12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:08
👁 4,770

MAʼNAVIYaT FIDOYISI

MAʼNAVIYaT FIDOYISI

MAʼNAVIYaT FIDOYISI

yoki Şavkat Çorşamovning muzeyi xususida

Tumanimizning «Örta qalʼa» qişloğida Şavkat Çorşamov ismli ajoyib tabiatli inson yaşaydi. U kişini yaxşi bilganlar: «Heç tinib-tinçimaydigan odam, mehnatkaş, ibratli oila sohibi», - deya taʼriflaşadi. Bilmaganlar esa: «Öziga foydasi tegmaydigan işlarga boşini qotirib yuradi, nafaqadagi öqituvçi, dam olib yotmaydimi uyida?» - deb qöyaqolişadi.

Şavkat Çorşamovning özi tamoman boşqaça fikrda:

- Dam oliş – uydan çiqmay yotiş degani emas, bunday xayolga borişning özi maʼnaviyatsizlik. Masalan men, bir kun mehnat qilmasam ham zerikib qolaman, ham özimni yomon his qila boşlayman. Demak, yoşi ulğaygan odam uçun mehnat – salomatlik tomon eltuvçi yöl, qolaversa, mehnatga oşno böliş emas, mehnatdan uzoqlaşiş – inson ruxiyatini yemiradi, - deydi Şavkat Çorşamov.

Şavkat Çorşamov ayni damda nafaqadagi faxriy öqituvçi. U to nafaqaga çiqkunga qadar yoş avlodni Vatanga munosib farzandlar qilib tarbiyalaş, ularga munosib bilim beriş bilan şuğullandi. 1973-yilda Nizomiy nomidagi Toşkent Davlat pedagogika institutining geografiya-biologiya fakultetini muvaffaqiyatli tugatgan Şavkat Çorşamov şu yiliyoq Manğit şahridagi 16-sonli maktabda öz mutaxassisligi böyiça ilk iş faoliyatini boşladi. Öz sohasidan taşqari tarix, arxeologiya va etnografiyaga qiziquvçi Şavkat Çorşamov maktabda Amudaryo tumani tarixi, xalq maʼnaviyati va madaniyati haqida hikoya qiluvçi möʼjazgina muzey taşkil etdi. Atrofiga intiluvçan va qiziquvçan şogirdlarini töplab, muzeyni tuman tarixiga oid turli xil eksponatlar bilan boyitdi. Işdan böş vaqtlarini muzeyni jihozlaş, yiğilgan eksponatlarning manba va manzillarini izlaş, aniq tarixiy dalillar bilan boyitiş işlari bilan maşğul böldi. Uning bu işlarini kuzatgan taniş-bilişlari biri maʼqullasa, yana birovlari: «Foydasi yöq işga boşingni oğritma», - qabilidagi gaplarni aytişdi.

 

- Axir hamma narsadan foyda izlayversak, maʼnaviy hayotimiz ahvoli ne keçadi? – Şavkat Çorşamov kuyunçaklik bilan sözlaydi. – Kunlar, oylar, yillar şundoğam tez ötib ketayotir. Hayotda ulgurganimizdan ulgurmagan işlarimiz köp. Qolaversa, men muzeyni öz şaxsiy foydamni közlab taşkil etmaganman. Muzey xalqimiz turmuş tarzining maʼnaviy qiyofasi. Unda tumanimizning keçagi va bugungi kuni, kelajagi aks etib turadi. Qolaversa, muzey - tarixiy haqiqatlar oynasi. Bu – bizdan keyingi avlodlar uçun suv bilan havoday zarur.

Şavkat Çorşamov 1992-yilda kasb taqozosiga köra 12-sonli maktabga işga ötdi. 19 yillik mehnati evaziga bunyod bölgan muzeydan köngil uzişi qiyin böldi. Qarasa, özidan keyin muzey işini yuritiş haqida qayğuruvçi heç kim yöq. Öylab ötirmay muzeyni 12-sonli maktab binosiga köçirdi. Maktab maʼmuriyati uning muzeyi uçun xona ajratib berişdi. Hamkasblari, umr yöldoşi Zevarjon opa unga yaqindan yordam berişdi. Bir neça marta Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosidagi körik-tanlovlarda iştirok etib, sovrinli örinlar sohibi böldi. 2011-yilda esa Şavkat Çorşamov taşkil etgan muzey «Özligingdan örgilay Vatan!» Respublika körik-tanlovida faxrli 2-örinni oldi hamda tanlovning maxsus diplomi va sovğasi bilan taqdirlandi.

Kim uçundir böş vaqt – oromgohlarda dam oliş, miriqib uxlaş, sayohat qiliş bölsa, kim uçundir kitob öqiş, sport bilan şuğullaniş yoki ijod qiliş. Şavkat Çorşamovning hayotida esa umuman böş vaqtning özi yöq. 5 nafar farzandi, 9 nafar nevarasini yoniga olib tomorqada dehqonçilik, boğbonlik qiladi. Poliz va sabzavot mahsulotlarining eng sarhili Şavkat Çorşamovning tomorqasida yetiladi. Meva-çevaning serobligi esa oila iqtisodi uçun koni foyda. Barça yumuşlaridan ortgan paytida u muzey tomon oşiqadi. Eng sokin, eng şirin lahzalar uning nazarida şu yerda, muzeyda! Yaqin-atrofdagi maktablarning öquvçilari, ovul yoşlari, hatto keksalari ham u taşkil etgan muzeyni tomoşa qilişdan aslo zerikişmaydi. Çunki tumanimizda yagona bölgan Şavkat Çorşamovning uşbu muzeyini şunçaki tomoşa qiliş uçun emas, balki bu yerdan nimanidir örganiş, zarur manbalarga ega böliş uçun kelişadi odamlar.

 Muzey eksponatlari bilan tanişarkanmiz, dilimizdan keçgan bir fikr beixtiyor tilimizga köçdi:

- Muzeyni Amudaryo tumanining muzeyi sifatida şakllantirsa bölmasmikan. Salkam 40 yillik mehnatingiz mevasi bölmiş yiqqan manba, eksponatlaringizni tuman muzeyi uçun berarmidingiz?

Şavkat Çorşamov xuddi hozir şu iş amalga oşadiganday yaşnab ketdi.

- Jon-jon deb berardim! Axir bu mening 40 yillik orzuim-ku!

Kimdir bu hayotning karvonida sarson kezib öziga yaşaş uçun oson yöl izlab-izlab çarçaydi, umri poyoniga yetganini sezmay qoladi. Kimdir boylik, mansab gadosi bölib vaqtning beşafqat ğildiragida çarxpalakday aylanaveradi, aylanaveradi. Özidan biror bir ezgu iz  qoldirmaganini sezganda vaqt ğildiragi uni umrning sönggi lahzalari tomon eltib qöyganini his etadi. Bu dam ham ayançli, ham juda keç. Şavkat Çorşamovga öxşaganlar esa hayotining har bir damini maʼno, mazmun ila boyitib yaşaydilar. Umumning manfaati, millat kelajagi uçun fidoyilik qiladilar. Bunday insonlarning izi, ötgan umri hikmatlarga, yaxşiliklarga töla böladi.

 

Şavkat Çorşamov ana şunday insonlar sirasiga kiradi. Biz uning 40 yillik mehnati evaziga bunyod bölgan muzeyning albatta tuman markaziga köçirilib, Amudaryo tumanining butun qiyofasini özida jo etgan maʼnaviyat maskani sifatida qayta şakllantirilişiga umid qilamiz.

Robiya YÖLDOŞEVA, 

Allambergan JUMANIYoZOV,

"Amunews”muxbirlari.

Suratlarda:

1. Şavkat Çorşamov muzeyga keltirilgan yangi eksponatni közdan keçirmoqda. 2. Ş.Çorşamov qişloq yoşlarini muzeyga qöyilgan qadimiy aşyolar bilan taniştirmoqda.

3. Muzeyga qöyilgan  eksponatlarning bir qismi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026