29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 17:42
Fan va taʼlim 👁 756

FAPZANDIM BILIMDON, BAPKAMOL BOʻLSIN DESANGIZ, QOʻLIGA KITOB BEPING!

FAPZANDIM BILIMDON, BAPKAMOL BOʻLSIN DESANGIZ, QOʻLIGA KITOB BEPING!

Kutubxona – ziyo maskani. Shuning uchun ham bizga bolaligimizda ota-onalarimiz: “yaxshi inson boʻlay desang, kitob oʻqi, qiyinchiliklarni yengishning barcha yoʻllarini kitobdan, kutubxonadan topasan”, der edilar. Lekin oʻtgan asrning soʻnggi oʻn besh - yigirma, yangi asrimizning birinchi oʻn yilligi, yashirishning hojati yoʻq, bozor iqtisodiyoti qiyinchiliklari tufaylimi, turmush tashvishlariga oʻralashib, kitobdan va maʼnaviyat maskanlari boʻlgan kutubxonalardan ancha yiroqlashib ketdik. Har bir oʻquv maskanida, ovul va mahallada faoliyat olib boruvchi shinamgina kutubxonalar, hatto kutubxonachilar ham unutildi...

Yaxshiyamki, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tobora chuqurlashib borayotgan bu muammoga yechim topdi. Kitobxonlikni, ayniqsa, yoshlar kitobxonligini rivojlantirish, halqimizni sifatli kitob mahsulotlari bilan taʼminlash, joylardagi kutubxonalar faoliyatini jonlantirish tashabbusini ilgari surdilar. Butun mamlakat boʻylab “Eng yaxshi sovgʻa – kitob”, “Farzandimga kitob sovgʻa qilaman” aktsiyalari tashkil etilib, unda millionlab kitobsevarlar ishtirok etishdi. “Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovi keng quloch yoydirildi. Bilimdon, yuksak maʼnaviyatli yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur koʻrik-tanlov haqiqatdan ham minglab iqtidorli yosh kitobxonlarni, bilimdon yoshlarni kashf etdi. “Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovida ishtirok etish va gʻolib boʻlish yoshlarning orzusiga aylandi. Orzu esa maqsad tomon rejali qadamlarga qudrat baxsh etdi.

Bugungi kunda kitobxon yoshlarni har bir taʼlim muassasasida, mahallada, har bir oilada uchratish mumkin.

Tumanimizda ham kitobsevar yoshlar juda koʻp. Qoʻllarida kitob koʻtargan yoshlar, kitob rastalarida yaxshi kitob tanlashga intilayotgan yurtdoshlarimizni koʻrish quvonchli, albatta. Lekin ularning yaxshi kitoblar bilan taʼminlanishi, shinam, barcha qulayliklarga ega kutubxonalar xizmatidan foydalanishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar qanday? Tumanimizda zamonaviy kutubxona mavjudmi?

– Albatta, – deydi tuman Axborot-kutubxona markazi direktori vazifasini bajaruvchi Dilmurod Oʻrozoqov. – Kitobxonlar uchun barcha sharoitlarga ega Axborot-kutubxona tumanimizda faoliyat olib bormoqda. Bu yerda kitobxonlar oʻzlari xohlagan yoʻnalishlar boʻyicha kitoblarni olib oʻqishlari mumkin.

Darvoqe, Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2019-yil 6-iyundagi “Oʻzbekiston Pespublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 4354-sonli Qarorida umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar  taʼlimi muassasalarida faoliyati tugatilayotgan Axborot-resurs markazlarining kitob jamgʻarmalari va shtat birliklarini yangidan tashkil qilinayotgan tuman, shahar axborot-kutubxona markazlariga berish koʻzda tutilgan edi. Mazkur Qaror hamda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashining 2019-yil 10-iyundagi 189-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2019-yil 21-oktyabrda tuman Axborot-kutubxona markazi tashkil etilib, tuman Madaniyat boʻlimi maʼmuriy binosidan joy ajratildi va Axborot-kutubxona markaziga 18 ming 539 nomdagi 62 ming 132 dona badiiy va bolalar adabiyotlari joylashtirildi.

 Axborot-kutubxona markazi 2020-yil 1-yanvardan kitobsevar xalqimizga xizmat koʻrsatishni boshladi, – deydi Dilmurod Oʻrozoqov. –  Oʻtgan qisqa fursat – bir oy ichida 600 nafardan ziyod kitobxon abonentlar kutubxonaga  aʼzo boʻlishdi. Axborot-kutubxona markazimizning moddiy-texnik imkoniyati ham talablar darajasida.

Haqiqatan ham Axborot-kutubxona markazi zamonaviy kompyuter texnologiyalari, yangi kitob javonlari, shinam mutolaa zaliga ega. Bu yerda kitobxonlar ayrim manbalardan nusxa koʻchirib olishlari, mutolaa zalida xohlaganlaricha oʻz sevgan asarlarini oʻqishlari mumkin.

– Pejalarimiz koʻp, – deydi Dilmurod Oʻrozoqov, – kutubxonamiz aʼzolari oʻrtasida “Zakovat” oʻyinlarini, shuningdek, “Namunali kitobxon oila”, “Yosh kitobxon” tanlovlarini tashkil etish niyatimiz bor. Prezidentimiz har gal kitobxonlik haqida gapirganlarida taʼkidlaganlaridek: “bugun kitob oʻqiyotgan bola ertaga televizor koʻrayotgan oʻnta bolani boshqarishi aniq”. Chunki, kitob mutolaasi, eng avvalo insonning  fitratini tarbiyalaydi, oʻstiradi va yuksaltiradi. Men yurtdoshlarimizga aytar edim: “agar farzandim aqlli, dono va kelajakda barkamol inson boʻlsin”, desangiz, uning qoʻliga kitob bering, kitob oʻqishga davʼat eting, albatta, Axborot-kutubxona markazimizga yoʻllang, ana shunda, bolangiz sizning barcha orzularingizni roʻyobga chiqaruvchi maʼnaviy boy inson boʻlib voyaga yetadi.

Axborot-kutubxona markazi kun sayin kitobxon yoshlarni oʻz bagʻriga olmoqda. Biz ijodiy guruhimiz bilan bu yerda boʻlganimizda tumanimizning umumtaʼlim maktablari oʻquvchilaridan bir guruhi bilan “Kutubxonaga sayohat” tadbiri oʻtkazilayotgan ekan.

– 38-sonli maktab oʻquvchilari orasida kitobxon yoshlar juda koʻp, – deydi Dilmurod mamnuniyat bi-lan. – Ular tez-tez markazimizga sayohat uyushtirishadi, kitob tanlashda ham yanglishmaydilar.

Ha, azizlar, yaxshi kitobxon boʻlish uchun ham insonga iqtidor kerak. Kitob tanlash sanʼati va mutolaa madaniyati insonda qancha erta shakllansa, shuncha yaxshi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari yosh kitobxonlarda aynan shu qobiliyat shakllanishida eng yaqin koʻmakdosh boʻladilar. Oʻzi oʻqib, zavqlangan asarini tengdoshiga tavsiya qilishni bilgan kitobxon ham, asar qahramonlarining hayoti, xatti-harakatlaridan ijobiy xulosalar chiqargan kitobxon ham Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda: “televizor koʻrayotgan oʻnta tengdoshini boshqara oladi”. Va demakki, u Vatanga munosib voris ham boʻla oladi, ona yurt taraqqiyotiga ezgu ishlari bilan hissa qoʻshishga qodir inson sifatida kamol topadi.

Ana shunday barkamol insonlarni voyaga yetkazishda eng yaqin koʻmakdosh, doʻst va murabbiy – kitobdir. Kitob bilan doʻstlashing, murod-maqsadingizga yetasiz, Vatan ravnaq topadi. Mangʻit shahrining Buyuk Turon koʻchasi, 8-uy, Madaniyat boʻlimi binosida joylashgan Axborot-kutubxona markazi ana shunday ezgulik sari yoʻllaydi sizni!

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026