tarbiya mahsuli.

Keyingi vaqtlarda yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishga eʼtibor tobora kuchayayotgani hayotimizda oʻzining aksini topmoqda. Duch kelib qolganimizda hatto kichkintoy oʻgʻil-qizlarning ham shirin tilda salom berishi koʻnglimizni koʻtarib yuboradi.

Qars ikki qoʻldan chiqadi, deganlariday, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi, ularning qanday xarakterli boʻlib voyaga yetishi albatta, oila va taʼlim muassasasiga bogʻliq.

Shularni inobatga olib, bizning 76-sonli maktab boshlangʻich xotin-qizlar tashkilotimiz oʻquvchilarimizning odobli, ilmli  va intiluvchan boʻlib ulgʻayishlari uchun koʻpgina chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, joriy oʻquv yili boshidan beri maktab maʼmuriyati bilan hamkorlikda oʻquvchi yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, kelajagi uchun qatʼiy biror mutaxssislik va kasb-hunarni tanlashiga koʻmaklashish maqsadida “Kasbim-faxrim” , “Qizlar – boʻlgʻusi onalar”, shuningdek, 10-11-sinflar oʻquvchilari orasida “Mobil telefonda gaplashish odobi”, shifokorlarni jalb qilgan holda “Virusli gepatit: undan qanday saqlanish mumkin?” “Odobing – ziynating” kabi mavzularda davra suhbatlari oʻtkazdik.

Odatda buningdek tadbirlar shunchaki reja uchun qilinayotganday tuyuladi baʼzilarga. Biroq sinchiklab nazar solsangiz – albatta natijasini anglaysiz. Buni maktabimizda oʻtkazilgan “Kasbim - faxrim” mavzuidagi davra suhbati misolida aytmoqchiman. 10-sinfda qobiliyatli, biroq sal dimogʻdorroq oʻquvchimiz bor edi. Oʻsha suhbatda turli sohalar mehnat faxriylarining oʻz hayot yoʻli, faoliyati, kasbning yaxshi yomoni boʻlmasligi, eng muhimi odam qaysi kasbni tanlasa-da, halol ixlos bilan ishlasa, obroʻ-eʼtibor topishi haqidagi soʻzlari oʻsha oʻquvchimizga juda taʼsir qildi, dars mashgʻulotlariga masʼuliyat bilan tayyorlanib keladigan boʻldi. Hozir uning xulqi ijobiy tomonga oʻzgargan.

Taʼlim-tarbiyada yoʻlida qilingan ezgu ish izsiz ketmaydi. Bu esa oʻqituvchining yutugʻi.

Demoqchimanki, ota-onalarning ham, taʼlim muassasalarining ham koʻzlagan maqsadlari bir: yoshlarni barkamol qilib voyaga yetkazish. Shunday ekan, ularning koʻngliga yoʻl topish, yaxshilikka yetaklash uchun barcha choralardan foydalanmogʻimiz kerak.

Xolbika TLENBOYeVA,
76-sonli maktab boshlangʻich xotin-qizlar tashkiloti raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026