14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 19:39
Fan va taʼlim 👁 553

MTT TARBIYaLANUVChILARI XORIJIY TILLARNI OʻRGANIShMOQDA

MTT TARBIYaLANUVChILARI XORIJIY TILLARNI OʻRGANIShMOQDA

Mamlakatimizda 6 yoshli bolalarni MTTlarning maktabgacha taʼlim guruhlariga toʻliq qamrab olgan holda ularni maktab taʼlimiga tayyorlash, bilimga intilish koʻnikmalarini hosil qilish, alohida qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan ishlar oʻz natijalarini bermoqda. Maktab taʼlimiga tayyorlash guruhlari tarbiyalanuvchilari alifbe saboqlarini qunt bilan oʻrganib, hatto matematik amallarni yoddan bajarishga intilayotgani MTTlar tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarda oʻz ifodasini topmoqda.

Tumanimizdagi 31-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda ham soʻz oʻyinlari, tez aytishlar, rus va ingliz tillaridagi savollarga tez javob topish hamda biri-biridan mazmundor sheʼr va qoʻshiqlarni bolajonlar maroq bilan ijro etishdi.

“Keling, til oʻrganamiz!” deb nomlangan ochiq dars-mashgʻulotida dastlab tashkilotning maktabga tayyorlash guruhi oʻqituvchisi Bozorgul Shomurodova tomonidan tayyorlangan stsenariy asosida rus tili boʻyicha bolajonlarning bilim darajasi sinovdan oʻtkazildi. Bolalarning rus tilida salomlashish odobi bilan boshlangan ochiq dars-mashgʻuloti savol-javoblar asosida davom etdi.


Bolajonlar oʻz ota-onalarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan rus tilida tabriklab, sheʼrlar aytishdi. Ota-onalari va buvijonlariga hafta kunlarini birma-bir taʼriflab berishdi. Oʻqituvchi rahbarligida yangi  mavzuni oʻrganishdi. Yaʼni, uy hayvonlarining nomlarini rus tilida takrorlab, bu boradagi bilimlarini rasmlar orqali mustahkamladilar.

Ochiq dars-mashgʻuloti davomida bolajonlarni charchash holatidan chiqarish maqsadida tetiklantiruvchi mashqlarga keng oʻrin berilgani ayni muddao boʻldi. Kayfiyati koʻtarilgan bolajonlarning faolligi oshib, birgalikda qoʻshiq kuyladilar. “Har doim boʻlsin, quyosh” qoʻshigʻini rus tilida kuylab, raqsga tushdilar, shu bilan birga ushbu mashhur bolalar qoʻshigʻining mazmun-mohiyati xususida tushunchaga  ega boʻldilar.

Ochiq dars-mashgʻuloti yakunida darsda faol qatnashgan  bolajonlarga tashkilot maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar taqdim etilib, uy vazifasi topshirildi.
Shu kuni mazkur tashkilotda Azima Oʻrozboyeva tomonidan ingliz tili boʻyicha ochiq dars-mashgʻulotida ham bolajonlar ingliz tilida salomlashish, savol-javoblar asosida oʻtilgan dars mavzusi – yil fasllariga doir soʻzlarni takrorlash hamda yoz, kuz, qish, bahor oylari haqida ingliz tilida gap tuzish boʻyicha oʻz bilim va koʻnikmalarini namoyish etdilar.

Fasllarga oid harakatlarni ifoda etuvchi oʻyinlar, jismoniy mashqlarni bajarishdi.
Shundan soʻng, oʻqituvchi bolajonlarni yangi mavzuga doir yangi soʻzlar bilan tanishtirdi. Bolajonlar bu soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilishni oʻrgandilar va yangi soʻzlarni harakatlar orqali ifodalab berdilar. Dars-mashgʻulot jarayonida charchoqni bosish maqsadida shoʻx harakatlar bilan ijro etiladigan inglizcha qoʻshiqlar kuylashdi. Shuningdek, fasllar va ob-havo mavzusiga doir oʻyinlar oʻynash, oʻtilgan dars yuzasidan savol-javoblar orqali ochiq dars-mashgʻuloti mavzusi yanada mustahkamlandi.

Shunisi eʼtiborliki, boʻlib oʻtgan ochiq dars-mashgʻuloti bolajonlarning xorijiy tillarni oʻrganishga qiziquvchanligini yanada oshirdi. Ingliz tilida savollarga aniq va puxta javob bergan bilagʻon bolajonlar tashkilot maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirildi.

Dars-mashgʻuloti yakunida bolajonlarga uyda bajarib kelishlari uchun yangi topshiriq berildi. “Fasllarga monand ob-havoni surat chizish orqali tasvirlash” vazifasi boʻyicha oʻqituvchi tushunchalar berib, mavzuni ingliz tilida qayta-qayta takrorlash orqali bolajonlarda zarur  tushunchalar uygʻotishga erishdi.
31-sonli MTTda maktabga tayyorlash guruhi tarbiyalanuvchilari boʻlib oʻtgan dars-mashgʻulotlarida faollik koʻrsatishdi.

R.YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019