ONA – ULUGʻ ZOT
Ona – ulugʻ zot. Chunki har bir inson uchun onadan qadrdon, mehribon va yaqin kishi yoʻq. Onajonimiz bizni dunyoga keltirib, koʻz qorachigʻidek asrab-avaylab voyaga yetkazibgina qolmasdan, hamma vaqt quyosh kabi hayotimizga nur sochib, oy kabi yoʻlimizni oydin qilib turadi. Shuning uchun ham eng yaxshi sheʼrlar, eng yaxshi qoʻshiqlar, eng yaxshi asarlar onalarga bagʻishlanadi.
Ayol-qizlar bayrami munosabati bilan 6-mart kuni maktabimizda 9-, 10-, 11-sinf oʻquvchi qizlari orasida bellashuv boʻlib oʻtdi. Qizlar 5 ta shart boʻyicha bellashdilar. Ular onalarni madh qiluvchi sheʼr va qoʻshiqlar aytdilar. Sahna koʻrinishlari ijro qilishdi. Tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Bellashuv soʻngida 11-sinf oʻquvchisi Xosiyat Safarboyeva 1-oʻringa, 9-sinf oʻquvchisi Saida Safarboyeva 2-oʻringa munosib deb topildi.
Shu fursatdan foydalanib men ham onajonimni, tumanimizdagi barcha onajonlarni bayram bilan tabriklayman. Sizlarga uzoq umr, sogʻlik-salomatlik, bahor gullaridek yashnab yurishingizni tilayman. Farzandlar baxtiga doimo omon boʻling.
Aqljon TOʻRAYeVA, 33-sonli maktabning
ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶