Pir-u badavlat otaxon
Sharif ogʻa Murodboyev 1942-yil ayni bugʻdoy pishigʻi paytida armiyaga safarbar qilindi. Kattaqoʻrgʻonda joylashgan 51- tayyorlov polkida bir yillik tayyorgarlikdan oʻtgandan keyin Toshkent va Qizil Oʻrda orqali Stalingrad himoyasiga joʻnatildi. Sapyorlik batalonida xizmat qilib Boltiqboʻyi davlatlarini ozod qilishda ham qatnashdi.
1945-yil aprelida urushdan qaytib kelib qishloq xoʻjaligi ishlari bilan shugʻullana boshladi. 1947-48-yillarda paxtachilik brigadasida tabelchi boʻlib ishladi. 1949-yildan boshlab 20-yil davomida paxtachilik brigadasiga yetakchilik qildi. Olti yil chorvachilik fermasiga mudirlik qildi.
Rafiqasi Oymon opa bilan birgalikda besh oʻgʻil va beshta qizni tarbiyalab voyaga yetkazdilar. Qarilik gashtini surayotgan 91 yoshli otaxon bugungi kunda ham paxtachilik sohasiga tegishli masalalarda yosh fermerlardan maslahatini ayamaydi.
Suratda: Sharif ogʻa Murodboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶