30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:02
Adabiyot 👁 352

OTAXON IJODKOR, FAXRIY JURNALIST SAʼDULLA BOBO

OTAXON IJODKOR, FAXRIY JURNALIST SAʼDULLA BOBO

Shunday insonlar boʻladiki, oʻzi sevgan, oʻzi tanlagan kasbi, hunarini hayotining mazmuniga aylantirib yashaydi. Shu kasbi orqali eliga, jamiyatga naf keltirib yashashga intiladi. Oʻz burchini sidqidildan ado etishi barobarida boshqalarga ham manfaat yetkazishga harakat qiladi. Bunday insonlarning hayoti va ish faoliyatini nafaqat oʻz zamondoshlariga, balki kelajak avlodga ham oʻrnak qilib koʻrsatsa arziydi.

Uzoq yillar matbuot sohasida samarali mehnat qilgan fidoyi inson, faxriy jurnalist, otaxon ijodkor, ustoz Saʼdulla Xoʻjaniyozov oramizdagi ana shunday odamlardan biridir. U oʻtgan davr mobaynidagi tuman matbuotida kechgan jurnalistlik faoliyati davomida xalqimizga ishonchli, toʻgʻri va tezkor axborot yetkazib berish bilan birga, bunyodkorlik, obodonchilik ishlarini keng yoritdi. Jamiyatdagi turli illatlar, kamchiliklarga xolisona yondashib, ularning kamayishiga hissa qoʻshib keldi.

Doʻrman ovulida 1942-yilda tavallud topgan Saʼdulla Xoʻjaniyozovning otasi Xoʻjaniyoz Sapashev ham ziyoli inson, oʻqituvchi edi. U ovuldagi maktabda boshlangʻich sinflarga dars berar, shu bilan birga kitobxonlikka, matbuotga qiziqar, uyiga doim har xil kitoblar, gazeta-jurnallar olib kelib farzandlari bilan birga mutolaa qilardi. Shundanmi, Saʼdulla Xoʻjaniyozov ham bolaligidan ertaklar, hikoyalar va shu kabi badiiy kitoblar oʻqishga qiziqdi. Bora-bora qoʻliga qalam olib, kichik sheʼrlar ijod qila boshlaganidan ota-onasi ham, ustozlari ham xursand boʻlishar, kelajakda katta ijodkor boʻlishiga umid bogʻlashardi.

U maktabni tugatganidan soʻng, 1960-62-yillarda sobiq Maksim Gorkiy nomli sovxozda ishchi, traktorchi boʻlib ishladi. Keyinchalik yigitlik burchini oʻtashi uchun 1962-yilning oktyabridan uni harbiy xizmatga chaqirishdi va 1965-yilning noyabrigacha armiya safida boʻldi. Shu davrlar mobaynida ham qalamini qoʻlidan qoʻymasdan turli mavzularda ijod qilar, ularni davriy matbuotlarda chop qildirishga harakat qilar edi. U 1957-1966-yillar davomida tuman, respublika, armiya safidaligida esa harbiy gazetalarda jamoatchi muxbir sifatida xabar va maqolalar bilan qatnashib turdi.

Qalami oʻtkir yosh ijodkor oʻsha davrdagi tuman gazetasi boʻlgan “Amudaryo haqiqati” tahririyatiga 1966-yilda ishga keldi. Shu paytdagi gazeta muharriri Sobir Yusupov ancha malakasi oshib qolgan Saʼdulla Xoʻjaniyozovni oʻzi ishga taklif qilgan edi. Sababi u har bir maqolasi va xabarini ijodiy yondashishlar, tahlillar va oʻziga xos xulosalar bilan tayyorlashga harakat qilar, allaqachon minglab muxlislar eʼtiborini qozonishga ulgurgandi. Tahririyatda ish boshlagan kunidan ustozi Sobir Yusupovdan tajriba oʻrganish bilan birga oʻzi ham toʻgaraklar tashkil qilib, maktablardagi ijodga qiziquvchi yoshlarning isteʼdodlarini yuzaga chiqarishga koʻmaklasha boshladi.

U 1970-yilda yosh ijodkorlar uchun “Gulshan” toʻgaragini, keyinchalik tuman radiosida “Toʻlqin” toʻgaragini tashkil qilib, koʻplab isteʼdod egalarini kashf etdi, ularning komil insonlar, kasbining fidoyi egalari boʻlib yetishishiga hissa qoʻshdi. Toʻgaraklarda faol qatnashgan, ustozlardan tajriba oʻrganib, bilimlarini oshirgan Norboy Toʻraboyev, Saparboy Davlatboyev, Mansur Ahmedov, Zebo Rajabova, Gulnora Yusupovalar el tanigan ijodkorlar boʻlib yetishib, masʼuliyatli lavozimlarda xizmat qilishdi, elu-yurtga, jamiyatga naf keltirishdi.

Saʼdulla Xoʻjaniyozov tuman gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri, masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari va tuman radiosi muharriri vazifalarida xizmat qilib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Fidoyi jurnalist oʻz faoliyati davomida publitsistik maqolalar, ocherk va sheʼrlar yozish bilan birga feletonlar, oʻtkir tahliliy maqolalar ham yoritib, jamiyatdagi illatlarga qarshi kurashishdan aslo charchamadi.

Ushbu fidokorona mehnatlari uchun jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozov 1965-yilda “Gʻalabaning 20 yilligi” yubiley medali, 1989-yilda “Mehnat veterani”, 1994-yilda “Amudaryo haqiqati” gazetasining 60 yilligi munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi. Shuningdek, unga 2004-yilda “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” faxriy unvoni berildi.

Oilaviy hayotda esa umr yoʻldoshi Yangiljon opa Hamroyeva bilan 3 oʻgʻil, 3 qizni kasb-hunarli, oʻqimishli, el-yurtga naf keltiradigan insonlar qilib tarbiyalashdi. Saʼdulla akaning oʻgʻillari Zafarjon, Sharofjon, Abdullajonlar tadbirkor, qizlaridan Hulkaroy ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Inobat, Irodalar esa kasbi, hunari bilan xalqqa xizmat qilib, jamiyat rivojiga hissa qoʻshib kelmoqda. Otaxonning nevaralari ham oliygohlarni tugatgan, ayrimlari tahsilni davom ettirishmoqda.

Ustoz 2007-yilda nafaqaga chiqdi. Lekin shunda ham tinib-tinchib oʻtirmasdan, tahririyat qoshida tashkil etilgan “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotiga turli yoshdagi ijodkorlarni chorlab, uchrashuvlar, adabiy kechalar oʻtkazishga, ularni ijod namunalarini toʻplam qilib chiqarishlariga undab, koʻmaklashib kelmoqda. Yosh qalamkashlarning sheʼr va hikoyalarini birma-bir koʻrib oʻz xulosalarini aytadi, kamchiliklarini tuzatishga yordamlashadi, tavsiyalar beradi.

Ayni paytda keksalik gashtini surayotgan faxriy jurnalist hamon matbuot bilan hamnafas. U tumanda chop etilayotgan “Taraqqiyot koʻzgusi”, “Mening oilam” gazetalarini ham oilasi bilan birgalikda har bir sonini qoldirmasdan oʻqiydi. Tahririyat jamoasiga gazetadagi har bir maqola va xabarlar haqida oʻz munosabatini aytib, fikr bildirishdan aslo erinmaydi.

Otaxon ijodkor, faxriy jurnalist Saʼdulla bobo Xoʻjaniyozov oʻzi ham hamon ijod maydonida. Yaqin yillar ichida uning “Toʻrt tomirda joʻsh urgan tugʻyon”, “Ming bir fard” nomli fardlar toʻplamlari, “Hayot hadyalari” nomli lirik sheʼrlari, “Shunaqa dunyo bu”, “Koʻrganlarim, eshitganlarim”, “Dardlarim, armonlarim” nomli turli mavzulardagi kitoblari yorugʻlikka chiqdi. Ushbu kitoblar orqali koʻp sonli adabiyot ixlosmandlarini oʻzining ijod namunalaridan bahramand qildi.

Kimki fidoyi boʻlsa, oʻz ishini sidqidildan, halol bajarsa, xalq orasida hurmat topadi. Ustoz Saʼdulla bobo Xoʻjaniyozov ham oʻzining kamtarona xizmatlari bilan kasbining rivojlanishiga, shu orqali jamiyat taraqqiyotiga ham salmoqli hissa qoʻshgan inson. Kamtarona umri davomida matbuot sohasiga, jamiyatda maʼnaviyat va maʼrifat yuksalishiga xizmati singgan ustoz jurnalist, otaxon ijodkor qutlugʻ 80 yoshidan oshib, yaqinlari, shogirdlari va el-yurt ardogʻida ehtiromga sazovor boʻlib yashab kelmoqda.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026