30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:36
Siyosat 👁 556

ULAR HURLIK, OZODLIK UChUN KURAShGAN FIDOYILAR EDILAR

ULAR HURLIK, OZODLIK UChUN KURAShGAN FIDOYILAR EDILAR

Azizlar, sahifalari palapartish yirtilgan kitobni varaqlab koʻrganmisiz? Agar bir marta boʻlsa-da, varaqlagan boʻlsangiz, koʻnglingizdan nelar kechdi?

Albatta, biri-biriga ulanmagan toʻmtoq fikrlar, xulosalarning mazmun-mohiyatini anglashdan qiynalib, xunob boʻlasiz. Nenidir bilishni, tushunishni istayotgan koʻnglingiz xijil boʻladi. Agar bu kitob tarixiy boʻlsa, yuragingiz siqiladi, zulmat qaʼrida miltillab turgan chiroq kabi yirtilgan kitobning sahifalari sizni izlanishga, oʻrganishga chorlayotganday tuyulaveradi... Qanchalik mashaqqatli boʻlmasin, oʻsha miltillagan chiroq nuriga intilaverasiz.

Shular haqida oʻylarkanman. Buyuk yapon faylasuf adibi Ryunoske Akutagavaning “... tarix sahifalari yirtilgan kitobga oʻxshaydi”, degan fikrlari yodimga tushadi. Nazarimda biz oʻzbek xalqining, balki sobiq SSSR tarkibidagi  15 ta respublika xalqlarining yaqin oʻtmishi – oʻtgan asrning birinchi yarmida kechgan hayoti ham ana shunday yirtilgan kitob sahifalari kabi oʻta ayanchli, oʻta dahshatli tarixiy kechmish edi.

Eʼtibor bering: Tarixda “katta terror” nomi bilan mashʼum iz qoldirgan 1937-1938-yillarda sobiq sovet imperiyasi boʻyicha 1,5 mln.dan ziyod begunoh kishilar qamoqqa olingan. Shundan 700 ming nafari otilgan. Birgina bizning Oʻzbekistonda 1937-1938-yillarda 10 ming 700 nafar kishi qamoqqa  olinib, 3613 nafar begunoh insonlar otib tashlangan. 7087 nafar kishi esa kamida 8-10-yilga qamalgan, aksariyati uzoq Sibir oʻlkalariga surgun qilinib, sovuq va ochlikdan qattiq azob chekishgan.

Avval Xorazm viloyatiga qarashli boʻlgan sobiq Mangʻit tumanining oʻzidan 100 nafardan ziyod yurtdoshlarimiz ana shu dahshatli “katta terror” qurbonlari boʻlishgan. Ularning koʻpchiligi yo otilgan, yo qamalgan va sovuq oʻlkalarga surgun qilingan.

Xoʻsh, bu insonlarning gunohlari nima edi? Yurt talashishdimi yoki mol-mulk talashishdimi? Yoʻq! Ular qalblarida imon-eʼtiqodlari sobit, vatanparvar, xalqparvar, ilm-u maʼrifatli, ziyoli va tadbirkor edilar. Ana shu ilgʻor fikrlilik, ilm-u maʼrifatda ustunlik ularning eng katta “aybi” edi. Yaqin-yaqinlargacha bu insonlarning ism-shariflarini tilga olish, ularning nomlari bilan bogʻliq ezgu ishlar haqida  soʻz ochish – oʻzni balo-yu ofatga duchor  qilish bilan barobar edi. Hatto “xalq dushmani” tamgʻasi bilan qatagʻon etilgan insonlarning farzandlari, yaqinlari bilan muloqotda boʻlish ham yuraklarda vahima uygʻotardi...

Oliy hakam – Vaqt koʻp gʻuborlarni sidirib oʻtdi. Kamsitishlar, azoblar, xoʻrlashlarga barham berildi-yu, ammo  xalqimiz yuragida chuqur chandiq qoldi. Mustaqillik ana shu chandiqqa malham boʻldi. 1999-yil 12-maydagi 999-sonli Prezident Farmoni va ushbu Farmonga qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-iyuldagi “Vatan va xalq ozodligi yoʻlida qurbon boʻlgan fidoyilar xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori qatagʻon azoblarini unutmagan xalq qalbiga quvonch bagʻishladi. Ajdodlari haqida emin-erkin soʻzlash imkonini  berdi. Minglab begunoh insonlar nomiga  ilashgan “xalq dushmanining farzandi” degan tamgʻani olib tashladi. Nihoyat, 2001-yil 1-mayda “Qatagʻon qurbonlarini yod etish kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni eʼlon qilinib, mamlakatimizda 31-avgust “Qatagʻon qurbonlari xotirasi kuni” sifatida belgilandi, “Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasi tashkil etilib, butun mamlakatimiz boʻylab qatagʻon qurbonlarining shaxsiy arxiv hujjatlarini tiklash, ularning aziz nomlarini xotira kitobiga kiritish, qilgan ezgu ishlari haqidagi  haqiqatlarni bugungi avlodlarga toʻla-toʻkis yetkazishdek xayrli ishlar boshlab yuborildi.

Tumanimizda ham bu borada keng qamrovli ishlar olib borildi. Xususan, tumanimizning har bir ovul va mahallasi hududi boʻyicha jiddiy izlanishlar olib borish, qatagʻon qurboni boʻlgan begunoh insonlar haqida arxiv hujjatlari taxlamini tayyorlash yuzasidan oʻsha paytdagi tuman hokimi Rajabboy Yoʻldoshev (Alloh rahmat qilsin!) 1999-yil 10 senyatbr sanasida 284-sonli qarorni imzoladi va tuman hokimligi qoshida Vatan va xalq ozodligi yoʻlida qurbon boʻlgan fidoyilar xotirasini abadiylashtirish boʻyicha 12 kishidan iborat ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh rahbarligiga oʻsha  paytdagi tuman hokimining oʻrinbosari Rustam Roʻzmetov tayinlandi.

Qizgʻin munozaralar, jiddiy izlanishlar asosida oʻtadigan ishchi guruh aʼzolarining ish kunlariga, rejaviy yigʻilishlariga guvoh boʻlgan bir ijodkor sifatida shuni aniq bilamanki, R.Roʻzmetov rahbarligidagi ishchi guruh juda qimmatli maʼlumotlarni toʻplab, qatagʻondan keyingi hayoti maʼlum va nomaʼlum boʻlib qolayotgan koʻplab shahidlarning shaxsiy arxiv hujjatlari jildini tayyorlashga muvaffaq boʻlishdi.

Quyida ishchi guruh tomonidan tayyorlangan va tumanimizning turli hududlarida yashagan, oʻz davrlarida xalq orasida katta obroʻ-eʼtibor qozongan hamda qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning roʻyxatini eʼlon qilmoqdamiz. Ular erk va ozodlik, mustaqillik yoʻlida kurashgan, azob chekkan, jonlarini fido qilganlar.

Ular kimningdir bobosi, otasi, ustozi, qadrdoni, bundan ham muhimi, yurtdoshi, hamqishlogʻi. Har birini yuraklarda faxr-u iftixor bilan eslashga munosib insonlardir.

Mangʻit shahar Boy ovul mahallasidan

1. Ataniyazov Hoji.

Mangʻit shahar Boʻston mahallasidan

1. Abdulla Namboy.

2. Ahmad baxshi.

3. Babajan bapa.

4. Siytniyoz ipakchi.

5. Ollabergan Sapayev.

6. Eshim qagʻoch.

7. Biserov Kadir.

Mangʻit shahar Navoiy mahallasidan

1. Yusupov Matniyaz.

Doʻrman OFYdan

1. Nurbayev Boyjon.

2. Mulla Yusuf xoʻja (Xoʻjayev).

3. Begmurot bobo.

4. Jumaniyozov Kuronboy.

(Barchasi nohaq otilgan)

Choykoʻl OFYdan

1. Ahmedov Matyakub.

2. Shomuratov Yernazar.

3. Babaniyaz oʻgʻli Yeshchan Axmet.

4. Gulmirzayev Boymirza.

5. Mamutov Saparniyoz.

6. Firmanov Yoʻldash.

Nazarxon ovulidan

1. Nazarxanov Yerali.

2. Nazarxanov Munaydar.

3. Asanxanov Sofi.

4. Dauirxanov Allayar.

5. Asanxanov Zinaylxan (Zinel toʻra).

6. Usenxanov Miramet.

7. Nazarxanov Nadir (toʻra).

8. Obiyev Gulman (toʻra). (Ularning koʻpchiligi xon avlodi boʻlishgan, nohaq otilgan va surgun qilingan).

Xitoy ovulidan

1. Mangliyev Matqurbon. (1950-yillar oxirida qamoqqa olingan, turmada vafot etgan).

2. Abdulla bobo

3. Usta Tajaddin (qamoqdan qaytib, 1986-1987-yillarda vafot qilgan).

4. Xujaniyozov Qabul. (Qurol) vafot qilgan.

5. Bayjanov Xidir (1957-yil turmadan kelib, 1973-yilda vafot etgan).

6. Duschanov Atamurat.

7. Shasuor mulla bobo.

8. Yeshchanov Jumat.

9. Qoraboy bobo.

10. Nurimbetov Aymok.

11. Allamberganov Xolmurot.

12. Qadirov Matyakup.

Qipchoq ovulidan

1. Seydametov Quvat (1909-yilda tugʻilgan, 1943-yil 2-aprelda qamalgan. 1974-yilda vafot qilgan).

2. Yusuf Eshon bobo, 1943-yilda qamalgan.

3. Sidiq maxsum.

4. Sultonboy Eshon.

5. Gʻoip Oxun.

6. Murot Oxun.

7. Isoq maxsumlar qaysi yili, qayerda vafot etishgani nomaʼlum.

Yuqoridagi ishchi guruh tomonidan tayyorlangan arxiv hujjatlari yigʻma jildida Toʻlqin, Oq oltin, Jumur ovul, Qangli ovullari boʻyicha maʼlumotlar berilmagan.

Robiya YOʻLDOShEVA tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026