ELEKTRON DARSLIK JORIY ETILGANI TEXNOLOGIYa FANI UChUN ISTIQBOL EShIGINI OChADI
Bugungi globallashuv davrida har kuni emas, har soatda dunyoning turli burchaklarida yangi kashfiyotlar yaratilmoqda. Shulardan 10 foizi bizning yurtimiz hissasiga toʻgʻri keladi desak, adashmaymiz. Lekin shu paytga qadar ham texnologiya fanidan darsliklar yaratilmagan edi, gʻoyalar boʻlsa-da, davom ettirilmagan edi. 2019-2020 oʻquv yili texnologiya fanining taraqqiyot bosqichi boʻldi. Avvallari bu dars oʻqituvchilari darslik yoʻqligidan yangi metodlardan foydalana olmas edilar, bugungi kunda esa har bitta oʻquv muassasalari amaliyotda qoʻllanib kelmoqda. Avvalgi darsliklarda asosan illyustratsiyalardan foydalanilgan boʻlsa, yangi elektron qoʻllanmada diagramma va xarita chizmalardan ham keng koʻlamda foydalanilmoqda.
Bosma nashrlarni elektronlashtirish ishlari rivojlanayotgan boʻlsa-da, hali kutilgan natijada emas, chunki darsliklar PDF formatda. Ayni damdagi fan yutugʻi esa QR kodi hisoblanadi QR ingliz tilidan olingan boʻlib, Quick Response, yaʼni tezkor javob degan maʼnoni anglatadi, ilk marotaba 1994-yil Yaponiyaning Drnse Vove kampaniyasi QR kodini shakllantirdi. Bugungi kunda esa Yaponiyada xaridorlar bank kartasidan foydalanib oʻtirmay, QR kod orqali hisob-kitob qilib ketaverishadi. Bugungi kunda Iphone qurilmalari uchun Bakoda, Android tizimlari uchun Barcode QR kodlarini ochuvchi kalit sifatida keng ommaga tarqaldi.
Zamon talabi taʼlim sohasiga ustuvor vazifalarni yuklash bilan birga, bugungi oʻquvchilarda ertangi kun professionallarini shakllantirishni eng katta vazifa deb belgiladi. Shu ulugʻ maqsad bilan ertangi kunga qadam tashlash ham qarz, ham farzdir.
Jahongir MADAMINOV,
11-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶