Gunoh va savob
Dunyoning işlari şu ekan-da... Gunoh bilan savobning örtasida faqat bittagina köprik bor ekanligini men ilgari bilmasdim, töğriroği, öylamasdim. Bu köprikning qaysi tarafiga ötiş insonning öziga boğliq ekan...
Öşanda u yigirma yoşlarda edi. Yigitçaning ismi Kamron. Ota-onasi unga yaxşiroq qiz topib, uylantiriş maqsadida köpgina joylarga sovçilikka borişgan-u, ammo öğli paysalga solavergaç, töy mavzusi vaqtinçalik töxtatildi. Kamron odobli, ziyoli, yaxşi yigit, buning ustiga tayinli işda işlaydi, maoşi ham oilasiga yetib turibdi.
Kamronlarning qişloğida qöşnilar ahillikda hayot keçirişadi. Ularning yonginasidagi uyda, bitta çol va kampir yaşardi. Ular yetimxonadan bola asrab olişgan. Aslida-ku özlarining bitta qizlari bor bölgan. Lekin u qiz ön yetti yoşlarida bitta yigit bilan qoçib ketgan. Şundan söng ota-onasi qizni "oq” qilişgan. U qiz öşandan buyon qaytib kelmagan. Gap-sözlarga çidolmagan ota-ona Kamronlarning qişloğiga kelib yaşay boşlaşgan. Kamron bu haqda eşitmagandi...
Kunlari goh iliq, goh salqin, goho quyoşli, goho pağa bulutlar bir zumda xömrayib şarros yomğir quyib beradi. Mana şunaqangi ob-havo Kamronning salomatligiga taʼsir qildi şekilli, bir zumda mazasi qoçib qoldi va kasalxonaga yotdi. Qöşni palatada bitta örta yoşli ayol va bitta qiz davolanayotgan ekan. Kamron ular bilan tanişib, hol-ahvol söraşib bölgaç, xonaga vraç kirib keldi va haligi qizning taşxis varaqalarini körsatdi va nimalarnidir uzoq gaplaşişdi.
Aytişiça, qizda oğirroq kasalning alomati bormiş. Bir pasdan söng vraç çiqib ketdi. Haligi qiz, çuqur hörsindi-yu yum-yum yiğlay boşladi. U oğir dardga çalinibdi.
Komron:
- Singlim, neça yoşdasiz? – deb söradi. Qiz, ön töqqizga kirganini, bundan uç yil burun bitta yigit bilan qoçib ketib, keyin u yigitning oilali ekanligini bilgaç, ança qiynalgani-ni, xullas, hamma dardlarini tökib soldi. Uning hasratlarini eşitib ötirgan Kamronning çin dildan qizga rahmi keldi. Hattoki uni bu kasaldan qutqariş uçun, hamma narsaga tayyor edi. Rahmdilligi öziga duşman bölişini bilmagandi-da boyaqiş. Kamron qizga savol nigohi bilan qaradi va qanday dardligini söradi. Latofat bitta dorisi borligini, ammo bu dorining pulini ön yil işlasa ham topolmasligini aytdi.
Öşa kundan boşlab, Kamronning yuragiga ğulğula tuşdi. Uni sevib qoldimikan, ismi-jismiga monand latofatli ekan. Uni aldagan ablahni topsammi, tinç qöymasdim, degan hayollar oğuşida çuqur öyga çömardi va keyinçalik bu qaraşlari özgara boşladi. Kamron hayotga yuzaki qarayotganini tuşunib yetdi. Kamron kasalxonadan çiqişi bilan haligi qizning aytgan dorisini topiş payiga tuşib qoldi. Hattoki keçalari ham tinim bilmay işlardi. Kunlardan bir kuni Kamron yiqqan puli doriga yetmasligini bildi va içidagi şayton uni yöldan urdi. Öylanib-öylanib, qöşnisi bölgan haligi çol va kampirning bitta-yu bitta sigirini öğirlaşga qaror qildi...
Dorini sotib olgaç, Latofatga uni olib borib berdi-yu lekin "buzoqning yugurgani somonxonagaça” böldi. Çol va kampir Kamronni qamatmoqçi böldi-yu, ammo Latofat ularning "oq” qilgan qizi ekanligini bilgaç, uni keçirdi.
Bu qiz nima bölsa ham ularning farzandi, Kamron uni tuzatiş uçun bu işni qildi axir. Qiz tuzaldi, ammo ota-ona uni keçirişmadi. Komron esa savob iş qilaman, deb gunohga botdi.
Qissadan hissa şuki: inson savobli, xayrli işlarni köp qilişi kerak ammo bu işlarni gunoh söqmoğining yaqiniga yölamasdan qilişi kerak. Ota-onaning duosi – har nedan bebaho, muqaddas.
Zero, ota-ona rozi – xudo rozi.
Aziza MADRAHIMOVA,
Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kolleji öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶