EʼTIQODINGIZ DARZ KETMASIN
Sahobalar
Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallamdan söradilar:
- Muhtaram zot, eʼtiqod nedir?
Hazrat Payğambar (s.a.v) aytdilar:
-Eʼtiqod - köngilning sofligi, Allohga yaqinlik.
Demak, inson öz eʼtiqodida sobit bölişi, köngil musaffoligi bilan Allohga
yaqinligi bois, ezgu işlarga qodir bölarkan. Ezgulik esa hammaning ham qölidan
kelavermaydi.
Payğambarimiz Muhammad (s.a.v) davrida musulmonlar bilan Makka
muşriklari örtasida keçgan mojarolar, jangu jadallar Qurʼon oyatlari hamda hadislarda aks ettirilgan. Bu mojaro va jangu
jadallarda sof köngilli, Allohga eʼtiqodi yuksak, öz Payğambariga sodiq
musulmonlar islom dinining nihoyatda odamparvar, adolatli siyosatini himoya qilişi
barobarida johiliyat tarafdorlari bölmiş Makka muşriklarini insofu diyonat yöliga
qaytariş uçun kuraşganlar.
Biroq hozirgi globallaşuv jarayonida ayrim ekstremistik ruhdagi kişilar
Payğambarimiz Muhammad (s.a.v) davridagi bu jang va mojarolardan özlariça
taassurot olib, tinç aholiga va Konstitutsiyaviy tuzumga qarşi buzğunçilik
faoliyatlarini göyo muşrik va kofirlarga qarşi muqaddas jang deb hisoblaşga
urinadilar.
Agar islom dini qonun-qoidalarini
çuqurroq örgansak, Payğambarimiz Muhammad (s.a.v)ning nima sababdan muşriklar
bilan jang olib borganligining öziga xos sabab va omillarini anglab yetiş qiyin
emas. Xususan, öşa davrning siyosiy va diniy talablariga köra Payğambarimiz
(s.a.v)ga Alloh taolo tarafidan vahiy orqali aniq körsatmalar berib turilgan.
Buni Qurʼoni karimning quyidagi oyatlari orqali bilib oliş mumkin. Yaʼni, oyati
Karimaning «Muhammad» surasida:
«Bas (Ey, möʼminlar)! Qaçonki siz kofir bölganlar bilan töqnaşsangizlar
böyinlariga uringiz» - deyiladi. Demak, aynan ana şu körsatmalarga asosan Payğambarimiz
(s.a.v) jihod va ğazotlar uyuştirgan.
Qurʼonning «Niso» surasida esa:
«Agar kofirlar sizlardan çetlanib, sizlarga qarşi jang qilmay, sulhni
taklif qilsalar, Alloh sizlarga ularga qarşi çiqib jang qilişga yöl bermaydi»,
- deyilgan.
Bundan körinadiki, bu körsatma bilan undan oldingi, «Muhammad»
surasidagi jang va jihodga undovçi oyatlarning hukmi bekor qilingan, yaʼni mansuh
bölgan.
Şayx Abdulaziz Mansur hazratlarining «Qurʼoni karim maʼnolarining
tarjima va tafsiri» asarida zikr etilgan
va mazmunlari şarh qilingan yuqoridagi ikkala oyatni keltirişimizdan maqsad - hozirgi paytda ayrim diniy maʼlumoti ham, dunyoviy va siyosiy saviyasi ham past darajada bölgan
baʼzi buzğunçi oqim peşvolari özlariça şarʼiy fatvo beriş, jihod eʼlon qiliş
kabi ğarazli niyatlar tomon qadam qöyişgaça borib yetmoqdalarki, ösib kelayotgan
yoş avlodni bunday taşviqotlardan har lahzada ogoh bölişga daʼvat etişdir.
Sababi, bunday oqim peşvolari özlarining
Konstitutsiyaviy tuzumga zid hatti-harakatlarini amalga oşirişdek ğarazli maqsadlari
yölida eng avvalo, diniy bilimsiz kişilarni öz tomonlariga oğdirib oladilar. Söngra
hukmi mansuh bölgan oyatlarni bugungi özgargan tarixiy şaroitga tatbiq qiliş hamda
şu yöl orqali öz harakatlarini amalga oşirişga intiladilar. Buningdek ğarazli harakatlar
barça davrlarda eng buyuk ulamolar tomonidan qoralanib kelingan.
Şuni alohida qayd etiş joizki, bugungi kunda butun dunyoni qamrab olgan,
millionlab kişilar qalbiga ğulğula solib turgan terrorizm balosi ham aynan yuqoridagi
kabi diniy hamda dunyoviy bilimlari sayoz kişilarning bilib-bilmay diniy-ekstremistik,
buzğunçi ğoyalarga berilib ketayotganlari va diniy eʼtiqodlarining sustligi oqibatidir.
Fikrimizning dalili uçun «şahidlik» tuşunçasi haqida biroz töxtalsak.
Islom dini ahkomlariga köra, Allohning rizosi yölida fidoyilik qilgan,
iymon-eʼtiqodi, or-nomusi va Vatan ozodligini himoya qilişda halok bölgan,
avtomobil halokati, kasallik xuruji, turli tabiiy ofat va falokatlar tufayli
vafot etgan mayyitlarga «şahidlik» maqomi berilgan. Bu - musulmon kişining
sabr-toqati, ixlos-eʼtiqodi hamda musibatlarga bardoşi evaziga Allohning
mukofoti, deb qaralgan.
Özbekiston davlatining dunyo hamjamiyatida tobora yuksak mavqega
erişayotganini körolmagan ayrim ğalamislar mamlakatimiz aholisiga içki va taşqi
tahdid kuçlari orqali zarar yetkaziş, şu yöl bilan xalqimiz irodasini yemiriş
uçun turli xil buzğunçilik amaliyotlarini bajarib kördilar. Çunonçi, Andijon va
Farğona voqealari, Surxondaryo viloyatining Uzun tumani çegaralarida yuz bergan qöporuvçilik
harakatlarining barçasining zamirida xalqaro terrorizmning sovuq rejasi bölganligi
heç kimga sir emas. «Jihod», «ğazot», «şahidlik» tuşunçalari zör berib miyasiga
singdirilgan, terroristik oqim namoyondalari qölida yaxşilab «tarbiyalangan», öz
millatimizdan çiqqan jihodçilik harakati aʼzolarining qora qilmişlari tufayli qançadan-qança
begunoh insonlar jabr körgani ham heç kimga sir emas.
Aslida «jihod» ham «şahidlik» kabi arabça söz bölib, biror ezgu maqsad
yölida bor kuç-ğayratni sarf etiş, kuraşiş, jang qiliş maʼnosini bildiradi.
Biroq terroristik oqim peşvolari kuraşiş, jang qiliş degan maʼnoni öz qora qilmişlariga
mos ravişda tatbiq qilib, göyo musulmon dunyosini yagona hukm ostida birlaştiriş
va xalifalik barpo etiş yölidagi kuraş deb hisoblaşga urinadilar. Lekin islom ahkomlariga
köra jihod - başariyatni ezgulik sari undovçi davʼatdir. Yaʼni, nafsni tiyiş ham jihod, şayton
vasvasasiga qarşi kuraşiş - jihod. Vatan ozodligi, insof-u iymon butunligi uçun
jang qiliş ham jihoddir. Hatto ota-onaga
xizmat qiliş ham jihoddir.
Ammo bizning yuksak taraqqiy etgan asrimizga kelib, buzğunçi ğoyalar qurboni
bölib, tinç aholining hayotini buzib, diniy-ekstremistik oqim peşvolarining
fatvosi bilan özlarini portlatib, terror
amaliyotini bajariş yöli orqali minglab begunoh kişilarning hayotiga zomin bölayotganlar
- aslida jinoyat olamida eng oğir va aslo keçirib bölmas jinoyatlarni sodir etgan
gunohkor, eʼtiqodsiz kimsalardir. Bundaylarni Allohning bandasi demoqlikka ham
til bormaydi.
Şunday ekan, yurtdoşlarimizga qarata oddiy bir haqiqatni aytgimiz
keladi:
- Atrofingizga dadil va ogoh boqing, Sizga şirin söz aytib, moddiy
boylik va neʼmatlar vaʼda qilayotgan kişiga aslo ergaşmangiz. Bunday katta
vaʼdalar berguvçi şaxs islom dini aqidalarini buzib talqin etib, «jihod», «şahidlik»,
«hijob» yoki «xalifalik»lar xususida söz oçdimi, demak, sof köngilli odam emas.
Demak, uning eʼtiqodi sust, maqsad va niyatlari ğarazli. Ogoh böling, odamlar! Ğarazli maqsad bilan orangizga suqilib kirib olgan
kişilarning yolğon sözlariga uçib, eʼtiqodingiz darz ketmasin. Aks holda
diniy-ekstremistik oqim namoyondalarining qölida qöğirçoqqa aylanib qolişingiz
yoki terroristik guruh qurboniga aylanişingiz heç gap emas.
Ogoh böling, ogoh böling!
Robiya
YÖLDOŞEVA,
Qoraqalpoğiston
Respublikasida
xizmat körsatgan jurnalist.
Allambergan JUMANIYoZOV,
Özbekiston Jurnalistlari
ijodiy uyuşmasi aʼzosi.
(Foto - http://kamolot.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶