29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 00:31
Siyosat 👁 2,785

KONSTITUTsIYa - XALK IRODASINING YuKSAK IFODASI

KONSTITUTsIYa - XALK IRODASINING YuKSAK IFODASI

Davlatimiz va jamiyatimiz hayotida alohida oʻrin olgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 21 yilligi xalqimiz tomonidan keng nishonlanmoqda. Konstitutsiyamiz Respublikamizda insonparvar demokratik huquqiy davlat, erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini barpo etishning eng muhim qoidalarini oʻzida mujassam etib, jamiyatimiz hayotining asosiy huquqiy poydevori boʻlib xizmat qilmoqda. Yurtboshimiz taʼkidlaganidek, "Har qanday davlatning Konstitutsiyasi unda yashovchi xalqning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi”.Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach, Qoraqalpogʻistonning maqomi suveren demokratik respublika darajasiga koʻtarildi. Ushbu maqom Konstitutsiyamizning 1-moddasida oʻz aksini topgan. "Asosiy qonunimiz, – deb taʼkidlaydi bu borada Prezidentimiz, – Oʻzbekiston tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasining maqomini tan oladi va uning suverenitetini muhofaza etadi”. Har ikki respublika oʻrtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarning huquqiy asoslari Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining Konstitutsiyalarida mustahkamlangan.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, oʻz navbatida, Qoraqalpogʻistonning ham davlat suverenitetini qoʻlga kiritishiga olib keldi. Qoraqalpogʻiston davlat suverenitetining poydevorini yaratishda dastlabki asos sifatida, 1990-yil 20-iyunda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti toʻgʻrisidagi Deklaratsiya”ni koʻrsatib oʻtish mumkin. Mazkur hujjatda Qoraqalpogʻiston Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren respublika, deb eʼlon qilingan edi. Shu bilan birga, Qoraqalpogʻistonning 1990-yil 14-dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi suvereniteti toʻgʻrisidagi Deklaratsiyasi”da ham uning suveren maqomi belgilab qoʻyilgan. Mazkur Deklaratsiyaning 9-bandida Qoraqalpogʻiston Respublikasining suvereniteti uning Konstitutsiyasi bilan taʼminlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi manfaatlarini uning Asosiy Qonuniga koʻra va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq himoya qiladi, deb qayd etilgan.

Shuni taʼkidlash zarurki, biz Konstitutsiyamizni qabul qilish bilan oʻz umrini oʻtab boʻlgan, mafkuralashgan, mustabid maʼmuriy-buyruqbozlik tizimidan butunlay voz kechdik, mamlakatimizni huquqiy-demokratik rivojlantirishga qaratilgan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan yangi strategiyani aniq belgilab oldik. Asosiy Qonunimizda birinchi navbatda shaxs manfaatining davlat manfaatidan ustun etib belgilangani, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qoʻyilganini yana bir marta taʼkidlash joiz.

Maʼlumki, har qanday davlat oʻz aholisining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini kafolatlashga qaratilgan ijtimoiy funktsiyani amalga oshiradi. Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida eʼlon qilingan maqsadlaridan biridir. Bu maqsad jamiyatda ijtimoiy adolat va qonuniylik printsiplari asosida hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining ijtimoiy himoyasini taʼminlash orqali amalga oshirilishi Konstitutsiyamizning bir qator moddalarida oʻz ifodasini topgan. Jumladan, Konstitutsiyamizning 37-moddasiga muvofiq, har kim qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum boʻlganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega. Uning 62-moddasiga asosan esa, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqish, tarbiyalash va oʻqitishni taʼminlaydi, bolalarga bagʻishlangan xayriya faoliyatlarni ragʻbatlantiradi. Shuningdek, Konstitutsiyamizda ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga hamda voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar oʻz ota-onalari haqida gʻamxoʻrlik qilishga majbur ekanliklarining belgilanganligi milliy qadriyatlarimizga asoslangan boʻlib, ushbu normalar biron-bir davlat Konstitutsiyasida mavjud emas. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi esa Konstitutsiyaning 63-moddasi bilan kafolatlangan. Konstitutsiyamizning 34-moddasiga asosan, har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli ekanligi va bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanganligi 39-modda bilan mustahkamlab qoʻyilgan.

Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyamiz nafaqat bugungi kunning Qomusi, balki u ertangi kunimiz, yangilanayotgan jamiyatimiz istiqbolini aniq belgilab beruvchi hujjat, kelajak avlod yoʻlini yoritib turuvchi mayoqdir. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, har qanday davlatning yuzi, obroʻ-eʼtibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zero, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnomadir.

Zulxumor Baltabayeva,

tumani FHDYo boʻlimi noziri.
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026