13.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
13.11.2026, 01:21
Jamiyat 👁 3,521

BARKAMOL FARZAND - HAYoT ŞAMÇIROFI

BARKAMOL FARZAND - HAYoT ŞAMÇIROFI

Oila – u qanday maskanki, bor vujudimiz bilan uning bağriga intilamiz. Ota-ona, farzandlar mehri bilan çaroğon oila davrasi biz uçun hamma joydan keng, fayzli. Bu davrada özimizni quşday yengil, nihoyatda erkin his qilamiz. Boşqa heç bir joyda oila davrasidagidek samimiyat, mehr-muhabbat, xotirjamlikni topa olmaymiz. Yaqinlarimizning çehralari issiq, taftli. Ana şu taft bizga kuç beradi, ezguliklarga, yaxşiliklarga tomon çorlab turadi. Biz şuning uçun Oilamizga intilamiz, undan maʼnaviy quvvat olamiz. Eng ezgu orzularimiz oilada tuğiladi, oila madadi bilan amalga oşadi. "Örta qalʼa” ovulida istiqomat qiluvçi ibratli oila sohibi, uç marta muborak Haj amalini ado etgan Abdukarim hoji bobo Törayev bilan suhbatimiz aynan şu xususda, oila  maʼnaviyati, insonning şakllanişida, soğlom bola tarbiyasida oilaning tutgan örni, oilaviy tadbirlar, urf-odat va anʼanalar mavzusida böldi.

- Hoji bobo, avvalo tahririyatimizga xurmat-eʼtibor körsatib, muştariylarimiz bilan gazeta orqali suhbatga çoğlanganingiz uçun minnatdorçilik bildiramiz.

- Alloh barçalarimizni öz panohida asrab, qadamlarimizni, yaxşi ahd va niyatlarimizni xuş körsin.

- Hoji bobo, oila haqida köp gapiramiz. Oila maʼnaviyati va oila aʼzolarining  masʼuliyati xususida gap ketganda köpçilik "Bu har kimning özining işi”, - deb qaraşadi. Şu töğrimi?

- Bismillahir rohmanir rohiym! Avvalo oilaning özi inson uçun eng oliy mukofot ekanligini bilişimiz kerak. Qoraversa, oila – ikki köngilning bir-biriga samimiyati, şarʼiy va rasmiy juftligi asosida quriladigan muqaddas birlik. Inson ana şu maskanda tuğiladi, ulğayadi, şakllanadi. Oilaning maʼnaviy qiyofasi oila aʼzolarining qay darajada şakllanib, takomilga yetişi bilan belgilanadi. Xalqimiz bejizga: "quş uyasiga qarab uçadi”, "quş uyasida körganini qiladi”, "otaga qarab öğil, onaga qarab qiz ösar”, kabi hikmatlar marjonini yaratmagan. Qaysiki oilada ota-ona tarbiyali, axloqiy jihatdan ibratli bölişsa, bu xonadonda tuğilgan farzandlar gözal xulq-atvorli  ham jisman, ham maʼnan soğlom bölib voyaga yetadilar. Bunday oilaning maʼnaviy qiyofasi albatta havasga loyiq böladi.

Oila  aʼzolarining masʼuliyatiga kelsak, bu – har kimning özining işi bölişi mumkin. Lekin bu masalaga yuzaki qaraş  böladi. Çunki oilaning har bir aʼzosi – jamiyatning aʼzosi – mamlakat fuqarosi. Demak, öz-özidan körinadiki, oilaning tinç-xotirjamligi – tom maʼnoda  mamlakat fuqarolarining tinçligi, osoyiştaligi. Şuning uçun oilani Vatan içra möʼjaz Vatan, deb ardoqlaymiz. Şu nuqtai nazardan qaraganda, Oila baxt-saodati uçun qöyadigan har bir qadamimiz ona Vatan ravnaqi yölidagi ezgu mezonlar bilan ölçanadi. Zimmamizdagi masʼuliyat zamirida nainki oila, balki Vatan tinçligi, farovonligi, obodligi mujassam. Oilaning maʼnaviy qiyofasi ana şunday mohiyatlarda aks etadi.

- Yoşlar bilan bölgan muloqotlardan birida: "Oila hayotiga çetdan aralaşuvlar juda köp böladi, ayniqsa kattalar...”, – degan fikr aytildi.

- Oila – muqaddas qörğon. Oila hayoti esa jamiyat – mahalla-köy, el-ulus, qarindoşlar hayoti bilan uzviy ravişda keçadigan murakkab jarayon. Şu bois, bu muqaddas qörğonning daxlsizligi uçun eng avvalo oila sohib va sohibalari – er-xotin, ularning ota-onalari, yaqinlari, şu barobarida jamiyat faollari ham masʼul. Ota-ona oldida bilağonlik qilib, öz fikrini  ötkazişga intiladigan yoşlar bu harakati bilan özlarining odobsiz ekanliklarini bildirib qöyişadi. Hayotimizdan bir misol keltiray: bir töyda böldik. Öğlini uylantirayotgan otaning oldiga kuyovlik sarposini kiygan öğil kelib tiz çökdi:

- Kelinni olib kelişga ketayapmiz, fotiha bering, ota, - dedi öğil. Ota öğlini uzoq duo qildi. Yaxşi niyatlarga biz ham qöşildik. Söngra ota öğliga yuzlanib:

- Bolam, töyxonaga vaqtida kelinglar, xalq kutib qolmasin, - dedi.

Öşanda, xudo haqqi, hozirgi yoşlar töyxonaga aytilgan vaqtda keladimi, otaning sözi sinadigan böldi, degan öy keçdi xayolimdan. Lekin yoşlar öz vaqtida töyxonaga kirib kelişdi. Hamma töyga aytilganlar jamuljam. Hamma xursand. Köpçilik hayron: "bular gulyanka qilişmaydimi?” – deguvçilar ham topildi. Eng muhimi, barçaning könglidagi töy böldi. Dasturxonda turli noz-neʼmat bisyor, lekin spirtli içimlik yöq. Atlas köylakda yal-yal yonib turgan kelinning salomidan könglimiz yayradi. Hamma yoşlarni duo qildi, havas qilganlar bisyor böldi. Mening aytmoqçi bölganim, bu oilada maʼnaviy soğlomlik hokim. Ota amr etdi, öğil  bajardi. Axir ota yaxşi niyatlarini qöşib  amr qildi öğliga. Vaqtida kel, dedi xolos. Bu – buyruq emas, balki, bu otaning ezgu niyati, murodi, öğliga yaxşilikni ravo körgani. Öğilning esa oilaga, ota-onaga hurmat va ehtiromi. Kördingizmi, ana şu oilada tartib bor, intizom bor. Hurmat va bir-birovga eʼtibor bor. Ana şu tamoyillarga monand maʼnaviy gözal hayot böladi bunday oilada. Bu oila hayotiga kattalarning aralaşuvi emas, balki katta bilan kiçik örtasida mehr-oqibatning barq urib turgani.

Qanday oilaga çetdan aralaşiladi? Ota bolani, bola otani tuşuna olmaydigan,  maʼnaviy muhit izdan çiqqan, nosoğlom oilalar hayotiga kattalar ham, jamiyat faollari ham aralaşişga majbur bölişadi.

- Töğrisi, şu töylarimizda töy egalari - oila sohiblarining ham, öşa oilaning ham maʼnaviy qiyofasi "yarq” etib közga taşlanmaydimi?

- Haq gapni aytdingiz, qizim. Töy-marosimlarimizda oilalarimizda şakllangan gözal urf-odatlarimiz, özbekona  tutumlarimiz aks etib turadi. Birov özining boyligini köz-közlaş uçun tökib-soçadi. Yana birov orzu-havas desa, qöli qisqaroq oila sohiblari qarz-havola evaziga "tökiladi”. Ota-bobolarimiz: "körpangga qarab oyoq uzat”, "qöşningga emas, öz hamyoningga (manğitçasiga öngişiğingga) qara”, - deb bejiz aytişmagan. Boylikni birovga köz-közlaş ğarib köngilning ustidan kuliş, degan gap. Muqaddas dinimizda qançalik oşib-toşib tursang ham, ğarib köngillarni ranjitadigan iş qilişdan qaytariladi. Bir kunlik töyda isrofgarçilikni çandon oşirib, gunohga botgandan köra, şu boylikning  ozgina uluşini muhtoj bir insonga ehson qilinsa, buning savobi ön çandon yuqori böladi. Allohning neʼmatlarini isrof qilişlik – eng oğir gunoh hisoblanadi. Qolaversa, özi yiqqan mol-davlatini tökib-soçib, isrof qilguvçilar maʼnaviy qaşşoq odamlardir. Aslida töy bir-birini umr yöldoşlikka tanlagan ikki köngilning juftlaşganligi – nikohlanganligini jamiyatga bil-diruvçi oilaviy marosim. Yaqinlar – ota-ona, tuğişganlar, oşna-yor-döstlar davrasida ötkaziladigan xursandçilik. Bu şodiyona sönggi yillarda ançagina qolipdan çiqib ketmadimikan? Sababi, tört-beş kunlab töy tadorigida yuradigan böldik. "Eşik oçar”, "fotiha töyi”, "öng bölsin”, "siynoq”, "kengaş”, "qiz yiğin”, "qönoq kuni”, "iş buyurar”, "quda çaqiriq” kabi katta-kiçik töy oldi va töydan keyingi marosimlarning har biri kiçikroq bir töy tusini olayotir. Töy beruvçi to şu marosimlarni ötkazib bölgunça çarçab, baʼzi hollarda kasal bölib qoladi. Aytmoqçimanki, töylarimiz bilan boğliq barça marosimlarning 70 foizi ortiqça. Faqat "fotiha töyi”, "öng bölsin”, "siynoq” va "kengaş” kabi marosimlar uçun ketgan xarajatning öziga yoş oilaga heç bölmaganda 4-5 xonali imoratning poydevori (fundamenti)ni quriş mumkin.

Bu özimizga-özimiz pand berişmi yoki oila iqtisodini izdan çiqarişmi? Menimça har ikkalasiyam. Demoqçimanki, birovga Alloh boylikni sinab, birovga  siylab beradi. Bugun bor narsa, ertaga yöq bölişi mumkin. Eng katta boylik sabr ila qanoatdir. Qanoatli, kamtar, keng feʼlli, tejamkor bölganlar Allohga yaqin, maʼnaviy barkamol insonlardir. Qurʼoni Karimning "Isro” surasi, 26-oyatida: "... isrof qiluvçilar şaytonning "birodarlari”dir”, - deyiladi va möminlar isrofgarçilikdan qaytariladi. Hadisi-şariflarda esa: "Tejamkor odam heç qaçon qaşşoqlik körmaydi”, - deb taʼkidlanadi. Sözimni muxtasar aytadigan bölsam, oilalarimizda tejamkorlik, kamtarlik, saxiylik, tadbirkorlik kabi gözal fazilatlarga amal qilinsa, jamiyatimiz ham yanada gözal va obod bölib boraveradi.

- Bir oilada böldik, ikki qaynona, ikki qaynotalik bu xonadonni oilaning keksa sohibi - bobo boşqararkan. Kelinlar, farzandlar, nevara-çevaralarning ahilligidan köngil yayraydi. Nevarali bölib qolgan öğil, Manğit qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji öqituvçisi Azimboy Safarboyev hamon ota-onasi oldida boş egib turadi. "Özimning fikrim bor”, – demaydi.

- Tört-beş avlod bitta oila bölib yaşayotganlar köp. Lekin öşa, baraka topsin, Azimboy öğlimizni voyaga yetkazgan oila muhiti gözal, ota-onaga, öğil-qizga eʼtibor, hurmat saqlangan bu oilada. Qaysiki ota bir farzandidan boşqasini afzal körib, biridan-biriga yaşirib pul yoki boşqa hadyalar berişni boşladimi, demak, öşa oilada maʼnaviy buziliş boşlanadi. Örtada işonçsizlik, hatto tuğişganlar örtasida janjal va nizolar paydo böladi. Nazarimda Azimboy Safarboyev ösgan xonadonda maʼnaviy tenglik bor. Şu bois, Azimboyning özi bobo bölib qolganida ham otasiga boş egib, ota-ona hukmini kutib ötira oladi. Bu-maʼnaviy yetuklik belgisi.

Nöʼmon ibn Başir öğli Nöʼmonni Rasululloh huzuriga olib borib: "Men bu öğlimga bir... hadya qildim”, - deganlarida Rasululloh: "boşqa farzandlaringga ham şunday hadya qildingmi?”, - deb söraydi. Şunda Başir: "Yöq”, - deb javob bergaç, "Unday bölsa, Nöʼmondan hadyangni qaytarib ol, gunohga botma”, - deganlar.

Bu – oilada maʼnaviy tenglik bölişiga işora. Ota-ona farzandlarini bir-biridan ayirib sovğa-salomlar berişi, alohida yaxşi körişi ham gunoh, ham maʼnaviyatsizlik hisoblanadi.

Farzand – qalbimiz mevasi. U bizning hayot şamçiroğimiz. Ana şu şamçiroğimizning çaroğon nur soçib turmoği uçun fidoyilik ota-ona zimmasiga tuşadi. Ota-ona öz vaqtida fidoyilik qilmasa, bu şamçiroq xiralaşib qoladi. Xira tuşgan nurdan oila  ham, jamiyat ham bahra olaolmaydi. Demak, harbitta  oiladaeng avvalo maʼnaviy tenglikbölmoğijoiz.Maʼnaviy tenglik bor joyda mehr-oqibat çaşmalaridan kuç olgan nihollar unib-ösadi. Bunday oilada mehnatning qadri baland böladi. Aynan şunday oilalarda tarbiya körgan insonning feʼl-atvoriga qarab bemalol oilasiga baho beriş mumkin. Ota yaratgan boğni farzandlar ardoqlab, yaşnatadi, yaşartiradi. Ota makonga mehr-muhabbat tuyğusi oilani yaşnatib yuboradi. Şunday oilalar jamiyatning haqiqiy tayançi, körki.

- Demak, oilaning obrösi insonning xulq-atvoriga boğliq ekan-da?

-  Albatta, yaxşi odam yuriş-turişidan, muomalasidan maʼlum. Axir salom-alikni örniga qöya olmaydigan odamlar kammi? Oila muhiti soğlom bölsa, farzandlar ham tarbiyali, odob-axloqda namunali bölib ulğayişadi. Köçadan uyga gap taşimaydigan, birovni ğiybat qilişdan tiyiladigan, oilasining tinçligini qayğuradigan insonning farzandlari ham öziga tortadi. Har bir oilaning öz siri, qonun-qoidalari böladi. Oila siri köçaga çiqdimi, demak, bu oilada oğizbirçilik yöq, degani. Yetar-yetmaslikni tadbirkorlik va tejamkorlik bilan yengib  ötgan  otadan öğil, onadan qiz rang oladi. Bir-birovga minnat qiliş, bir oila aʼzosi böla turib "seniki-meniki”, - deb ajratiş – borib turgan xudbinlik. Xudbinlik esa maʼnaviyat kuşandasi.

Mening yoşlarimizga aytar gaplarim juda köp. Eng muhimi, oilada özaro hurmat, bir-birovga eʼtibor bölmasa, bu oila jamiyat uçun bir muammo tuğdiradi. Şunday oilalar borki, oila aʼzolari özaro kelişa olişmaydi. Ota-ona boladan, bolalar ota-onadan norozi. Oiladagi maʼnaviy muhit no-sozligidan unda fayz yöq, halovat yöq. Heç kim hovliga çiqib, bir tupgina nihol ekişni, oila boğini yaratişni, şu boğda öz daraxti bölişini öylab ham körmaydi. Har kim bilganini qiladi. Istasa, uxlaydi, istasa televizor... Qorni oçganida dasturxonning ğaribligidan noliydi. Ana sizga muammo. Maʼnaviy qaşşoqlik bundan ortiq bölmaydi. Gurkirab yaşnab turgan qöşnining boğiga bundaylar havas bilan emas, hasad bilan qaraşadi. Tan-joni soğ odamga mehnat gazagi ham baxt-ku! Mehnatning noni qançalik şirin-a! Halol mehnat ortidan kelgan möl-köl daromad, boylik baridan aʼlo!

Özi halol yaşab, xonadonini boğ-böstonga aylantirib, farzandlari bilan ahil-inoq yaşayotgan insonlarning oilalari ibratga loyiq. Hurmat va eʼtiborga loyiq. Bunday ehtirom hamma oilalarga ham nasib etavermaydi. Istagim, ana şunday – soğlom maʼnaviy muhitga ega oilalar köpayaversin. Çunki oilalar maʼnan soğlom bölsa, farzandlarimiz barkamol insonlar bölib ulğayişadi.

- Sermazmun suhbatingiz uçun minnatdorçilik bildiramiz.

- Ilohim, oilalarimiz tinç, osoyişta, obod va farovon, farzandlarimiz barkamol bölsinlar. Omin, yo Robbal olamiyn!

 

Suhbatdoş Robiya YÖLDOŞEVA.
🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026